SOHA BO‘YICHA TAYYORGARLIK
33.
Soha bo‘yicha tayyorgarlik
deganda shaxsning qaysidir sohada
muvaffaqiyatli ijodkorligi uchun oʻsha sohada muayyan bilim va tajribaga
ega boʻlishi taqozo etilishi tushuniladi (Baer, 2016 [56]). Bu yerdagi faraz
shundan iboratki, shaxs sohaga oid qanchalik koʻproq maʼlumotga ega
boʻlsa, maʼlumotlar orasidagi bogʻliqliklarni qanchalik yaxshi anglasa,
uning ijodkorlik ehtimoli shunchalik koʻpayadi (Hatano va Inagaki, 1986
[57]; Schwartz, Bransford va Sears, 2005 [58]).
34.
Lekin bu bogʻliqlik toʻgʻridan toʻgʻri boʻlmasligi mumkin, ayniqsa
kreativ fikrlashning kichik, kundalik ifodasida. Sohaga oid bilim yoki
qobiliyatlarning muayyan darajasi ijodiy
fikrlash uchun foydali boʻlishi umum qa-
bul qilingan fikr boʻlsa ham, bilim yoki qobi-
liyatdan foydalanishning odatiy tusi ijodiy
fikrlash uchun toʻsiq boʻlishi ham mumkin.
Chunki shaxs odatiy tartibga tobe bo‘lib qolishi,
ushbu odatiy tartibdan chetga chiqa oladigan
fikrlashdan choʻchishi mumkin.
35.
bb
Do'stlaringiz bilan baham: |