14-расм. ТДТН-16000/110-80У куч трансформатори.
to‘siq bo‘lmasada, uning og‘irligi, tashqi o‘lchamlari va tashib kelish tronsport muammolari bilan cheklanadi. Uch fazali
quvvat transformatorlar 220 kV uchun 1000 MV*A gacha, 330 kV uchun- 1250 MV*A va 500 kV uchun 1000
MV*Aga yasaladi. Agar kerakli quvvatga uch fazali transformatorni yasash yoki uni tashib kelish muammosi majud
bo‘lganda bir fazali quvvat transformatori yasaladi. Transformatorning yuqori kuchlash chulg‘amini VN, o‘rta kuchlash
chulg‘amini SN va past kuchlash chulg‘amini NN deb ifodalash qabul qilingan. Har fazadagi chulg‘amlar soni jihatdan
ikki yoki uch chulg‘amli yasaladi. Ko‘pincha transformatorning NN chulg‘ami ikki va undan ko‘p bir-biridan
izolyasiyalangan o‘ramlardan tuzilib,
bo‘laklangan chulgamlar
deb ataladi. Transformatorning asosiy ko‘rsatgichlari:
nominal quvvati, nominal kuchlaninsh
U
n
;
nominal toki
I
n
; qisqa tutashuv kuchlanishi
U
kz
; salt ulash toki
I
x
; salt ulash
ko‘vvat isrofi
R
x
va qisqa tutashuv qo‘vvat isrofi R
kz
lardir.
Transformatorning
nominal quvvati, toki va kuchlanishi deb nominal holatda zavod pasportida ko‘rsatilgan
miqdorlar tunganiladi. Qisqa tutashuv kuchlanishi
U
kz
bu transformator bir chulg‘amini qisqa tutashtirilib, undan nominal
tok o‘tkazilgan holda, ikkinchi chulgamdagi kuchlanishdir. Salt ulash toki
I
x
o‘zak po‘latidagi
faol va reaktiv
yo‘qotishlarni ifodalaydi. Salt ulash
R
x
va qisqa gutashuv ko‘vvati R
kz
isrofi transformatorning
ichini iqtisod
ko‘rsatgichidir. Zamonoviy transformatorlarda quvvat isrofi juda kichik. Masalan, yil davomida tinimsiz ishlovchi 100
kV 250000 kV*A transformatorining quvvat isrofi 0,43% ni
(R
x
=200 kVt va =790 kVt) tashkil etadi.
Uch fazali uch chulg‘amli TDTN-16000/110-80U quvvat transformatorining tuzilishi 14-rasmda keltirilgan. Kuch
transformatorining asosiy izolyasiyasining materiali qattiq dielektrikli transformator moyi bo‘lib, qattiq dielektrik sifatida
maxsus kabel qogozi, elektr kartoni getinaks, yog‘och qo‘llaniladi.
CHulgamlarning tok o‘tkazuvchi materiali sifatida mis va alyuminiy ishlatiladi. Mis eng ma’qul
material: solishirma elektr qarishili kichik, ammo narxi balandroq.
Rasmda: 1 - bak; 2 - havo purkashning avtomatlashtirilgan boshkaruv shkafi; 3 - termosifon moy filtri;
4 - YUK kirma izolyatorlari; 5 - PK kirma izolyatorlari; 6 - O‘K kirma izolyatorlari; 7 - 110
kV tok
transformatori o‘rnatilishi; 8 - 3 5 kV tok transformatori o‘rnatilishi; 9 - YUK nul kirma izolyatori; 10 - O‘K
nul kirma izolyatori; 11 - moy kengayish baki; 12 - strelkali moy satxini ko‘rsatgich; 13 - bak ichida bosim
ko‘tarilib
ketishidan himoyalovchi klapan; 14 - kuchlanishni rostlovchi elektr yuritma;15
- sovutish
tizimining ventilyatori; 16- radiatorlar; 17-gildirakli aravacha.
Hozirgi vaqtda transformator quvvati 6300 kV*A dan kam bo‘lgandagina chulg‘amlarida alyuminiy
ishlatiladi. Transformatorning magnit o‘zagi ko‘p sonli yupqa (kalinligi 0,35-0,5mm)
yassi trasformator
po‘lati varaqlaridan qavatma qavat qo‘yib yigiladi. Magnit o‘zagi transformatorning mexanik tayanchidir.
Zamonoviy transformatorlarda magnitlash toki juda kichkina bo‘lib, taxminan 0,5‚0,6 %
I
n
. to‘g‘ri keladi.