Ruhiy o‘zgarishlar
epilepsiyaning bir ko‘rinishi bo‘lishi mumkin. Ruhiy
buzilishlar 20-30% bemorlarda uchraydi. Ularni paroksizmal, davriy va surunkaliga
ajratiladi.
Paroksizmal ruhiy buzilishlar
parsial tutqanoqning yagona belgisi yoki uning
bir qismi bo‘lishi mumkin. Masalan, birdan yuzaga kelgan qo‘rquv, hayajon, ideator
tutqanoqlar. Paroksizmalruhiy buzilishlar kategoriyasiga tutqanoqdan keyingi
psixomotor qo‘zg‘alish kiradi.
Ruhiy holatning davriy o’zgarishi
soatlab, kunlab, haftalab davom etishi
mumkin bo‘lib, kayfiyatning o‘zgarishi (disforiya), yoki kam hollarda epileptik psixoz
kuzatilishi bilan namoyon bo‘ladi.
Disforiyalarodatda, kayfiyatning qayg‘uli-jaxldor bo‘lishi, vahima,
betoqatlik, ba‘zan kuzatuv vasvasasi bilan birga keladi. Disforiya cho‘qqisida
bemorlar agressiv, buzuvchi faoliyatlarga moyil bo‘lib, o‘ziga va atrofdagilarga xavf
tug‘diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |