O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


-mavzu. «TURIZM: NAZARIYA VA AMALIYOT» FANIGA



Download 6,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/417
Sana29.01.2022
Hajmi6,69 Mb.
#417563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   417
Bog'liq
2 5336871798745074121

1-mavzu. «TURIZM: NAZARIYA VA AMALIYOT» FANIGA 
KIRISH 
Reja: 
1.1. «Turizm: nazariya va amaliyot» fanining maqsadi va 
vazifalari.
1.2. O‗zbekistonda turizm sohasining rivojlanish bosqichlari. 
 
1.1. «Turizm: nazariya va amaliyot» fanining maqsadi va 
vazifalari 
 
Turizm XXI asrda jahon iqtisodiyotiga juda katta ijobiy ta‘sir 
qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy soha sifatida kirib keldi. Butunjahon 
turizm tashkilotining ma‘lumotlari bo‗yicha, dunyoda ishlab chiqa-
rish va servis aylanmasining 10 foizi turizmga to‗g‗ri kelmoqda. 
Keyingi 20 yil ichida xalqaro turizmning rivojlanishi dunyo bozori-
da tovar va xizmatlarning kuchli eksport qilinayotganligi bilan e‘ti-
borlidir. Ya‘ni turistik xizmatlarning eksporti 8 foiziga o‗sib, jahon 
bo‗yicha umumiy xizmatlar savdosining 30-35 foizini tashkil 
qilmoqda. 
Butunjahon turizm tashkilotining statistik ma‘lumotiga ko‗ra, 
2020-yilga borib xalqaro turistlarning soni 1,6 mlrd. kishini tashkil 
qilishi, turizmdan olinadigan daromad 2 trln. AQSH dollari bo‗lishi 
kutilmoqda. Turistik oqimning barqaror ravishda o‗sishi har yili
3-5 foizgacha ko‗payadi, 
3
deb ta‘kidlanadi. 
O‗zbekistonda ham bu borada mustaqillik yillarida soha rivoji 
uchun zaruriy tashkiliy-huquqiy mexanizmlar vujudga keltirilgan 
bo‗lib, hukumat tomonidan tegishli me‘yoriy hujjatlar qabul 
qilingan. Bu yo‗nalishdagi ishlar bugun ham davom etmoqda. Shu 
tufayli Jahon sayohat va turizm Kengashi (World Travel and 
Tourism Council-WTTC)ning ma‘lumotlari bo‗yicha, O‗zbekiston 
Respublikasi turizm sohasi tezkorlik bilan rivojlanayotgan davlatlar 
10 taligi ro‗yxatiga
4
kiritilgan. Istiqbolni belgilash davrida O‗zbe-
kiston Respublikasida xorijiy fuqarolarga turistik xizmat ko‗rsa-
tishning o‗sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu holat kelajakda 
3
Manba internet materiali.http://www.wto-marketing.ru 
4
http://www.anons.uz/article/economics/8932/ 



O‗zbekistonda kiruvchi va chiquvchi turizm bozorida turistik biznes 
nafaqat turizm industriyasi, balki milliy iqtisodiyotning turizmga 
turdosh bo‗lgan bir qator boshqa sohalarning rivojlanishini 
ta‘minlaydi.
Shu tufayli, yurtimizga sayohat qiladigan mahalliy va xorijiy 
turistlarga sifatli xizmat ko‗rsatish uchun turizmni nazariy hamda 
amaliy jihatdan o‗rganish va bilish talab etilmoqda. Turizm nafaqat 
o‗tmishni o‗rganish, o‗zga xalqlar va elatlar, ularning urf-odatlari, 
an‘analari, milliy meroslari bilan tanishish, ularning madaniy 
yodgorliklaridan bahramand bo‗lish, shu bilan birgalikda, katta 
biznes manbasi bo‗lib hisoblanadi. Mazkur faoliyatni yo‗lga qo‗yish 
esa mutaxassislarga bog‗liq bo‗lganligi tufayli, yuqori malakali 
kadrlarni tayyorlash hozirgi kunning muhim vazifalaridan biriga 
aylanmoqda. Ushbu vazifani amalga oshirishda mavjud o‗quv 
maskanlarida qator mutaxassislik fanlari o‗qitilib, ularda kasb 
ilmiga taalluqli muammolar o‗z yechimini topmoqda. Shunday 
fanlar qatorida «Turizm: nazariya va amaliyot» fani ham o‗z o‗rniga 
ega bo‗lib, u qayta ishlangan va ilg‗or xorijiy tajribalar o‗rganilgan 
holda tayyorlangan, asosiy mutaxassislik fanlaridan biri hisoblanadi.
Tajribalar shuni ko‗rsatadiki, turizm tarixi, uning asosiy yo‗na-
lishlari, turlari, turistik xizmatlar, umuman, turizm ilmi bilan bog‗liq 
barcha masalalar haqida bilim berish, turizmga oid tushuncha va 
atamalarning har birini tasniflash muhim ahamiyatga ega bo‗lib, bu 
alohida predmet darajasidagi masala bo‗lib hisoblanadi. Shularni 
e‘tiborga olgan holda, turizmga oid barcha mutaxassislik fanlarining 
alifbosi sifatidagi «Turizm: nazariya va amaliyot» fani aynan 
shunday vazifani bajaradi, shuning uchun uni mukammal o‗rgan-
masdan turib mutaxassislikka oid boshqa fanlarni o‗zlashtirib olish 
qiyin kechadi. 

Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish