O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Temir yo„lchilarimizning kuch-g„ayratlari bilan bugungi kunda



Download 6,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/417
Sana29.01.2022
Hajmi6,69 Mb.
#417563
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   417
Bog'liq
2 5336871798745074121

Temir yo„lchilarimizning kuch-g„ayratlari bilan bugungi kunda 
temir yo„llarning umumiy uzunligi 6 ming 500 kilometrga
33
 yetdi va 
ular mamlakatimizning barcha hududini to„liq qamrab oldi.
Mustaqillik yillari davomida O‗zbekistonda yangi po‗lat izlarni 
(magistral) shakllantirish bo‗yicha ulkan ishlar qilindi. Qizilqum 
cho‗llarida Navoiy – Uchquduq – Sultonuvaystog‗ – Nukus temir 
yo‗llari qurildi, Amudaryo orqali temir yo‗l-avtomobil qo‗shma ko‗p-
rigi barpo etildi, murakkab tog‗ sharoitida Toshguzar – Boysun – 
Qumqo‗rg‗on temir yo‗li qurildi. 
Mavjud bo‗lgan temir yo‗l tarmog‗ini modernizatsiyalashga 
ham muhim ahamiyat berilmoqda. Osiyo tarraqiyot bankining jalb 
qilingan mablag‗lari evaziga 2 ta yirik investitsiya loyihasi amalga 
oshirildi va Toshkent – Samarqand-Buxoro uchastkasida yo‗llar 
qayta tiklandi, Keles – Buxoro uchastkasida 600 km dan ortiq bo‗l-
33
Taraqqiyot yo‗lidagi hamkorlik istiqbollari. 
//
Xalq so‗zi. 2017-yil 11 aprel. 


172 
gan uzunlikdagi optik tolali aloqa liniyalarini yotqizish yakunlandi. 
To‗qimachi – Angren temir yo‗l liniyasini elektrlashtirish ishlari o‗z 
nihoyasiga yetdi. Yangi Yangiyer – Jizzax va Yangiyer – Farhod 
temir yo‗l liniyalarini qurish ishlari yakunlandi. 
Markiziy Osiyo hududida Toshkentdan Samarqandgacha ilk 
tezyurar yo‗lovchi harakatni tashkil qilish maqsadida 2008-yil 
«O‗zbekiston temir yo‗llari» AJ va "Talgo" (Ispaniya) kompaniyasi 
o‗rtasida 2 ta tezyurar yo‗lovchi elektropoyezdlarni sotib olish 
to‗g‗risida bitim imzolandi. 
2011-yil 8-oktabrdan «Afrosiyob» (Ispaniyaning "Talgo" kom-
paniyasi tomonidan islab chiqarilgan) yuqori tezlikda harakatla-
nadigan poyezdi Toshkent – Samarqand – Toshkent 161/162 sonli 
yo‗nalishda ishga tushirildi. 
Yangi tezyurar poyezd bu marshrut orqali xizmat ko‗rsatadigan 
boshqa elektr poyezdlar bilan birga, Toshkent va Samarqand shahar-
lari o‗rtasida harakat qiladi. Yuqori tezlikdagi «Afrosiyob» poyezdi 
ikki soat va o‗n besh daqiqa ichida 344 km temir yo‗l masofasini 
bosib o‗tadi. Maksimal tezligi soatiga 250 kilometrni tashkil etadi. 
«Afrosiyob» tarkibiga 2 ta lokomotiv va 9 ta qulay vagonlar 
kiradi: 

2 VIP klass vagon (vagonda 11 o‗rin); 

2 Biznes klass (vagonda 26 o‗rin); 

4 ekonom klass (vagonda 36 o‗rin);

1 vagon-bistro. 
«Afrosiyob» elektr poyezdi 2016-yilning 15-sentabr kunidan 
Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‗nalishida qatnovlarni amalga 
oshira boshladi.
2017-yilda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Res-
publikasiga davlat tashrifi davomida Xitoy ishbilarmon doiralari 
vakillari bilan uchrashdi. Aynan ana shu anjumanda davlatimiz 
rahbari Xitoyning ―China Railway Tunnel Group‖ kompaniyasiga 
Angren – Pop temir yo‗lining Qamchiq dovoni qurilishining muvaf-
faqiyatli amalga oshirilganligi uchun alohida minnatdorlik bildirdi. 
Shuningdek, mazkur tashrif doirasida ko‗plab sohalar, xususan, trans-
port va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish borasida ―O‗z-
bekiston temir yo‗llari‖ aksiyadorlik jamiyati bilan XXRning yetakchi 
quruvchi kompaniyalari o‗rtasida samarali kelishuvlarga erishildi. 


173 
Bugungi kunda ushbu temir yo‗l orqali Toshkent – Andijon – 
Toshkent yo‗nalishida har kuni zamonaviy tezyurar yo‗lovchi 
poyezdlari aholiga xizmat ko‗rsatmoqda. Andijon – Buxoro – Andijon 
yo‗nalishida haftasiga ikkita yo‗lovchi poyezdi, haftada bir marotaba 
Andijon – Urganch – Andijon, Andijon – Moskva – Andijon yo‗na-
lishlarida yo‗lovchi poyezdlari qatnovi tashkil etildi. Bundan tashqari, 
bir sutkada o‗nlab yuk poyezdi Angren – Pop elektrlashtirilgan temir 
yo‗li orqali o‗tib, yuklarni o‗z manziliga yetkazmoqda. 
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, yuqori tezlikda harakat-
lanadigan «Afrosiyob» poyezdi qatnay boshlaganidan buyon yur-
timizda chet ellik sayyohlar soni sezilarli darajada ko‗paydi. Bunday 
poyezdlar Buxoro va Qarshi shaharlarigacha yuqori tezlikda yetib 
borishga imkon yaratdi. Bu esa mamlakatimizda turizm sohasini 
jadal rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. 

Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish