25
jarayonni namoyon qiladilar. Shu holatni tushunishdir.
Monoton nutq bolani zeriktiradi, noaniq intonatsiya esa yaxshi o‘zaro yaqin suhbatning
uyushtirilgandan baland ton bolalarda ishonchsizligini kelitirib chiqaradi.
Tovush odamlarda tabiatan beriladi, ammo bu esa juda ham ko‘p uchraydi. hamda yaxshi
tovush maxsus mashqlarsiz yillar o‘tgan sari buziladi, o‘zgaradi.
Pedagogik nutq quyidagilarni ta’minlab berishi mumkin:
A)
pedagog va o‘quvchilar orasida o‘zaro ta’sir etish va muloqotning natijaliligini;
B)
faoliyat motivlarini, tushunchalarni to‘g‘rilash va shakllantirish maqsadida
o‘quvchi, bolalar tafakkuriga, his - tuyg‘ulariga ijobiy ta’sir etish kerak; ta’lim berish jarayonida
bilimlarni to‘liq tushuntirish va mustahkamlash, o‘zlashtirib olish;
D)
o‘quvchilarning amaliy va o‘quv faoliyatini samarali tashkil etish.
O‘qituvchi nutqining o‘ziga xosligi - o‘quvchilarga yo‘nalganligi bilan
bog‘liqdir. Kuzatuvchan o‘qituvchi mavzuni tushuntirishda o‘quvchilarga qanday ta’sir
etishni hisobga olgan holda ish yuritadi.
O‘qituvchi nutqiga qo‘yiladigan talablar, quyidagilardan iborat funksiyalar bilan
belgilanadi. Asosiy funksiyalardan biri bu bilimlarni to‘liq uzatishni ta’minlab berish. Yangi
bilim berishda o‘qituvchi o‘z nutqi orqali faqatgina yangi bilimlarni berib qolmasdan, balki his-
tuyg‘ulariga ham ta’sir etishi kerak.
Boshqa funksiyalaridan biri bu o‘quvchilarni o‘quv faoliyatining samarador- ligini
ta’minlab berish.
Pedagogik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, o‘qitishning muvaffaqiyatlariga asosan
o‘qitishning muvaffaqiyatlariga asosan, o‘qitishning muloqotga kirilishida uchraydigan
pedagogik nizolarni keltirib chiqarmaslik, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslikdir.
Bu xato va kamchiliklar bolalarni to‘g‘ri, tushuna olmaslikdan nutqni to‘g‘ri tuza
olmaslikdan, muomalada hammani bir nazar bilan ko‘ra olmaslikdan kelib chiqadi. Ularni oldini
olish yo‘llari turli xildir. Buning uchun eng avvalo, o‘quvchilarni fanga qiziqtirish shart.
O‘qituvchi o‘z shogirdlaridan doimo hech bo‘lmaganda bir necha pog‘ona yuqori turishi kerak,
aks holda bolalar oldida uning obro‘si bo‘lmaydi, chunki kutilmagan savollarga o‘qituvchi javob
beraolmasdan qolish mumkin. Holbuki, bola sezgir bo‘ladi va juda tez fursatda o‘qituvchining
kamchiliklarini bilib oladi. O‘qituvchilar oldida yo‘qotilgan obro‘ni tiklash juda qiyin hatto ba’zi
vaqtlarda mumkin ham emas. Yosh avlod tarbiyalash murakkab va olijanob vazifa bo‘lishi bilan
birga ayni zamonda u g‘oyat darajada murakkab, mas’uliyatli ishdir. Bu vazifani muvaffaqiyat
bilan bajarish uchun, eng avvalo, o‘qituvchi o‘z ishining ustasi bo‘lishi, bolalarni sevishi,
mas’uliyatlarini, burchlarini, xulqlarini anglab yetishlari lozim. Xulosa qilib, aytganda mustaqil
O‘zbekistonimizda o‘zining pedagogik faoliyatini olib borayotgan har bir o‘qituvchi o‘z ustida
tinmay ishlashi, doimiy izlanishda bo‘lishi, o‘zidan oldingi pedagoglarning ilg‘or tajribalari bilan
doimiy tanishib borishi va shu yo‘llar bilan o‘z mahoratining tizimlarini kengaytirishi lozimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: