(substantia grisea)
o‗rtasida orqa miyaning markaziy kanali
(canalis
centralis)
joylashgan. U nerv nayining qoldiq bo‗shlig‗i bo‗lib, ichida orqa miya suyuqligi
oqadi. Uning yuqori uchi IV qorinchaga qo‗shilsa, pastki uchi biroz kengayib, oxirgi qorinchani
(ventriculus terminalis)
hosil qiladi. Markaziy kanal ependima bilan qoplangan, uning
atrofida markaziy liqildoq modda
(substantia gelatinosa centralis)
joylashgan.
Kulrang modda markaziy kanalning o‗ng va chap tomonlarida simmetrik joylashgan
kulrang ustunlar
(columnae griseae)
hosil qiladi. Bu ustunlar markaziy kanalni oldingi va orqa
tomonida oldingi va orqa kulrang bitishmalar vositasida birikkan. Har bir kulrang ustunda uning
oldingi qismi-oldingi ustun
(columna anterior)
va orqa qismi - orqa ustun
(columna
posterior)
bor. C
VIII
, Th
I-XII
, L
I-II
va S
II-IV
segmentlar sohasida yon ustunlar
Do'stlaringiz bilan baham: |