1-Mavzu:
Kirish. Axborot tеxnologiyalarining texnik va dasturiy ta'minoti.
Reja
1.
Kompyuter texnikasi bilan ishlashda texnika havfsizligi va gigienasi.
2.
Informatika va axborot texnologiyalari fani tarixi va rivojlanish bosqichlari.
3.
Informatikaning asosiy tushunchalari va
farmatsevtika soxasining
rivojlanishida informatikaning ahamiyati.
4.
Axborot tеxnologiyalarining texnik va dasturiy ta'minoti.
Microsoft Windows
операцион тизими.
5.
Axborot xavfsizligini ta‟minlash. Kompyuter virusi.
Joriy yilning 31 yanvar kuni Respublikamiz Prezidenti SHavkat Miramanovich
Mirziyoev O„zbekiston Fanlar akademiyacining bir guruh akademiklari, olimlar, yosh
tadqiqotchilar, ilmiy-tadqiqot muaccacalari rahbarlari va ishlab chiqarish sektori
vakillari, matematiklar va boshqa sohalar olimlari bilan ushrashuvda ilm-fan
sohasidagi eng muhim
vazifalarni muhokama qilib, barcha fanlarning asosida
matematik bilim va ilm yotishini ta‟kidlab, buni asoslab bergan edi.
2020 yil mamlakatimizda Ilm, ma‟rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
yili deb e‟lon qilinib, bu boradagi ustuvor maqsadlar belgilandi.
YUrtimizda
avvaldan shakllangan ilmiy maktablar salohiyatini hisobga olib, hozirgi bosqichdagi
milliy manfaatlarimiz va taraqqiyotimiz yo„nalishlaridan kelib chiqqan holda, bu yil
matematika, kimyo, biologiya, geologiya fan va sohalarini rivojlantirish tanlab olindi.
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev bu ushrashuvda matematikada ilmiy
tadqiqotlarni amaliyot bilan bog„lash, raqamli iqtisodiyot uchun mustahkam
poydevor yaratish, barcha sohalarda amaliy matematikani qo„llash borasidagi dolzarb
vazifalarga to„xtalib o„tdi.
«Ta‟lim to„g„risidagi» qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta‟lim
sohasida amalga oshiriladigan ishlarning maqsad, vazifalari va yo„nalishlarini
belgilab berdi. Oliy ta‟lim muaccacalarining ta‟lim va tarbiya
jarayonlarini tashkil
etishda ta‟lim to„g„risidagi qonun xujjatlari, qonun osti xujjatlari jumladan farmonlar,
farmoyishlar, qarorlar va buyruqlar kabi tashkiliy huquqiy xujjatlar qo„llanilmoqda.
Prezidentning akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan ushrashuv
xulocalarida, chiqarilayotgan PQ-3365, PQ-4387, PQ-4708 qator qarorlarini amalga
oshirishda, oliy ta‟lim muaccacalarida ta‟lim olayotgan
talabalarda mutaxasislik
fanlarni o„rgatilishi va bo„lg„usidagi kasbiy faoliyatni amalga oshirilishi uchun zarur
bo„lgan matematik tayyorgarlik darajacining shakllantirilishini talab etadi. Buning
uchun talabalar ta‟lim olishida zarur bo„lgan bilim va sifatlarning rivojlantirish,
ularning bo„lg„udi kasbiy faoliyati bilan bog„liq bo„lgan real masalalar va
holatlarning matematik modellarini shakllantirish va tadqiqot qilish ko„nikmalarini
hosil qilish asosiy vazifalardan xisoblanadi.
SHulardan kelib chiqqan holda «Axborot texnologiyalari va jarayoblarni
matematik modellashtirish» fanini o„qitish jarayonida
talabalar zamonaviy axborot
texnologiyalar asosida jarayonlarni matematik modellashtirishga doir bilimlarni
1
o„zlashtirgan holda o„z mutaxasisligi bo„yicha echiladigan masalalarga ularni tadbiq
qilish ko„nikmasini hosil qiladilar.
«Axborot texnologiyalari va jarayoblarni matematik modellashtirish» fanini
o„rganish
natijasida, talabalar matematik modellashtirishni va zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini o„z kasbiy sohalariga qo„llash tamoyillari,
kompyuter dasturlari haqida tasavvur hosil qiladilar, hamda o„z
sohasini amaliy
dasturlar paketlarini qo„llagan holda matematik modellashtirish jarayonlari bilan
tadbiq qilishni o„rganadilar.
Demak, oliy ta‟lim muassasalarida ta‟lim va tarbiya jarayonlarida “Axborot
texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish” fanini o„rganish va taxlil
etish o„ta mutahassislik sohalari uchun