9.4.Gistamin, serotonin hosil bo`lishi va ahamiyati.
Gistamin
gistidindekarboksilaza ta’sirida gistidindan sintezlanadi:
-CO
2
Gistidin gistamin
Deyarli hamma to`qima va organlar tarkibida gistamin bo`ladi. Asosan
o`pka va teri to`qimasida ko`proq bo`ladi. Ko`p miqdordagi gistamin biriktiruvchi
S-adenozil- S-adenozil-
metionin gomosistein
NH
2
C NH
H
3
C N
CH
2
COOH
NH
2
C NH
N
CH
2
COOH
NH
2
C = NH
H
3
C N
CH
2
COOH
NH
C = NH
H
3
C N
CH
2
CO
N C - CH
2
– CH - COOH
CH CH NH
2
NH
N C - CH
2
– CH
2
CH CH NH
2
NH
216
to`qimaning yog` hujayralarida hosil bo`ladi, to`planadi va oqsil-geparin
kompleksi ko`rinishida bog`langan bo`ladi. Bu to`qimalardagi gistamin
gistaminning liberatorlari deb ataluvchi moddalar ta’sirida ajralib chiqadi.
Shuningdek, gistaminning ko`proq miqdori pepsin va xlorid kislota sekretsiyasiga
ta’sir etadi. U kam miqdorda qon plazmasi va boshqa biologik suyuqliklarda ham
bo`ladi.
Gistamin keng biologik ta’sir qilish spektriga ega:
arteriolalar bilan kapillyarlarni kengaytiradi, natijada qon bosimi
pasayadi;
kapillyarlarning o`tkazuvchanligini kuchaytiradi;
bosh miyada kapillyarlarni kengaytiradi va qondan suyuqlik chiqishi
boshning ichki bosimi ko`tarilishiga va bosh og`rig`i paydo bo`lishiga
olib keladi;
o`pka silliq muskullarini qisqartiradi, natijada birdan nafas qisib qolishi
va bo`g`ilish tariqasida namoyon bo`ladi;
me’da shirasi va so`lak ajralishini kuchaytiradi.
Gistamin patologik jarayonlarda ko`p miqdorda ajralib chiqib, allergik
reaktsiyalarning mediatori bo`lib hisoblanadi. Bunday holatlarda antigistamin dori-
darmonlar qo`llaniladi. Organizmda ba’zi antigen moddalar (oqsil tabiatli,
polisaxaridli
antigenlar,
bir
qancha
dorilar)
tushganda
organizmning
sensibilizatsiyalashgan holati (darhol yuzaga chiqadigan turdagi o`ta sezuvchanlik
holati) rivojlanadi. O`sha antigenning o`zi bir necha daqiqa davomida organizmga
yana tushadigan bo`lsa, bu gistamin shokining deyarli aniq nusxasidan iborat
bo`lgan o`tkir reaktsiya boshlanishiga olib keladi (anafilaktik va allergik
reaktsiyalar). Bu reaktsiyalar mexanizmi semiz hujayralardagi gistamin ajralib
chiqishini o`z ichiga oladi. Bu hujayralardan gistamin ularning yuzasida antigen-
antitana ta’siri yuzaga kelishi natijasida ajralib chiqadi.
Ushbu reaktsiyalarni oldini olish va davolashda quyidagi antigistamin
preparatlardan foydalaniladi: sanorin, pinolfen, dimedrol, glyukokortikoidlar va
boshqalar.
Serotonin esa triptofandan hosil bo`ladi. Katta yoshdagi odamning 90%
serotonini ichakning enteroxprommafin hujayralarida saqlanadi. Qolgan qismi teri
qavatining yog` hujayralari, taloq, jigar, buyrak, op`kada bo`ladi. Serotonin
ko`proq miqdorda qon trombotsitlari va markaziy nerv sistemasida bo`ladi.
Xususan, u bosh miyaning kul rang qavatida va gipotalamusda hosil bo`ladi. U
yuqori biologik faollikka ega bo`lgan biogen amindir. Serotonin qon tomirlarini
toraytiradi va arterial qon bosimini oshiradi, tana harorati, nafas olish va buyrak
filtratsiyasini boshqarishda ishtirok etadi; allergik reaktsiyalar, homiladorlik
toksikozi vujudga kelishida ishtirok etadi.
Serotonin markaziy nerv sistemasida mediatorlik va periferik organ va
to`qimalarda mahalliy boshqaruvchilik vazifasini bajaradi.
217
Do'stlaringiz bilan baham: |