65
tashabbusi va uni aktiv qo‗llab-quvvatlab turuvchi jamiyatning
lyumpenizatsiyalashgan qismini ta'siri natijasida to‗g‗ridan-to‗g‗ri terrorga
olib boradi. Harbiy terrorning bunday shakli jamiyat tuzilishida «ijtimoiy
tartib»
modelini
yaratadi.
Totalitarizm
sharoitida
ijtimoiy
munosabatlarning boshqaruvchi va hukmron kuchi zo‗ravonlikka
asoslangan siyosat bo‗ladi, shuning uchun totalitar jamiyatning
«siyosatlashuvi»,
jamiyatni
muqarrar
ravishda
harbiylashuviga
(militarizatsiya)
olib
boradi.
Totalitar
davlatning
harbiylashgan
munosabatlarini byurokratlashuvi natijasi, surunkali ravishda harbiy
kuchlarni ishlatishga olib keladi. Totalitarizmning g‗oyaviy manbai,
ijtimoiy munosabatlarni barcha sistemalarini «ko‗rsatma tamoyil»larni
loyihalashtirilgan mushohada yo‗lini kimningdir «namunali» bo‗lgan
utopik konsepsiyasiga asoslashadi.
Totalitar tuzumga Jentile, Gitler,
Mussolini, Stalin va bir qancha diktatorning ideologiyasini misol qilib
ko‗rsatish mumkin.
Avtoritar jamiyat (lot auctor-boshlovchi, asoschi, ijodkor, avtor, fikr,
nigoh, hokimiyat, huquq va h.k.) demokratik bo‗lmagan siyosiy rejimga
asoslangan va siyosiy ongning avtoritetga, umuman hokimiyat avtoritetiga
bo‗lgan munosabatlarni aks ettiruvchi shaklidir. Avtoritarizm jamiyati
qandaydir bir vaziyatda, nodemokratik yo‘l bilan, totalitarizmning ba'zi bir
elementlarini qabul qilgan holda, boshqa hech qanday «avtoritet»ni tan
olmay, ushbu avtoritetlarga totmitaristik «urush e'lon qilib» vujudga keladi.
Avtoritarizm
patologik, ya'ni normal holatini yo‘qotgan (o‗zini
boshqalardan ustun qo‗yish, maqtovlarga mahliyo bo‗lish) avtoritetga
agressin muxlislik, o‗rta sinor namoyondalariga xos bo‗lgan ong shaklini
aks ettiradi. Avtoritarizm o‗z ta'limotidan kelib chiqib ko‗rinmas qobiq
ostida fashistik va diktatorlik rejimlariga zamin yaratadi.
Demokratik jamiyat (grek, demos-xalq va kratos-kuch, hokimiyat)
hokimiyat shakllaridan biri bo‗lib,
uning xarakterli tomoni, ozchilikni
ko‗pchilikka bo‗ysunishi tamoyili, hamda fuqarolarning erkinligi va teng
huququqliligi e'tirof, etishidir. Bunda fuqarolarning huquqlari jamiyat
hayotining. ijtimoiy va iqtisodi
y sharoitlaridan qat'i nazar qonun
oldida tengliklari ta'minlanadi. Demokratik jamiyatda
konstitutsiya ishlab
chiqariladi, parlament va boshqa vakillik muassasalari tuziladi,
fuqarolarning umumiy saylov huquqi va siyosiy erkinliklari (so‗z erkinligi
vijdon erkinligi, va boshqalar) ta'minlanadi. Demokratik jamiyat uchun
xarakterli narsa-unda parlamentning mavjudligidir, ya'ni unda qonun
chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatga bo‗linganligidir,
bunda ijro
etuvchi hokimiyatning roli tobora oshib boradi.