56
5. Nisbiy substratli spetsifiklik – ferment kimyoviy birikmalarning turli xil
guruhlariga tegishli substratlarni katalizlaydi. Masalan, sitoxrom P
450
fermenti turli
xil moddalarning (7000 ga yaqin) gidroksillanishida ishtirok etadi. Bu tabiiy
moddalar, dori va zaharlarning o`zgarishlarida ishtirok etadigan kamroq
spetsifiklikka ega bo`lgan fermentli sistema.
Fermentlarning spetsifik ta’siri nima bilan tushuntiriladi? Bunga mavjud
bo`lgan ikkita qarash javob berishga harakat qiladi. Ulardan biri E.Fisherning
farazi yoki “qulf va kalit” (shablon) farazi bo`lib, unga ko`ra spetsifiklik asosida
substrat va ferment faol markazining qat’iy mos kelishi yotadi. Fisherning farazi
bo`yicha ferment qattiq struktura bo`lib, uning faol markazi substratni o`ziga
yopishtirish xususiyatiga ega. Agar substrat faol markazga yaqinlashib, kalit qulfga
tushgandek bo`lsa, reaktsiya amalga ooshadi. Agar substrat (“kalit”) biroz
boshqacha bo`lsa, bunday holda u faol markaz (“qulf”)ga mos kelmaydi va
reaktsiya amalga oshishi mumkin emas. Fisherning farazi ferment ta’siri
spetsifikligini tushuntirishda o`zining soddaligi bilan o`ziga jalb etadi. Ammo
“shablon” nuqtai-nazaridan qaraganda mutlaq va nisbiy guruhli spetsifiklik, ya’ni
bitta “qulf” ga mos keladigan turli xil “kalit” (substrat) ekanligini tushuntirish
mushkul.
Bunday tashqi qarama-qarshilikni Koshlend tomonidan taklif etilgan boshqa
faraz tushuntirib berdi, u “majburiy moslik” nomini olgan farazdir. Koshlendning
fikriga ko`ra ferment molekulasi qattiq emas, aksincha o`zgaruvchan,
cho`ziluvchan bo`lib, fermentning konfiguratsiyasi va uning faol markazi
substratlar yoki boshqa ligandlar birikishi jarayonida o`zgaradi va nihoyat, faol
markaz – qattiq va substratni yopishtiruvchi emas, balki substrat unga birikish
vaqtida mos keluvchi shaklni qabul qilishga majburlaydi (shuning uchun ham
“majburiy moslik” deb nomlanadi).
“Majburiy moslik” farazi bir qator fermentlarning substratga birikishidan
keyin faol markazning funktsional guruhlarining joylashishini o`zgarishi qayd
etilgandan so`ng tajribada o`z tasdig`ini topdi. Bu faraz substratlarning yaqin
analoglariga ta’sir etishni ham tushuntirib berdi. Agar yolg`on substrat (kvazi
substrat) tabiiysidan juda kam farq qilsa va faol markaz haqiqiysiga yaqin
konformatsiyani qabul qilsa, unda bunday ferment-substrat kompleksidagi katalitik
guruhlar reaktsiyani amalga oshiradi. Bunday “aldov” ni ferment sezmagandek
bo`ladi, ammo fermentativ reaktsiya haqiqiy substratdagidek tez bormaydi, chunki
fermentning faol markazida katalitik guruhlar ideal joylashgan emas.
Agar kvazi substrat konfiguratsiyasi katalitik guruhlarning to`g`ri
joylashishiga imkon bermasa, bunday holatlarda reaktsiya bormaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: