52
Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishishi, shubhasiz,
Arab xalifalariga yoqmas edi.
Arab xalifaligini,
bir tomondan,
Movarounnahrdan muttasil undirib olinadigan katta boyliklardan
mahrum bo‘lishi nihoyatda ranjitsa, ikkinchi tomondan, cho‘chitar
ham edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar
bilan somoniylarni
to‘qnashtirishga va ularning
har ikkisini ham zaiflashtirib, bu
boy viloyatlarda o‘z ta’sirini qayta tiklashga harakat qiladi. Xa-
lifa
Mu’tazid
(892–902)
safforiylar
hukmdori
Amr ibn Lays
ga
Xuroson bilan birga Movarounnahr
ustidan ham hukm yuritish
huquqi berilgani haqida
farmon chiqaradi va uni
Ismoil
ga qar-
shi gijgijlaydi. Natijada 900-yilda ular o‘rtasida
urush boshla-
nadi. Urush Ismoilning g‘alabasi bilan tugaydi.
Butun Xuroson
somoniylar qo‘l ostiga o‘tadi. Noilojlikdan
xalifa Ismoilga
hukmdorlik yorlig‘ini yuborishga majbur bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: