(columna lateralis)
hosil bo‗ladi.
Orqa miyaning ko‗ndalang kesimida kulrang modda ustunlari ikki tomonda shoxlar
shaklida bo‗ladi. Unda keng oldingi shox
(cornu anterius)
, nisbatan ingichka orqa shox
(cornu posterius)
va yon shox
(cornu lateralis)
tafovut qilinadi. Oldingi shoxda yirik
harakatlantiruvchi hujayralar joylashgan. Oldingi shoxda joylashgan hujayralar quyidagi
o‗zaklarni: oldingi yon o‗zak
(nucleus anterolateralis),
oldingi o‗zak
(nucleus anterior),
oldingi medial o‗zak
(nucleus anteriomedialis),
orqadagi yon o‗zak
(nucleus
posterolateralis)
, orqadagi medial o‗zak
(nucleus posteromedialis
), markaziy o‗zak
(nucleus
centrlis)
hamda qoshimcha va diafragma nervi o‗zaklarni hosil qiladi. Orqa shoxda mayda
hujayralar to‗plangan bo‗lib, ularda orqa ildiz tarkibida yo‗naluvchi orqa miya tuguni sohta
unipolyar hujayralarining markaziy o‗simtalari tugaydi. Orqa shox hujayralari oraliq neyronni
hosil qiladi. Orqa shox hujayralarining asosiy qismini uning xususiy o‗zagi
Do'stlaringiz bilan baham: |