14
JNdan tolliq kredit olmagan talaba ONga kiritilmaydi.
ON semestr oxirida, ogʼzaki amaliy koʼnikmalarga asoslangan holda preparat, mulyajlar,
vaziyatli masalalar va maxsus savolnomalar asosida amalga oshiriladi 100 balli tizimda
baholanadi, oʼtish bali 55 ball. JNdan toʼliq kredit olmagan talaba ONga kiritilmaydi.
YaKUNIY NАZORАT (YaN)
Yakuniy nazoratga 0 kredit ajratiladi. Yakuniy nazoratda talabaning bilim, koʼnikma va
malakalari modulning umumiy mazmuni doirasida baxolanadi. YaN modul boʼyicha oʼquv
mashgʼulotlari tugaganidan soʼng: ON dan oʼtganidan soʼng test markazida test shaklida
oʼtkaziladi. JN va ON ga ajratilgan umumiy ballarning har biridan saralash balini toʼplagan, JN
ga berilgan kreditlarni toʼplagan va ON dan oʼtgan talabaga YaNga ishtirok etish xuquqi
beriladi.
Yakuniy nazorat OSE usulida oʼtkaziladi.Talaba bilet asosida ogʼzaki javob beradi.Biletdagi
4 ta savolni 4 ta oʼqituvchiga alohida topshiradi.Oxirida umumiylashtirib baxo qoʼyiladi.
Taʼlim muassasasi rektorining buyrugʼi bilan ichki nazorat va monitoring boʼlimi rahbarligida
tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni oʼtkazish jarayoni davriy ravishda oʼrganib
boriladi va uni oʼtkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi va
yakuniy nazorat qayta oʼtkaziladi.
Modul boʼyicha joriy va yakuniy nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning 55 foizi saralash
bali etib belgilanadi va bunda joriy nazoratga ajratilgan ballning 55 va undan yuqori foizidagi
balni toʼplagan talabalar ushbu modul boʼyicha yakuniy nazoratga kiritiladi.
Talabaning semestr davomida modul boʼyicha toʼplagan umumiy bali har bir nazorat turidan
(JN, ON, YaN) belgilangan qoidalarga muvofiq toʼplagan ballari yigʼindisiga teng.
Yakuniy nazorat joriy va oraliq nazoratdan soʼng semestr oxirida oʼtkaziladi.
Joriy nazorat va oraliq nazoratda saralash ballidan kam ball toʼplagan va uzrli sabablarga koʼra
nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat
turigacha, soʼnggi joriy nazorat uchun yakuniy nazoratgacha boʼlgan muddat beriladi.
Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy, oraliq va
yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakul`tet dekani farmoyishi asosida, oʼqishni
boshlaganidan soʼng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat beriladi.
Semestr yakunida modul boʼyicha joriy, oraliq yoki yakuniy nazorat turlarini har biri
boʼyicha saralash balidan kam ball toʼplagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Аkademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta oʼzlashtirish uchun bir oy
muddat beriladi.Shu muddat davomida modulni oʼzlashtira olmagan talaba fakulьtet dekani
tavsiyasiga koʼra belgilangan tartibda rektorning buyrugʼi bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.
Talaba nazorat natijalaridan norozi boʼlsa, modul boʼyicha nazorat turi natijalari eʼlon qilingan
vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakulьtet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin.
Bunday holda fakul`tet dekanining taqdimnomasiga koʼra rektor buyrugʼi bilan 3 (uch)
aʼzodan kam boʼlmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Аpellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini koʼrib chiqib, shu kunning oʼzida xulosasini
bildiradi.
Nazoratning oʼrnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda oʼtkazilishi hamda
rasmiylashtirilishi fakulьtet dekani, kafedra mudiri, oʼquv boʼlimi hamda ichki nazorat va
monitoring boʼlimi tomonidan nazorat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: