Mavzu: Chaqaloqlar va bolalar kasalliklari. Tug’ma anomaliyalar. Muddatdan oldin tug’ilgan chaqaloqlardagi buzilishlar Homila umumiy shishi



Download 264,35 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/26
Sana29.01.2022
Hajmi264,35 Kb.
#415658
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
15-mavzu a61a9f0d1ce6663d40cb3a371f995be1

JSST definistiyalari 
Urug‟lanish – tuxum hujayra va spermatozoidning qo‟shilishi. 
Pusht – urug‟langan tuxum hujayraning bachadon devoriga birikishi. 
Homila – Urug‟lanishning 7-8 haftasidan so‟ng rivojlanadigan pusht (embrional davrning 
oxiridan to tug‟ilgungacha) 
Tug‟ruq – Homiladorlik muddatidan qat‟iy nazar, tana vazni 500 grammdan ortiq
yoki gestastion yoshi 22 va undan ortiq haftalik tirik yoki o‟lik homilaning onadan to‟liq 
ajralishi. 
Tug‟ilish – bola tug‟ilishi bilan kechadigan fiziologik jarayon. 
Abort – homiladorlikning to‟xtashi (tana vazni 500 grammgacha yoki gestastiya muddati 
22 haftagacha bo‟lgan homilaning o‟z-o‟zidan ona organizmidan ajralishi).
Sun‟iy abort - tibbiy ko‟rsatmalarga ko‟ra yoki ayol xohishiga ko‟ra
homiladorlikning to‟xtatish. 
Homila tushishi – gestastiya muddati 22 haftagacha bo‟lgan homilaning ona 
organizmidan ajralishi. 
Xavfli abort – minimal tibbiy standartlarga mos bo‟lmagan sharoitda va etarli 
malakaga ega bo‟lmagan shaxs tomonidan homiladorlikni to‟xtatish yoki homilani ona 
organizmidan sun‟iy ajratish. 
Tirik tug‟ilish – homiladorlikning muddatidan qat‟iy nazar homilaning ona 
organizmidan to‟liq ajralishidir, bu vaqtda yo‟ldoshning ajralishi yoki kindikning 
kesilishiga bog‟liq bo‟lmagan holda, homila nafas olishi yoki unda boshqa tiriklik 
belgilaridan birortasi, ya‟ni yurak urishi, kindik pulsastiyasi, mushaklar harakati bo‟lishi 
mumkin.
O‟lik tug‟ilish - homiladorlikning muddatidan qat‟iy nazar, homilaning ona 
organizmidan to‟liq ajralishidan oldin nobud bo‟lishi, bu nda tiriklik belgilarining birortasi
ham kuzatilmaydi. 
Letal oqibatning kelib chiqish vaqtiga qarab, homilaning antenatal va intranatal 
o‟limi, yangi tug‟ilgan chaqaloqning esa postnatal o‟limi farqlanadi. 
• Antenatal o‟lim – tug‟ruq boshlangunga qadar yuzaga keladi; 
• Intranatal o‟lim – tug‟ruq vaqtida yuzaga keladi; 
• Postnatal o‟lim – tirik bola tug‟ilgandan so‟ng yuzaga keladi. 
Perinatal davr – homila hayotining 22 – haftasidan boshlab, tug‟ilgandan so‟ng 7-
kunigacha bo‟lgan davr.
Neonatal davr (chaqaloqlik davri) – tug‟ilgandan 28 kungacha bo‟lgan davr. 
Neonatal o‟lim – yangi tug‟ilgan chaqaloqlar hayotini to‟liq 28 kuni davomida 
kuzatiladi.
Bu o‟lim ko‟rsatkichiga erta neonatal va kechki neonatal o‟lim kiradi.
Erta neonatal o‟lim – yangi tug‟ilgan chaqaloqlar hayotining dastlabki 7 kuni davomida 
yuzaga keladi. 
Kechki neonatal o‟lim - yangi tug‟ilgan chaqaloqlar hayotining dastlabki 7 kunidan
so‟ng, to‟liq 28- kunigacha yuzaga keladi. 
Homiladorlik muddati (gestastion yosh) – oxirgi hayzning birinchi kunidan to 
tug‟ilgunicha hisoblanadi va to‟liq haftalarda yoki to‟liq kunlarda belgilanadi. Oxirgi 
hayzning birinchi kuni «0» kun, 0-6 kun «to‟liq 0 hafta», 7-13 kun esa “to‟liq 1 hafta” deb 
hisoblanadi, demak homila hayotining 40 haftasi to‟liq 39 haftaga to‟g‟ri keladi.
Homiladorlik davrini davomiyligiga qarab tug‟ruq turlari quyidagilarga bo‟linadi: 
• Vaqtidan ilgari tug‟ruq – homiladorlikning 22- haftasidan to‟liq 37-haftasigacha (259 
kun) bo‟lgan tug‟ruq. 


• Vaqtidagi tug‟ruq – homiladorlikning to‟liq 37- haftasidan to‟liq 42- haftasigacha 
(259-293) bo‟lgan tug‟ruq. 
• Kech tug‟ruq - homiladorlikning to‟liq 42- haftasidan (294 kundan ortiq)
so‟ngkuzatiladigan tug‟ruq. 
Yangi tug‟ilgan chaqaloqlar tana vazni tug‟ilgandan so‟ng 1-2 soat mobaynida
o‟lchanishi kerak, chunki postnatal davrda tana vaznining sezilarli darajada yo‟qotilishi 
kuzatiladi. Tana vazniga ko‟ra yangi tug‟ilgan chaqaloqlar quyidagi guruhlarga bo‟linadi: 
1. Kichik vaznli bolalar – tana vazni 2500grammdan kam (2499-1500g) 
2. O‟ta kichik vaznli bolalar – tana vazni 1500 grammdan kam (1499-1000g). 
3. Ekstremal kichik vaznli bolalar – tana vazni 1000 grammdan kam (999-500g). 
Muddatiga etmay tug‟ilgan bola, deb to‟liq 37 haftalik homiladorlikka etmay yoki oxirgi
hayz stiklining birinchi kunidan hisob qilinganida to‟liq 259 kundan erta tug‟ilgan bolaga 
aytiladi. Tana vazni va gestastion yoshiga nisbatan oy kuni etib tug‟ilgan va muddatiga etmay
tug‟ilgan bolalarni ikki guruhga ajratiladi: jismoniy rivojlanishi bo‟yicha gestastiya
muddatiga muvofiq keladigan bolalar va gestastiya muddatiga nisbatan jismoniy
rivojlanishdan orqada qolgan bolalarga bo‟linadi.
Muddatiga etmay tug‟ilgan bolalar soni (uchrash soni), ayrim istisnolar hisobga 
olinganda, sanoati rivojlangan mamlakatlarda 5-10% ni tashkil qiladi. 
37 va undan ortiq haftada tug‟ilgan yoki tana vazni 2500 g dan kam tug‟ilgan 
chaqaloqlar “kichik vaznli, muddatiga etib tug‟ilgan bola” yoki homila ichi rivojlanishidan
orqada qolgan, oy-kuni etib tug‟ilgan bolalar sifatida belgilanadilar. 
Tana og‟irligi 1500g va bundan kam (1499 – 1000g) tug‟ilgan bolalar o‟ta kichik 
vaznli bolalar guruhini tashkil qiladi, tana og‟irligi 1000g dan kam (999 – 500g) bolalar 
esa – ekstremal kichik vaznli bolalar deyiladi. 
Homiladorlik muddati (gestastiya muddati) shartli ravishda oxirgi hayz stiklining 1-
kunidan hisoblanadi. “Postqonsteptual yoshi” – onaning oxirgi hayz stiklining
boshlanishidan bolaning haftalardagi taxminiy umumiy yoshi hisoblanishi mumkin. Masalan, 
gestastiyaning 25 – haftasida tug‟ilgan 7 haftalik bola (bolaning yoshi 1 oy. 3 hafta) 32 haftalik 
postqonsteptual yoshdagi bola, deb sharhlanadi. 
Muddatiga etmay tug‟ilgan chaqaloqlarning tashqi ko‟rinishi qator farqqiladigan 
belgilarga ega, ular gestastiya muddatiga bevosita bog‟liq bo‟ladi. Gestastion yosh nechog‟lik 
kam bo‟lsa, bu belgilar ko‟proq yaqqol ifodalangan bo‟ladi. 
O‟sishning past ko‟rsatkichlari va oziqlanishning pasayishi amalda tug‟ilgan hamma 
muddatiga etmay tug‟ilgan bolalarga xos. Muddatiga etmay tug‟ilgan bolalar uchun 
noproporstional tana tuzilishi: boshi gavdasiga nisbatan katta, bo‟yin va oyoqlari kalta, kindigi
pastda joylashgan. Bu xususiyatlar oyoqlarning o‟sish sur‟ati qisman xomiladorlikning 
ikkinchi yarmiga xosligiga bog‟liq. Tana vazni ekstremal past bo‟lgan muddatiga etmay 
tug‟ilgan chaqaloqlar uchun teri qoplamlarining yaqqol giperemiyasi xos.
Muddatiga etmay tug‟ilgan bolalarning keyingi xususiyati mayin tuklarning (lanuga) 
jadal ko‟payishi, ular faqat elka va orqada emas (muddatida tug‟ilgan boladagi kabi), 
balki yonoqlar, sonlar, dumbalarda ham bo‟ladi. Teri osti yog‟ qavati yupqalashgan yoki yo‟q, 
yonoqlar sohasidagina qolgan bo‟ladi. Tug‟ilgan vaqtda tirnoqlar ko‟pincha barmoqlarning 
uchlarigacha etmaydi. Tirnoqlar homiladorlikning 28-32-haftasida barmoqlarning 
uchlarigacha etadi, 35 haftadan ortiq muddatda esa barmoqlar chetidan chiqib turadi.
Tog‟ay to‟qima etarli rivojlanmaganidan muddatiga etmay tug‟ilgan bolalarda quloq 
supralari yumshoq, kalla suyagi shakli muddatida tug‟ilgan bolalarga nisbatan yumaloqroq, 
suyaklari yumshoq, choklari va liqildoqlari ochiq. Miya kalla suyagi yuznikidan ustunligi qayd
qilinadi. Qiz bolalarda jinsiy yoriq ochilib turadi, chunki katta jinsiy lablar kichik lablarni
yopib turmaydi. O‟g‟il bolalarda moyaklar yorg‟oqqa tushmagan va chov kanallarida yoki
qorin bo‟shlig‟idan bo‟ladi. Muddatiga etmay tug‟ilgan bolalarda sut bezlarining fiziologik 
dag‟allashuvi bo‟lmaydi. 



Download 264,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish