4. Savol: Yaxshi rivojlangan sitemali emal gipoplaziyasining likopchali shakli
qanday shikoyatlarga olib keladi:
Javob:
Bolalar bu kasallikda tishlardagi kosmetik nuqsonlarga, emalning tez
siyqalanishiga, tish toj qismi yorilib, sinib tushishiga, haroratga nisbatan og`riq
sezgisiga, shirin, nordon, sho`r mahsulotlarga nisbatan tishlar sezgirligini oshishiga
shikoyat qilishadi.
5.Savol: O`choqli emal gipoplaziyasida rentgen tasvirda nima ko`ramiz?
Javob:
Rentgen tasvirda tish ildizlari kalta, kanallari keng, emal dentin qavat
yupqalashgan, emal yupqa,zichligi har xil. Bular minerallashuv jarayonini jiddiy
buzilganligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |