47
III B O B
MOVAROUNNAHRDA MUSTAQIL
DAVLATLARNING TASHKIL TOPISHI
13-§. XALIFALIKNING ZAIFLASHUVI,
MUSTAQIL DAVLATLARNING SHAKLLANA BOSHLASHI
Tayanch tushunchalar:
Qarluqlar; O‘g‘uzlar; Qoraxoniylar;
Tohiriylar; davlat boshqaruvi
VIII asr oxiri – IX asr boshlari
da
Arab xalifaligi og‘ir
siyosiy tanglikka
uchradi. Bo‘ysundirilgan
xalqlarni ito-
atda tutib turish arablar uchun tobora qiyin bo‘lib qoldi. Mo-
varounnahr va Xuroson aholisining tez-tez qo‘zg‘olon ko‘tarib
turishi, uzluksiz davom etgan o‘zaro
urush va ichki ziddiyatlar
Arab xalifaligi hokimiyatini zaiflashtirdi.
Bu esa mustaqil dav
-
latlarning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Movarounnahrning shimoliy va
shimoli sharqiy hududlari-
dagi hali xalifalikka bo‘ysundirilmagan
chegaradosh yerlarda
bir nechta davlatlar tashkil topdi. Ulardan
biri Qarluqlar davla-
tidir.
Qadimda
Oltoyning g‘arbi
da, so‘ngra
Ir-
tish daryosining o‘rta oqimi
da
yashagan
qarluqlar
qadimiy turkiy qabilalardan hisoblangan.
Do'stlaringiz bilan baham: