11-mavzu
Tortuvchi nimstansiyalarning izolyatorlari, elektr kontaktlari, saqlagichlari,
tok o‘tkazuvchi qismlarning ishlash asoslari.
(ma’ruza – 2 soat)
Izolyatorlarning asosiy turlari
Izolyatorlar tok o`tuvchi qismlarni bir–biridan va yerdan elektr va issiqlik, ya’ni teplo, izolyasiya qilishga,
tok o`tuvchi qismlarni mustahkam mahkamlashga hamda tok o`tuvchi qismlardan qisqa tutashuv toklari
oqqanda yuzaga keladigan elektrodinamik zarbalarning ta’siriga chidamli bo`lishga mo`ljallangandir.
Izolyatorlar yuqori sifatli farfor, chinni (keramika), shisha, epoksid kompundi, polimerlardan yasaladi.
Izolyatorlar, jixozlarida ishlatiladigan jixoz izolyatorlariga, taqsimlash qurilmalarida ishlatiladigan stansiya
izolyatorlariga, havo elektr uzatgich yo`llarida ishlatiladigan likobcha izolyatorlar va ularning girlyandasiga
bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |