Qo„msash, sog„inish turizmi
– bu, asosan, qarindosh yoki
do‗stlarini ko‗rishga mo‗ljallangan bo‗lib, o‗z mamlkatlaridan ayrim
sabablarga ko‗ra ko‗chib ketgan kishilar bilan bog‗liqdir. Qo‗msash
turizmiga yaqqol misol bo‗lib, O‗zbekistonda sobiq Ittifoq davrida
yashagan va hozirgi paytda ham ularning qarindosh-urug‗lari
respublikamizning turli shaharlarida faoliyat ko‗rsatib kelayotgan
qrim-tatar, kavkaz xalqlari, nemislar va boshqa millatga mansub
bo‗lgan aholini ko‗rsatishimiz mumkin.
Ekoturizm –
nafaqat ma‘rifiy-ma‘naviy maqsadlarni ko‗zlagan
holda betakror tabiiy hududlarga, ularning hayvonot va o‗simlik
dunyosiga sayohat, balki ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni amalga
oshirilishi yordamida ekologik muammolarni hal qilish bilan bir-
biriga bog‗liq majmualar yig‗indisini tushunamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |