Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Balx, Nishopur
kabi mar kaziy shaharlarda kutubxonalar, kitob do‘konlari
qurilgan. Movarounnahr va Xorazm jahon fani va madaniyati
taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk siymolarni o‘z bag‘rida
tarbiyalab kamolotga yet kazdi.
1004-yilda
shakllangan
«Dorul hikma va maorif»
(«Bilim-
donlik va maorif uyi») – «Ma’mun akademiyasi»ning asosini
Abu
Nasr ibn Iroq
(X asr–1034),
Abulxayr ibn Hammor
(991–1048),
Abu Sahl Masihiy
(970–1011),
Abu Rayhon Beruniy
(973–
1048),
Abu Ali ibn Sino
(980–1037) va boshqalar tashkil etgan.
1017-yil
Mahmud G‘aznaviy Xorazmga bostirib kirgandan
so‘ng «Dorul hikma va maorif»ning faoliyati tugatilgan, olim-
larning ko‘pchiligi G‘azna shahriga majburan olib ketilgan.
1997-yil 11-noyabr
da O‘zbekiston Respublikasi Preziden-
tining «Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish
to‘g‘risida»gi farmoni chiqdi.
2006-yil kuzi
da Respublikamizda
«Xorazm Ma’mun akademiyasi»ning 1000 yilligi nishonlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |