Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/189
Sana29.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#417203
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   189
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish organizmdagi fiziologik jarayonlarni organish

 
Integrastiyasi
: Gistologiya, anatomiya, biohimiy
MAShG’ULOT MAZMUNI 
NAZARIY QISM 
O`t hosil bo’lishi va ajralishi.
 
O’t jigarda hosil bo’ladi va hazm jarayonida ishtirok etadi. O’tning xazmdagi ahamiyati 
kuyidagilardan iborat: yoglarni emulsiyaga aylantiradi, natijada lipaza ta’sir etadigan sath 
kattalashadi; lipidlar gidrolizidan hosil bo’lgan moddalarni eritadi, ularning so’rilishini va 


139 
enterostitlarda triglisteridlar resintezini osonlashtiradi; me’da osti va ichak bezlari 
fermentlarini, ayniqsa lipaza faolligini orttiradi, shuningdek,o’t oqsil, karbonsuvlar gidrolizi 
va 
so’rilishlarini 
kuchaytiradi.
O’t kuyidagi boshqaruv vazifalarini ham o’taydi: o’t hosil bo’lishini va ajralishini, ingichka 
ichakning motor va sekretor faoliyatini, enterostitlar proliferastiyasi va ko’chib tushishini 
kuchaytiradi. O’t kislotalilikni kamaytirish va pepsin faolligini yo’qotish orqali 12 barmoqli 
ichakka tushgan me’da shira ta’sirini to’xtatadi. O’t bakteriostatik ta’sirga ega. Yog’da 
eruvchi vitaminlar, xolesterin, aminokislotalar va kalstiy tuzlarini ichakda so’rilishida o’tning 
ahamiyati 
katta.
Bir sutkada 1000-1800 ml o’t xosil bo’ladi.
O`t hosil bo’lishi (xolerez)- 
uzluksiz ketadi, 
o’tajralishi 
(xolekinez)-davriy, ovqat iste’mol 
qilgandagina sodir bo’ladi. Nahor paytida o’t ichakka tushmaydi, o’t pufagida yig’iladi va u 
erda depo sifatida sakqlanadi, hamda quyuqlashadi, shuning uchun ham ikki xil o’t tafovut 
qilinadi – 
jigar va pufak o’tlari
. O’t bir vaqtning o’zida ham shira, ham ekskret moddadir. 
O’tning tarkibida har xil endogen va ekzogen moddalar ajraladi, biroz fermentativ faollikka 
ega. Jigar o’tining rN 7,3-8,0 ga teng, o’t pufagida saqlangan 9tniyag rN 6,0-7,0 ga teyag 
bunga sabab pufakda tning tarkyabyadagi gidrokarbonatlar so’rilishi va o’t kislotalari tuzlari 
hosil bo’lishidir. Jigar o’ti suyuq oltinga o’xshash sariq rangga ega, solishtirma og’irligi 
1,008- 1,015 ga teng, pufakda saqlangan o’t esa (suv va mineral tuzlar so’rilishi hisobiga) 
quyuq, rangi to’kq sariq, solishtirma og’irligi 1,026-1,048 ga teng. O’t yo’llarida ishlab 
chiqarilgan 
mustin 
hisobiga 
o’t 
yopishqoqligi 
ortadi.
O`t glikokol (80%) va tauroxol (20%) kislotalarini saqlaydi. Odamlarda asosiy o’t 
pigmenti bilirubin bo’lib qizg’ish-sariq rangga ega. Bilirubin oqsidlanishi natijasida 
ichaklarda hosil bo’luvchi ikkinchi pigment biliverdin zangori rangga ega. O’t tarkibiga 
fosfolipidlar, o’t kislotalari, xolesterin oqsil va bilirubin kiruvchi 
lipoproteinlt birikma 
majmuasi bor. Bu birikma ichakda lipidlarning tashilishi, ularning ichak jigar orasida aylanib 
yurishi va umumiy modda almashinuvida katta ahamiyat kasb etadi.Parasimpatik nerv tolalari 
qitiqlanganda o’t xosil bo’lishi va ajralishi kuchayadi, simpatik tola qitiqlanganda esa, 
aksincha susayadi. Parasimpatik tola ko’zg’alganda o’t pufagi tanasi mushaklari qisqaradi, 
sfinkterlari esa bo’shashadi, natijada o’t un ikki barmoqli ichakka ajraladi. Simpatik nerv 
qo’zg’alganda 
sfinkter 
qisqaradi 
va 
o’t 
pufagi 
tanasi 
bo’shashadi.
O’t haydovchi gumoral omillarga birinchi bo’lib o’tning o’zi kiradi. Shuningdek, 
gastrin, 
XSK-P3, sekretin, prostaglandinlar 
ham o’t ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Tuxum sarig’i, 
sut, yog’lik ovqatlar, non, go’sht kabi oziq moddalar o’t hosil bo’lishini va ajralishini 
kuchaytiradi.
O’t ajralishini XSK-PZ, gastrin, sekretin, bombezin, astetilxolin, gistaminlar kuchaytiradi, 
glyukagon, kalstitonin, VIP, PP lar tormozlaydi.
Ichak shirasi tarkibi va xossalari. 
Ichak shirasi ichakning shilliq qavatida joylashgan (duodenal, yoki brunner, ichak 
burmalarida joylashgan liberkin, ichak epiteliostitlari, bokalsimon xujayra, ponet xujayrasi) 
bezlar mahsulidir. Katta yoshdagi odamlarda bir sutkada 2-3 litr ichak shirasi ajraladi. Shira 
rN 7.2 da 9.0 gacha ajraladi, u suv va kuruq anorganik va organik moddalardan iborat. Shira 
tarkibida anorganik moddalardan bikorbonatlar , xloridlar, natriy, kalstiy, fosfatlardan bor. 
Organiktarkibiga oqsil, aminokislotalar, mustinlar kiradi. Ichak shirasi tarkibida 20 dan ortiq 
gidrolitik fermentlar mavjud. Bularga 
enterokinaza, peptidazalar, ishqoriy fosfataza, 
nukleaza, lipaza, fosfolipaza, amilaza, laktaza va saxarazalar
kiradi. Fermentlarning ichak
shirasi, , shilliq qavatidan emirilgan epiteliostitlar tarkibida tushadi. Katta mikdordagi 
fermentlar epitelostitlar yuzasiga shimdirilib olinadi va 
devor 
oldihazmida 
ishtirok 
etadi.
Ichakda shira ajralashaning boshqaralishi

Ingichka ichak bezlari faoliyati mahalliy, reflektor mexanizmlari, hamda gumoral ta’sir 
qilish va ximus tarkibidagi moddalar ta’sirida boshqariladi. Ingichka ichak shilliqqavati 
mexanik qitiqlansa kam ferment saqlovchi suyuq shira ajraladi. Oqsil, yog’ gidrolizi natijasida 
oqsil bo’ltan maxsulotlar, xlorid kislota, pankreatik shiralarning shilliqqavatga mahalliy ta’siri 
fermentga boy ichak shirasi ajralishini ta’minlaydi. Ichak shirasi ajralishini GIP, VIP, 


140 
motilinlar xam kuchaytiradi. Ingichka ichak shilliqqavatida xosil bo’ladigan enterokrinin va 
duokrinin gormonlari liberkin va bruner bezlari shira ajratish faoliggini kuchaytiradi. Shira 
ajratishni 
somatostatin 
tormozlaydi.
Ingichka ichakdagi bo’shliqva devoroldi hazmlari. 
Ingichka ichakda ikki xil: bo’shlikdagi va devoroldi hazmlari tafovut qilinadi. 
Bo’shlikdagi 
hazm
ichakka hazm shiralari (me’da osti bezi shirasi, o’t, ichak shirasi) tarkibida tushgan 
fermentlar ta’sirida amalga oshiriladi. Bo’shlikdagi hazm natijasida yirik molekulali 
(polimerlar) moddalar oligomerlargacha parchalanadi. Keyingi gidroliz jarayoni shilliqqavati 
sohasida 
sodir 
etiladi.
Devoroldi hazmi shilliqqavat, shilimshiqqoplama, glikokaliks va mikrovorsinkalar sohasida 
davom etadi. Shilimshiqqoplama ichak shilliqqavatida ishlab chiqarilgan shilimshiq modda va 
ko’chib tushgan ichak epiteliylaridan iborat. Bu qavatda ko’p mikdorda me’da osti bezi va 
ichak shirasi fermentlari bor. Bu qavat orqali o’tayotgan oziq moddalar ana shu fermentlar 
ta’siriga uchraydi, glikokaliks yuzasiga ichak bo’shligidagi hazm shirasidan shimib olingan 
fermentlar yordamida oziq moddalar gidrolizga uchraydi. Enterostitlarning apikal pardasida 
ichak fermentlari sarflanib turadi va bu erda xaqiqiy devoroldi hazmi sodir bo’ladi, oziq 
moddalar shu pardaga tegib monomerlargacha parchalanadilar.Apikal pardadagi fermentlar va 
tashuv tizimi yaqin turganlikari tufayli gidroliz va so’rilish jarayonlari bir-biri bilan bog’lik 
holatda ketadi. Gidrolizning tugallanishi so’rilishning boshlanishiga sharoit yaratib beradi. 
Devoroldi 
hazmining 
asosiy 
belgilari 
quyidagilar:
ichak burmalaridan vorsinkalar uchiga borgan sari epiteliostitlarning shira ajratish faolligi 
kamayib boradi. Vorsinkalar uchida asosan dipeptidlar, asosida esa disaxaridlar fermentlar 
faolligiga, pardaning shimib olish xossasiga, ingichka ichak arakatiga, bo’shlikdagi hazm 
jadalligiga, parhezga bolg’ik.
Ingichka ichak xarakat faoliyati. 
Ingichka ichak harakati ximusning hazm shiralari bilan aralashishini, ximusning ichak 
bo’ylab siljishini, ichak shilliq qavati sohasidagi moddalarning almashishini ta’minlaydi, 
ichakdan suyuq moddalarni qon va limfaga filtrlanib o’tishi uchun zarur bo’lgan bosimni 
xosil qiladi. Demak, ingichka ichak harakati oziq moddalarning gidrolizi va surilishi uchun 
imkoniyat 
yaratib 
beradi.
Ingichka ichak arakati bo’ylanma va halqasimon muskullarining qisqarishi orqali amalga 
oshadi. Ingichka ichakda bir necha xil harakatlar o’ziga xos xususiyatlari bilan tafovut 
qilinadi: ritmiksegmentastiya, mayatniksimon , peristaltik (juda sekin, sekin, tez va juda tez), 
tonik.
Ritmik segmentastiya
asosan halqasimon muskullar qisqarishi natijasida ichak qismlarga 
ajratib qo’yiladi. Navbatdagi qisqarish tufayli yangi segment ‚hosil qilinadi, ya’ni avvalgi 
segment bir necha qismlarga bo’linadi. Bu qisqarishlar tufayli ichakda ximus aralashishi va 
‚har bir segmentda bosim ortishi kuzatiladi.
Mayatniksimon harakat 
bo’ylama va halqasimon 
muskullar qisqarishi natijasida amalga oshiriladi. Bunda ximus oldinga va orqaga siljitiladi. 
Ichakning boshlang’ich qismlarida bunday harakat 1 daqiqada 9-12 marta va 1quyi qismida 6-

martagacha 
sodir 
bo’ladi.
Peristaltik to’lqin 
ichakda bo’g’iq hosil qilish va quyi qism kengayishi natijasida amalga 
oshirilib, ximusning kaudal yo’nalishda harakatlantirishidan iborat. Ichakda peristaltik 
‚harakatlar har xil tezlikda 0,1-0,3 sm /s dan 7- 21sm /sgacha bo’lishi mumkin.

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish