Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
220
Adhamxonning qovog‘iga qarab turar edi. Xastalanib yuzi sarg‘ayib qolgan Munimxon 
axiyri Akbarning huzuriga kirib iltimos qildi: 
— Hazratim, menga yengilroq ish bering, mayli vakili saltanatlikka Adhamxon o‘tsinlar! 
— dedi. 
— Biroq, Adhamxon xoni a’zamlik unvonini ham ko‘tarolmay hovliqib qolmoqda. Vakili 
saltanatlikni u eplay olmagay. 
— Mohim enaga yordam bersalar, balki eplarlar? 
— Sizga bu fikrni... enagam berdilarmi? 
— Ha, u kishining niyatlari shu. 
— Lekin shayx Ansoriy Adhamxonni mening yangi siyosatimga qarshi qayrab yuribdir. 
Bular rajputlarni saroydan quvmoqchilar. Nahotki enagam buni bilmasa? 
— Enagangiz o‘g‘lining martabasi oshishini juda istaydir. Ona-da! 
Akbar Munimxonning Mohim enaga va Adhamxon tazyiqiga bardosh bera olmasligini 
sezdi. Hech kimga bildirmay, Kobulga maxfiy maktub yubordi-yu, Shamsiddin atkani 
poytaxtga chaqirtirdi. 
Bu orada janubiy viloyat bo‘lgan Malvada Sherxon sur avlodlaridan bo‘lgan Bo‘z 
Bahodirga qarshi yurish boshlandi. Akbar Adhamxonga katta ishonch bildirgan bo‘ldi-da, 
o‘n ming qo‘shinga uni sarkarda qilib, Malvaga jo‘natdi. 
— Bo‘z Bahodir saroyida Rupmati degan mashhur xonanda qiz bor ekan, shuni Agraga 
tirik olib keling!— deb buyurdi. 
Adhamxon Malvada yurganda Shamsiddin atka Kobuldan yetib keldi va Munimxonning 
o‘rniga vakili saltanat qilib tayin etildi. Shu orada Adhamxon ham Bo‘z Bahodirni yengib, 
katta o‘ljalar bilan Malvadan qaytdi. 
Shamsiddin atka faqat Akbarning izmiga bo‘ysunar, Mohim enaga bilan Adhamxonni 
davlat ishlariga aralashtirmaslikka tirishardi. Akbar o‘zining qizil muhrini enagasidan 
qaytarib olib, Shamsiddin atkasiga bergan edi. 
— Axir Adhamxon bolalikdan birga o‘sgan sodiq ko‘kaldoshingiz-ku, hazratim! Vakili 
saltanat bo‘lsa, siz uchun jonini bermas edimi? 
Akbar Mohim enagani alohida ehtirom qilib: 
— Ulug‘ ena, siz menga qanday yaxshiliklar qilganingizni hech vaqt unutmagaymen, — 
dedi. — Sizga doim farzanddek oqibat ko‘rsatish harakatidamen. 
— Rost, hazratim, menga qilgan oliy inoyatlaringiz uchun oq sutimdan mingdan ming 
rozimen! 
— Rahmat sizga, ulug‘ ena! Adham ko‘kaldoshimga ham yuksak xoni a’zam unvoni 
berildi, katta jogir ajratildi. 
— O‘g‘lim sizdan ko‘rgan yaxshiliklarni unutsa ko‘r bo‘lgay! Men unga aytganmen! 
— Men ham ko‘p... ogohlantirdim. Lekin Adhamxon katta davlat-u martabadan hovliqib 
qoldi. Shayx Ansoriy meni «kufr yo‘liga kirdi» deb ig‘vo qilayotganidan xabarim bor. 
Adhamxon esa unga qo‘l berib murid bo‘ldi, o‘sha shayxning qutqusiga uchib yuribdir. 
Mohim enganing o‘zi ham shayx Ansoriyning guruhiga qo‘shilib, o‘g‘lini vakili saltanat 
qilmoqchi ekanidan nahotki Akbar xabar topgan bo‘lsa? Bu odam yer tagida ilon 
qimirlasa bilar ekan-da! Lekin Mohim enaga sir bermaslikka tirishdi: 
— Hazratim, yomon odamlarning gapiga ishonmang! Adhamxon siz chizgan chiziqdan 
chiqmagan! Siz uni Malvaga urushga yubordingiz. Sizga qarshi bosh ko‘targan Bo‘z 
Bahodirni yengib keldi! Shu bilan Adhamxon o‘z sadoqatini yana bir bor isbot qilmadimi? 
Akbar bosh chayqadi: 
— Afsuski, Adhamxon Malvada o‘rinsiz zo‘ravonliklar qilib, biz topshirgan nozik ishlarni 
buzib qo‘ydi. Rupmati degan malvalik xonanda qizning ta’rifini siz ham eshitgan 
bo‘lsangiz kerak. El-ulus orasida naql tarqalganki, Rupmati qo‘shiq aytganda, osmondagi 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish