Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/189
Sana29.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#417203
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   189
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish organizmdagi fiziologik jarayonlarni organish

Gormonlar tabiatiga karab bulinadi:
1) Steroid (estrogenlar, androgenlar);
2) Aminokislotali (dofamin, noradrenalin, serotonin); 
3) Oqsil-peptid (trop gormonlar, prolaktin).
Gormonlarning funktsional klassifikatsiyasi:
1) effektor – organ nishonlariga ta`sir qiladigan gormonlar (ADG, kortikoidlar);
2) Trop – boshqa bezlarga ta`sir etadigan (adenogipofizda ishlanadi);
3) Rilizing gormonlar (liberinlar) – gipofizni stimullovchi;


62 
4) Ingibirlovchi gormonlar (statinlar) – gipofizni tormozlovchi.
Gormonlarning ishlanib chiqishi organizmning axvoliga va tashqi muxit sharoitiga 
bog’liq.
Gormonlar tomonidan boshqariladigan jarayonlarning kanday borishi shu 
gormonlarning xosil bo’lish tezligini idora etuvchi muxim faktordir. Uzaro 
boglanishning «kaytarboglanish printsipi» degan formasi shunda namoyon bo’lishini 
kurish mumkin. Regulyator (boshqaruvchi) bilan boshqariluvchi jarayon orasida ikki 
tomonlama boglanish bor. Regulyator boshqariluvchi jarayonga ta`sir etibgina 
kolmaydi, balki boshqarilayotgan jarayon xolatining uzgarishi xam regulyator xolatiga 
xam ta`sir etadi. 
Ichki sekretsiya bezlarining xujayralaridan ishlanib chikkan moddalar organizmda 
moddalar almashinuvining muayyan jarayonlarini uzgartiradi. Bu uzgarishlar ma`lum 
miqdorga etgach gormon xosil bo’lishi va chiqishi tuxtaydi. Qonda shakar kamayib 
kolganda insulin (Qondagi shakar Kontsentratsiyasini kamaytiruvchi gormon) xosil 
bo’lishi susayadi; Qonda natriy yoki kal’tsiy ionlarining Kontsentratsiyasi oshib 
ketganda al’dosteron (Qondagi Na++ ionlari Kontsentratsiyasini oshiradigan gormon) 
yoki paratgormon (Qondagi Ca++ ionlari Kontsentratsiyasi oshiradigan gormon) 
sekretsiyasi susayadi. 
Gormon ishlanib chiqishi murakkab nerv-gumoral yul bilan boshqariladi. 
Fiziologik jarayonlar xolati yoki Qon bilan tukimalardagi ma`lum moddalar 
miqdorining uzgarishlari organ va tukimalardagi maxsus nerv oxirlari orqali yoki 
oralik miya – gipotalamus yadrolaridagi ma`lum xujayralar bilan seziladi. Bu yadrolar 
organizmdagi moddalar almashinuvini va ichki muxit xolatini boshqaradi. 
Gipotalamus yadrolari ichki sekretsiya bezlaridan ba`zilariga nerv impul’si yuborib 
yoki biologik jixatdan aktiv moddalar chikarib (bular gipofizda ba`zi gormonlarning 
xosil bo’lishiga yordam beradi), endokrin bezlar faoliyatiga ta`sir ko’rsatadi. 
Gipofizning oldingi bo`ladigan chiqadigan gormonlar boshqa endokrin bezlar 
(qalqonsimon bez, jinsiy bezlar, buyrak usti bezlari) faoliyatini boshqara oladi. 
Gipotalamus yadrolaridan tashkari, markaziy nerv sistemasining boshqa bulimlari xam 
ichki sekretsiya bezlarining funktsiyasiga ta`sir ko’rsata oladi.SHunday qilib, 
gormonlar mustakil regulyatorlar (boshqaruvchilar) emas. Gormonlarning xosil 
bo’lishi va Qonga utishi – organizm funktsiyalarining nerv-gumoral yul bilan 
boshqarilishidagi yagona zanjirning zvenolaridir. Gormonal regulyatsiya (gormonlar 
ta`sirida boshqarilish) ning uziga xos bir kancha xususiyatlari borligidan 
gormonlarning xosil bo’lishi va ta`sir etishi haqidagi ta`limot fiziologiyaning mustakil 
bulimi xisoblanadi. Ichki sekretsiya bezlari faoliyatining buzilishi haqidagi ta`limot 
bilan birga fiziologiyaning shu bulimi endokrinologiya deb ataladi. 
ICHKI SEKRETSIYA BEZLARINING FUNKTSIYALARINI TEKSHIRISH 
METODLARI. Ichki sekretsiya bezlarining funktsiyalarini urganish uchun odatda 
kuyidagi usullar kullaniladi. 
1. Ayrim ichki sekretsiya bezini qisman va butunlay olib tashlashdan keyingi 
uzgarishlarni yoki shu bezga birorta ximiyaviy moddaning ta`sirini urganish. 
Metiltiouratsil (qalqonsimon bez gormoni – tiroksin sintezni susaytiradi), metapiron 
(buyrak usti bezlari pustlogida gidrokortizon sintezini susaytiradi), alloksan (me`da 
osti bezining insulin chiqaruvchi Langergans orolchalaridagi beta-xujayralarning 
degeneratsiyasiga sabab bo`ladi) shunday moddalardandir. Muayyan gormonlarning 
xosil bo’lishini shu kabi usulda boshqarish mumkin. 
2. Biron endokrin bezdan olingan ekstraktlarni yoki ximiyaviy jixatdan toza 
gormonlarni normal hayvonga yoki ichki sekretsiya bezi olib tashlangan hayvonga 
yuborish yoki usha bez tukimasini organizmga kuchirib o’tkazish. 
3. Birorta endokrin bezi zararlangan yoki olib tashlangan organizmga ikkinchi 
organizmni ulash (parabioz). Bunda bezni olib tashlash okibatlarning ikkinchi 
(soglom) organizm bezidan chikayotgan gormonlar xisobga kompensatsiyalanishi 
jarayonlari urganiladi.
4. Bezga kiruvchi va bezdan chikuvchi Qonning fiziologik aktivligini takkoslash. 


63 
5. Biron endokrin bezi sust yoki ortikcha ishlaydigan bemorlarni va ularni davolash 
maksadida kilingan operatsiya okibatlarini tekshirish.
Gormonning ximiyaviy tuzilishi ma`lum yoki noma`lum ekaniga karab, organlarning 
ekstraktlari yoki Qondagi gormonlar miqdori turli usullarda aniklanadi. Gormonning 
ximiyaviy tuzilishi ma`lum bo’lsa, miqdori shartli biologik birliklarda ifodalanadi. Bir 
biologik birlik deb ma`lum hayvonda spetsifik fiziologik uzgarishlar xosil qilish uchun 
zarur bulgan gormon miqdorini aytishadi. 1g yoki 1 ml preparat tarkibida biologik 
birlik kancha kup bo’lsa, uning aktivligi ushancha yukori bo`ladi. Gipofiz ichki 
sekretsiyasi. Gipofiz uch bulak: oldingi, oralik va orqa bulaklardan tuzilgan murakkab 
ichki sekretsiya bezidir.Gipofiz oldingi bulagining tuzilishi. Oldingi bulak, yoki 
adenogipofiz uch xil: asosiy, yoki xromofob (barcha xujayralarning 55-60%), 
xromofil, yoki atsidofil (30-35%) va bazofil (5-10%) xujayralardan iborat: xromofob 
xujayralar gormon xosil kilmay, xromofil xujayralarni xosil kilsa kerak. Bazofil 
xujayralar adrenokortikotrop, tireotrop va gonadotrop (follikulni stimullovchi va 
lyuteinlashtiruvchi) gormonlar ishlab chikaradi. Atsidofil xujayralardan usish gormoni 
va prolaktin ishlanib chiqadi. Oldingi bulakning xamma gormonlari oqsil moddalar 
xisoblanadi.Usish gormoni. Usish gormoni (somatotrop gormon, yoki somatotropin) 
yosh hayvonlarning usishiga ta`sir etadi. Usish gormonining anik ximiyaviy 
tuzilishi xozircha noma`lum. Odamda bu gormon molekulasi 240 aminokislotadan 
tuzilgan bitta peptid zanjiridan iborat (molekulyar ogirligi kariyb 27 000). Bukalarda 
usish gormonining molekulasi 369 aminokislota koldiklaridan tuzilgan 2 peptid 
zanjiridan iborat (molekulyar ogirligi kariyb 46 000). 
Somatotropin organizmning bir kancha metabolik jarayonlariga ta`sir etadi. U 
gavdaning barcha xujayralarida oqsil sintezini kuchaytiradi va xujayralardagi 
ribonuklein kislota (RNK) miqdorini oshiradi. Qondagi aminokislotalar kamayadi va 
siydik bilan azot kamrok chiqadi. Somatrop gormonning xujayralarda oqsil sintezini 
kuchaytirish mexanizmlari xozircha kam urganilgan. Somatotropin shunday ta`sir 
etishi uchun uglevodlar va insulin zururligi ma`lum. Me`da osti bezi olib tashlangan 
hayvonlarda, shuningdek uglevodlardan maxrum kilingan hayvonlarda usish 
gormonining ta`siri susayadi. Bu gormon yosh hayvonlar organizmiga yuborilsa, 
insulin sekretsiyasi kuchayadi. Etilgan hayvonlarda esa insulin sekretsiyasi 
kuchaymaydi, me`da osti bezining Langergans orolchalari degeneratsiyalanib, diabet 
boshlanadi. 
Usish gormoni organizmga kiritilganda yog depolaridan yog chiqishi kuchayib, 
energiya almashinuvida yoglardan ko`proq foydalaniladi. Natijada yoglar ko`proq 
sarflanadi, shuningdek Qonda atseton va keton tanalar kupayib siydik bilan chikib 
ketadi.Somatotrop gormon organizmning butun umrida uzluksiz chikib turadi. 
Somatotropin xosil bo’lish intensivligining boshqarilishiga ta`sir etuvchi faktorlar 
xanuz ma`lum emas. 
Usish gormoni kam va ortikcha ishlanganda organizmda ruy beruvchi uzgarishlar. 
Usish gormoni etarli ishlab chikarilmaganda organizmning yoshiga karab turli 
uzgarishlar paydo bo`ladi. Gudak bolalarning usishi keskin ravishda tuxtaydi. Ayni 
vaqtda odam umrbod panaka bo’iib koladi (gipofizar pakanalik). Bunday kishilarning 
gavda tuzilishi nisbatan proportsional; ammo, kul-oyok panjalari kichkina, barmoqlari 
ingichka 
bo`ladi, 
skeletning 
suyaklanishi 
kechiqadi, 
jinsiy 
organlar 
rivojlanmaganligicha koladi, ikkilamchi jinsiy belgilar ravshan bilinmaydi, sochi (juni) 
bolalarniki singari mayinligi va yaltirokligi bilan fark qiladi. Bunday bemarlar 
yukumli va boshqa kasalliklarni ogir o’tkazadi va ko’pincha yoshligida ulib ketadi. 
Gipofizar panaka bulgan erkaklarda impotentsiya (ya`ni jinsiy alokaga yaramaslik) 
kayd kilinadi, ayollar esa tugmaydigan (steril) bo`ladi. 
Gudaklik davrida usish gormoni xaddan tashkari kup ishlansa gigantizm avj oladi, 
bunda odamning buyi 240-250 sm ga, vazni esa 150 kg ga etadi. Voyaga etgan 
odamda usish gormoni ortikcha ishlansa, buy umuman usmaydi, chunki usib bulgan 
ammo gavdaning usish kobiliyatini saklab kolgan a`zolari: kul-oyok barmoqlari va 
panjalari, burun va pastki jag, til, kukrak va korin bo`shlig’idagi organlar usadi. Bu 


64 
kasallik akromegaliya deb ataladi (grekcha «akron» va «megalos»ning tom ma`nosi – 
«katta burtiklar»). Gipofizar gigantlardagi kabi, akromegaliya bulgan bemorlarda xam 
gopofiz oldingi bulagining gormonlari tomonidan boshqariladigan ichki sekretsiya 
bezlarining funktsiyasi buziladi, jumladan jinsiy bezlarining ichki sekretsiya 
funktsiyasi etarli bo’lmaydi. Akromegaliyada me`da osti bezining insulin ishlab 
chikaradigan insulyar tukimasi etarli ishlamay, kandli diabet vujudga keladi. Gipofiz 
oldingi bulagining atsidofil xujayralardan tuzilgan usmasi odatda akromegaliyaga 
sabab bo`ladi.
Gonadotrop gormonlar.Gipofiz oldingi bulagining atsidofil xujayralaridan ishlanib 
chiqadigan prolaktin (yoki lyuteotrop gormon) molekulyar ogirligi 25 000-30 000 ga 
teng bulgan proteindir. Bu gormon hazm yullarining fermentlari ta`sirida parchalanadi, 
shu sababli uni teri ostiga yoki venaga yuborish zarur. Sut bezlariga estrogen va 
progesteron ta`sir etgandan sung ularda sut xosil bo’lishini prolaktin kuchaytiradi. 
Bundan tashkari, prolaktin sarik tananing rivojlanishiga stimul beradi. 
Bolasini emizayotgan urgochi kalamushlarning gipofizi olib tashlansa, laktatsiya 
(ya`ni sut ajralishi) tuxtaydi. Urgochi hayvonlar organizmiga prolaktin yuborilganda 
bolasini emizayotgan hayvonlarda sut ajralishi kuchayish bilangina kolmaydi, voyaga 
etgan, ammo tugmagan (bola emizmayotgan) hayvonlarda xam picha sut ajralishiga 
sabab bo`ladi Etilgan urgochi hayvonlar xatto ular bichilgan takdirda xam prolaktin 
sut ajralishga sabab bo`ladi. erkak hayvonlar organizmiga prolaktin yuborib, ularda 
xam sut ajralishini kuzatish mumkin. Birok buning uchun oldin bir kadar vaqt 
davomida estrogen va progesteron yuborib turish zarur, chunki erkak hayvonlarning 
sut bezlari rudimentar xolatda bo`ladi, ularning bez tukimasi sun`iy yul bilan 
rivojlantirilmasa, sut chikarmaydi. Hayvonlar xatto voyaga etguncha ularga prolaktin 
kiritilsa, onalik instinkti paydo bo`ladi. 
Prolaktin ta`sirida tukimalar glyukozani kamrok uzlashtiradi, shu tufayli Qondagi 
glyukoza kupayadi, prolaktin shu jixatdan somatotropinga uxshash, lekin undan kura 
bushrok ta`sir etadi. Prolaktin sekretsiyasini gipotalamus markazlari refleks yuli bilan 
stimullaydi. Bola emizish vaqtida sut bezlari surgichlaridagi retseptorlar ta`sirlanadi, 
shu tufayli gipotalamus yadrolari ko`zgaladi, bu esa gipofiz funktsiyasiga gumoral 
(neyrosekretsiya) yul bilan ta`sir etadi. 
Gipofizning oldingi bulagidagi atsidofil xujayralardan prolaktin ishlanib chiksa, 
shu bulakning bazofil xujayralari boshqa ikkita gonadotrop gormon – follikulni 
stimullovchi va lyuteinlashtiruvchi gormonlari ishlab chikaradi. Turli hayvonlarning 
gipofizidan shu ikki gormonning preparatlari olingan, bular esa molekulyar ogirligi 
kariyb 30 000 ga teng bulgan glyukoproteidlardir. Amilaza ta`sirida bu preparatlar uz 
aktivligini yukotadi. Gormonlarning aktiv gruppasi tarkibida polisaxarid borligi 
shundan kurinib turipti. 
Follikulni stimullovchi va lyuteinlashtiruvchi gormonlar ta`sirida kelib chiqadigan 
fiziologik uzgarishlar yukorida kuzdan kechirildi. Bu uzgarishlarning sababi shuki, 
follikulni stimullovchi va lyuteinlashtiruvchi gormonlar erkak va urgochi 
hayvonlarning jinsiy bezlariga ta`sir etib pubertat bezning rivojlanishini va follikullar 
etilishini, shuningdek, ularda jinsiy gormonlar xosil bo’lishini stimullaydi. 
Gipofizning 
gonadotrop 
gormonlari 
bichilgach 
hayvonlar 
organizmiga 
yuborilganda, voyaga etmagan hayvonlarda kuzatiladigan xarakterli fiziologik 
uzgarishlar ruy bermaydi. Voyaga etmagan hayvonlar organizmiga gonadotrop 
gormonlar muntazam ravishda yuborib turilganda ularning tezrok voyaga etishi, ayni 
vaqtda jinsiy organlarning kattalashuvi va ikkilamchi jinsiy belgilarning barvaqt 
yuzaga chiqishi shu gormonlarning jinsiy bezlarga ta`sir etish natijasi ekanligi shundan 
anglashilib 
turipti. 
Kursatilgan 
uzgarishlarning 
bevosita 
sababi 
gipofiz 
gonadotropinlari emas, balki jinsiy bezlarda xosil buluvchi gormonlar ta`siridir. 
Normal erkak hayvonlardagina emas, bichilgan erkak hayvonlarda xam follikulni 
stimullovchi gormon ta`sirida prostata bezining usib ketishi – bu gormonning bevosita 
stimullovchi ta`sir etish natijasidir. 


65 
Gonadotrop gormonlarning ajralib chikish intensivligi jinsiy alokaning reflektor 
ta`siriga, urugdon va tuxumdon jinsiy gormonlarining gumoral ta`siriga, shuningdek 
tashqi muxitning turli faktorlariga bog’liq. Odamning ruxiy kechinmalari gonadotrop 
gormonlarning xosil bo’lishiga ta`sir etadi. Masalan, bombardimonchi aviatsiyaning 
xujumlaridan yoki kamok lageriga kamalishdan kelib chikkan kurkuv xissi gonadotrop 
gormonlar chiqishini keskin darajada buzib, xayz kurish tsikllarining tuxtab kolishiga 
sabab bulganligi ikkinchi jaxon urushi vaqtida kayd kilingan edi. 
Tireotrop gormon (tireotropin). Gipofiz oldingi bulagining bazofil xujayralaridan 
ishlanib chiqadigan tireotrop gormon (yoki tireotropin) glyukoproteiddir (molekulyar 
ogirligi 26 000-30 000). Bu gormon qalqonsimon bezdan gormonlar chiqishini 
stimullaydi. Bu stimulyatsiya mexanizmlari kup xil. Tireotropin proteaza aktivligini 
oshirib, qalqonsimon bezda tireoglobulin parchalanishini kuchaytiradi, natijada Qonga 
tiroksin bilan triyodtironin kuplab chiqadi. Tireotropin qalqonsimon bezda yod 
tuplanishiga imqon beradi; bundan tashkari, qalqonsimon bezdagi sekretor xujayralar 
sonini va aktivligini oshiradi. 
Tireotrop gormon hayvonlarga yuborilsa, qalqonsimon bez usib ketadi, gipofiz olib 
tashlanganda esa yosh hayvonlarning qalqonsimon bezi esa kichrayadi va qisman 
atrofiyalanadi. Gipofizi olib tashlangan hayvonlarda asosiy almashinuv va oqsillar 
almashinuvi susayadi. Tiroksin yuborish, gipofiz kuchirib o’tkazish yoki tireotrop 
gormon yuborib, asosiy almashinuvni va oqsillar almashinuvini yana kutarish 
mumkin. Organizmga tiroksin kiritish asosiy almashinuvni va oqsillar almashinuvini 
normallashtiradi, chunki hayvonning atrofiyalangan qalqonsimon bezida tiroksinning 
kam ishlanishi shu yul bilan qoplanadi, gipofizni ko`chirib o’tkazish va tireotrop 
gormon yuborish esa bu gormon yukligida atrofiyalangan qalqonsimon bez tukimasini 
ustirib, almashinuvni normaga keltiradi.Hayvon organizmiga uzok vaqt davomida xar 
kuni etarli miqdorda tireotrop gormon kiritib turilsa, unda odamning Bazedov 
kasalligidagiga uxshash simptomlar paydo bo`ladi.
Tireotropin oz-ozdan doimo ajralib turadi. Tireotropin sekretsiyasining gipotalamus 
ko`zgatadi, gipotalamusning nerv xujayralaridan chiqadigan fiziologik aktiv moddalar 
gipofiz oldingi bulagining ichki sekretsiyasini ko`zgatadi. Tireotropinning kancha 
ajralib chiqishi Qondagi qalqonsimon bez gormonlarning miqdoriga bog’liq. Qonda 
qalqonsimon bez gormonlari etarli bo’lsa, tireotropin sekretsiyasi susayadi va, 
aksincha, Qonda qalqonsimon bez gormonlari etarli miqdorda bo’lmasa, tireotropin 
sekretsiyasi stimullanadi. SHunday qilib, bu erda teskari boglanish mexanizmi ishlab 
turadi. 
Organizm sovuganda tireotropin sekretsiyasi kuchayib, qalqonsimon bez 
gormonlari ko`proq xosil bo`ladi, natijada issiqlik xosil bo’lishi kuchayadi. 
Organizmga sovuk takror ta`sir etsa shartli refleks paydo bo’lishi sababli, sovushdan 
oldin bo`ladigan signallar ta`sirida xam tireotropin sekretsiyasi stimullanishi mumkin. 
Bosh miya pustlogi tireotrop gormon sekretsiyasiga ta`sir ko’rsata olishi shundan 
anglashilib turipti. Organizmni chiniktirishda, ya`ni uni mashk kildirib sovukka 
chidamini oshirishda buning axamiyati bor. 
Adrenokortikotrop gormon. Turli hayvonlarning adrenokortikotrop gormonlari 
(AKTG) turlicha tuzilgan bo’iib, uz aktivligi bilan fark qiladi. Ular polipeptidlar 
bo’iib, molekulalari 39 aminokislota koldigidan tuzilgan zanjir shaklidadir. 
Gipofizning oldingi bo`ladigan ajratib olingan turli moddalar parchalanib, AKTG xosil 
qiladi. 
Adrenokortikotrop gormon buyrak usti bezlari pustlogining tutamli va turli zonasini 
ustirib, shu bezlardan chiqadigan gormonlar sintezini kuchaytiradi. Hayvonning 
gipofizini olib tashlab, organizmning uz adrenokortikotrop gormoni yukligi uchun 
buyrak usti bezlari pustlogining tutamli va turli zonalari atrofiyalanganda xam AKTG 
shunday ta`sir etadi. Gipofiz olib tashlan-ganda buyrak usti bezlari pustlogining 
koptokcha zonasi va magiz kavati atrofiyalanmaydi. AKTG buyrak usti bezlari 
pustlogining fakat tutamli va turli zonasiga spetsifik ta`sir etishi shundan kurinib 
turipti. 


66 
Organizmga taranglanish (stress) xolatini vujudga keltiradigan xarxil favkulodda 
ta`sirotlarda gipofizdan AKTG chiqishi kuchayadi. Bunday ta`sirotlar refleks yuli 
bilan, shuningdek buyrak usti bezlari magiz kavatidan adrenalin chiqishini 
kuchaytirish yuli bilan gipotalamus yadrolariga ta`sir etadi, shunga kura ularda 
biologik aktiv moddalar xosil bo’lishi (neyrosekretsiya) kuchayadi. Gipotalamus va 
gipofiz tomirlar bilan boglanganligi sababli bu moddalar gipofiz oldingi bulagining 
xujayralariga etib borib, AKTG sekretsiyasini stimullaydi. AKTG buyrak usti beziga 
ta`sir etib, glyukokortikoidlar xosil bo’lishini kuchaytiradi, glyukokortikoidlar esa 
organizmning nokulay faktorlar ta`siriga chidamini oshiradi. 
Gipofizning oralik bulagi. Kupchilik hayvonlar va odam gipofizning oralik bulagi 
oldingi bulagidan ajralgan va orqa bulakka yopishgan bo`ladi. Oralik bulak gormoni- 
intermedin, yoki melanotsitni stimullovchi gormon orqa bulak gormonlari bilan birga 
chiqadi. 
Amfibiyalarda (xususan, bakalarda) va ba`zi baliklarda intermedin terining pigment 
xujayralari – melanoforlarni kengaytirib va ularning protoplazmasidagi pigment 
donachalarining kengrok tarkalishiga sabab bo’iib, terini koraytiradi. Intermedining 
axamiyati shuki, teri rangini tashqi muxit rangiga moslashtiradi. Odam terisining 
pigmentsiz qismlari bo’lsa teri ichiga intermedin yuborilganda shu qismlar rangi 
sekin-asta normal xoliga keladi. Intermedin odamda xam teri pigmentatsiyasini 
boshqarsa kerak. 
Gipofizning oralik qismida intermedin xosil bo’lishi kuz tur pardasiga yorug’lik 
tushishi natijasida refleks yuli bilan boshqariladi. Sut emizuvchilarda va odamda 
intermedin kuzdagi kora pigment kavat xujayralari xarakatini boshqarishda axamiyatli. 
Kuchli yorug’likda pigment kavat xujayralari psevdopodiylar chikaradi, shu tufayli 
ortikcha nurlar pigmentga yutilib, tur parda xaddan tashkari kuchli ta`sirotga 
uchramaydi. 
Gipofizning orqa bulagi. Gipofizning orqa bulagi (neyrogipofiz) gliya xujayralariga 
uxshaydigan va pituitsitlar deb ataladigan xujayralardan iborat. Pituitsitlar gipofiz 
oyogchasida keluvchi nerv tolalari bilan innervatsiyalangan, bu tolalar gipotalamus 
neyronlarning usiklari xisoblanadi. 
Gipofiz orqa bulagining ichki sekretsiya funktsiyasi buzilganda organizmda ruy 
beruvchi uzgarishlar. Gipofiz orqa bulagining gipofunktsiyasi kandsiz diabet (kandsiz 
siyish) ga sabab bo`ladi. Ayni vaqtda, kandsiz siydik kup (ba`zan sutkasiga 10 
litrgacha) chiqadi va kattik chankov kuzatiladi. Gipofiz orqa bulagining preparati 
kandsiz diabet bulgan bemorlarning teri ostiga yuborilsa sutkalik siydik miqdori 
normallashadi. SHu kasallikdan ulgan bemorlar patologoanatomik usul bilan 
tekshirilganda, gipofiz orqa bulagining zararlanganligi aniklangan. 
Gipofiz orqa bulagining gormonlari. Gipofizning orqa bulagidan ikkita preparat ajratib 
olingan, ulardan biri siydik xosil bo’lishini keskin kamaytirib, Qon bosimini oshiradi, 
ikinchisi esa bachadon muskullarini qisqartiradi. Birinchisi: antidiuretik gormon, yoki 
vazopressin deb, ikkinchisi oksitotsin deb atalgan.Vazopressinning antidiuretik ta`sir 
etish mexanizmi buyrak kanalchalari siydigidan yiguvchi naylar devori orqali suvning 
kayta So`rilishini kuchaytirishdan iborat. SHuning uchun hayvonlarga va odamga shu 
gormon kiritilganda diurez kamayish bilangina kolmay, siydikning solishtirma ogirligi 
xam ortadi. Vazopressin tomirlarning (ayniksa arteriolalarning) silliq muskullarini 
qisqartiradi va arterial bosimni oshiradi. Bu gormonning nomi xam shundan olingan. 
Lekin uning pressor effekti fiziologiyadan kura farmakologiya uchun kattarok 
axamiyatli. Gormonning katta dozalari sun`iy yul bilan kiritilgandagina shunday effekt 
kuzatiladi; normada ajralib chiqadigan vazopressin miqdori tomirlarning silliq 
muskullariga ta`sir etmay, fakat antidiuretik ta`sir ko’rsatadi. 
Oksitotsin bachadon silliq muskullarini (ayniksa xomiladorlik oxirida) qisqartiradi. 
Tugrukning normal utishi uchun albatta oksitotsin bo’lishi zarur. Bugoz urgochi 
hayvonning gipofizni olib tashlansa tugruk kiyinlashadi va chuzilib ketadi. Sut 
ajralishida xam oksitotsinning axamiyati bor. Sungi yillarda vazopressin bilan 
oksitotsinning ximiyaviy tuzilishi aniklandi va ular sintez qilib olindi. Vazopressin 


67 
xam, oksitotsin xam sakkizta aminokislota va uch molekula ammiakdan tuzilgan ekan. 
Vazopressin va oksitotsinda oltita aminokislota bir xil, ammo ikki aminokislota bu 
ikki gormonda xarxil ekan (oksitotsinda – leytsin va izoleytsin, vazopressinda – 
fenilalanin va arginin). SHunday qilib, gipofiz orqa bulagining gormonlari oldingi 
bulak gormonlariga karama-karshi ularok murakkab bo’lmagan polipeptidlardan 
tuzilgan. 
Gipofiz ichki sekretsiyasining boshqarilishi. Boshqa bir kancha endokrin bezlar: jinsiy 
bezlar, buyrak usti bezlari, qalqonsimon bez funktsiyasini boshqaruvchi gipofiz ichki 
sekretsiyasini uz navbatida shu bezlarning faoliyatiga bog’liq. Masalan, Qonda 
androgenlar, estrogenlar, glyukokortikoidlar va tiroksin kamayishi gipofizning 
gonadotrop, adreno-kortikotrop va tireorop gormonlar ishlab chikarishini stimullaydi. 
Aksincha, jinsiy bezlar, buyrak usti bezlari va qalqonsimon bez gormoni ortikcha 
bo’lsa, gipofizning shu gormonlarni ishlab chikarishi susayadi.SHunday qilib, gipofiz 
teskari boglanish printsipida ishlaydigan tegishli bezlarda gormonlar xosil bo’lishini 
avtomatik ravishda zarur darajada saklaydigan nerv-gumoral regulyatsiya sistemasiga 
mansubdir. Bu avtomatik regulyatsiya (boshqarish) mexanizmlari va tegishli axborotni 
o’tkazish yullari xali oxirigacha aniklangan emas. Gipofizning oldingi bulagiga 
simpatik nerv tarmoklari keladi, bular esa bez xujayralarining sekretor aktivligini 
emas, balki tomirlar diametrini boshqarsa kerak. 
Gipofiz oldingi bulagining Qon bilan ta`minlanish xususiyatlari, ya`ni bu bulak 
bilan gipotalamus uchun umumiy Qon ta`minoti mavjudligi oldingi bulak 
funktsiyalarini boshqarish mexanizmida katta axamiyatga egadir. Gipotalamus 
kapillyarlaridan okib chikkan Qon gipofizning portal tomirlarini kiradi-da, gipofiz 
xujayralarini yuvib utadi. Gipotalamus soxasida shu kapillyarlar atrofida nerv 
xujayralarining usiklaridan tuzilgan va kapillyarlarda uziga xos neyrokapillyar 
sinapslarni xosil qiladigan nerv turi bor. SHu tuzimlar orqali neyrosekretsiya 
maxsulotlari, ya`ni gipotalamus xujayralarida ishlangan fiziologik aktiv moddalar 
Qonga utadi-da, bevosita gipofiz oldingi bulagining xujayralariga Qon bilan etib kelib, 
ularning funktsiyalarini stimullaydi. SHunday qilib, gipofiz oldingi bulagining ichki 
sekretsiyasini nerv sistemasi – gipotalamus yadrolari boshqaradi, shu bilan birga 
boshqaruv impul’slari nerv yuli bilan emas, balki gumoral yul bilan utadi.
Gipofizning orqa bulagi oldingi bulagidan fark qilib gipotalamus yadrolariga nervlar 
bilan bevosita boglangan, chunki bu yadrolardagi nerv xujayralarining aksonlari 
gipofiz oyokchasidan utib, orqa bulakda tugaydi. 
Gipofiz bilan gipotalamusning uzaro munosabatlari gipofiz funktsiyalariga 
gipotalamusning boshqaruvchi ta`sir kursatishi bilan cheklanib kolmaydi. Gipotalamus 
neyrosekretsiyasining fiziologik aktiv moddalari gipofizning orqa bulagiga nerv 
xujayralarining shu bulakda tugaydigan aksonlari orqali kiradi va gipofizda 
ishlanadigan gormonlar usha moddalardan xosil bo`ladi. Jumladan, gipotalamus 
xujayralarida ishlanadigan va shu xujayralarning aksonlari orqali gipofizning orqa 
bulagiga kelib pituitsitlarda tuplanadigan murakkab oqsil birikmalardan oksitotsin va 
antidiuretik gormon xosil bo`ladi. Murakkab oqsil moddalar pituitsitlarda orqa bulak 
gormonlariga aylanib, Qonga chiqadi. 
Gipofiz oldingi bulagining xujayralari gipotalamusga boshqacha boglanadi. Oldingi 
bulak gormonlari gipotalamus yadrolarining neyrosekretsiya maxsulotlari shu bulakka 
kelgach xosil bo`ladi. Favkulodda ta`sirot bilan kelib chiqadigan va taranglanish 
xolatiga sabab bo`ladigan nerv impul’slari gipotalamusning orqa yadrolarida biologik 
aktiv modda – kortikotropinni stimullovchi faktor sekretsiyasiga olib keladi, deb faraz 
qilishadi. Xuddi shunga uxshash, gipofizdan gonadotrop gormonlar chiqishi 
gipotalamus yadrolarining gonadotropinni stimullovchi faktorni ishlab chikarishga 
bog’liq; tireotrop gormon xosil bo’lishi tireotropinni stimullovchi faktorning ta`siriga 
bog’liq. Gipofiz buyinga kuchirib o’tkazilsa, yukorida kursatilgan gormonlarni 
chikarmasligi shu farazni tasdiklaydi. Gipofiz tukimasi buyindan yana turk egari 
soxasiga olib o’tkazilsa, gipofizning oldingi bulagining gormonlari tagin chikaveradi. 


68 
Demak, gormonlar normal ravishda chikib turishi uchun gipotalamusning 
neyrosekretsiya maxsulotlari gipofizga uzluksiz kelib turishi zarur. 
Gipofizdan tireotrop, adrenokortikotrop va gonadotrop gormonlarning ajralib 
chiqishi intensivligi qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari va jinsiy bezlarning Qondagi 
gormonlari miqdorini boshqarar ekan, bunga yordam beradigan teskari boglanish 
mexanizmi gipotalamus yadrolari orqali amalga oshadi. Masalan, qalqonsimon 
bezning yoki jinsiy bezlarning gormonlari gipofiz oldingi bulagining xujayralariga 
bevosita ta`sir etganda tireotrop va gonadotrop gormonlarning xosil bo’lishi 
susaymaydi; shu bilan birga bu bezlarning gormonlari gipotalamus soxasiga ta`sir 
etganda xozir kursatilgan effekt kelib chiqadi. Gipotalamusning gipofizga boglanishi 
uzilmagandagina shunday effekt kuzatiladi; bu boglanish uzilganda effekt yukolib 
ketadi. 
SHunday qilib, gipofiz va gipotalamus gipofizdan tegishli gormonlar chikarish yuli 
bilan, ya`ni gumoral yul bilan, shuningdek oliy markazi gipotalamusdan iborat bulgan 
vegetativ nerv sistemasi orqali bevosita ta`sir yuli bilan vegetativ funktsiyalari 
boshqaruvchi bir butun sistemani tashqil etadi. 
Gipotalamo-gipofizar sistema 
1.Orqa gipotalamo-gipofizar sistema yirik donador neyrosekretor
xujayralar - neyrogipofiz 
supraoptik yadro paraventrikulyar yadro 
↓ ↓
ADG oksitotsin
Neyrofizin oqsili bilan kompleksda dona shaklida aksonlar erdamida gipotalamo-
gipofizar traktining venalar orqali organ - nishonlarga tashiladi. 
Buyraklarda Sut ajralishiga,
suvni So`rilishini sut bezlarini 
arterial bosimni usishiga, bachadon
boshqarilishini muskullarini tomirlariga, 
ta`minlaydi jinsiy yullarga ta`sir qiladi 
1.Oldingi gipotalamo-gipofizar sistema mayda donali neyrosekretor xujayralar –
adenogipofiz 
libirinlar statinlar
gipofiz gormonlarini gipofiz gormonlarini
sintezini ko`zgatadi sintezini tormozlaydi 
Tiroliberin 1. Usish faktorini ingibitori-somatostatin
Lyuliberin 2. Prolaktin ingibitori-prolaktostatin
Kortikoliberin 3. Milano-stimullovchi gormonni ingibitori -
Prolaktoliberin melanostatin. 
Milanoliberin
Somatoliberin
2.Neyroregulyator polipeptidlar: morfinga uxshash ta`sirga ega, vegetativ jarayonlarga 
va fe`l-atvorga ta`sir ko’rsatadi. 
endorfinlar 
enkefalinlar 
serotonin 
R moddasi va boshqalar. 
Ma`ruzani ta`minlanishi 
Ko`rgazmali materiallarni ta`minlash uchun mul’timedia texnikasi. 
Mustaqil tayorlanish uchun savollar 
1.ISB ning xarakteristikasi. 
2.Gormonlarni xosil bo’lishi va sekretsiyasi. 
3.Gormonlarni xarakteristikasi. 


69 
4.Organizmga gormonlarni ta`siri. 
5.So`lak bezlarining inkretor funktsiyasi. 
6.Gormonlarni klassifikatsiyasi. 
7.ISB ni klassifikatsiyasi. 
8.Trop va effektor gormonlar. 
9.Liberinlar va statinlar. 
10.Gipotalamo-gipofizar sistemani roli. 
11.Gipotalamo-gipofizar sistemani roli. 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish