Al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Ahmad
al-Marvaziy, al-Abbos Javhariy
va
Yahyo bin Abu Mansur
kabi Movarounnahr va xurosonlik olimlar ijod qilib, o‘rta asr
ilm-u faniga katta hissa qo‘shadilar.
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy
(783–850-yillarda yashab ijod qilgan) Xo-
razm diyorida tug‘ilib, voyaga yetadi.
Dastlabki savod va turli sohadagi bilimlarini u o‘z ona yur-
ti Xorazm va Movarounnahr shaharlarida ko‘pgina ustozlardan
oladi. So‘ngra u xalifa Ma’mun zamonida (813–833) «Bayt ul-
hikma»da mudir sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Zamonasining mash-
hur matematigi, astronomi va geografi sifatida fanga ulkan hissa
qo‘shdi. Al-Xorazmiy 20 dan ortiq asarlar yozdi. Ulardan faqat
10 tasigina bizgacha yetib kelgan. Mate matikaga doir asarlari
Do'stlaringiz bilan baham: |