73
bu metod tildagi turli hodisa va ma‘lumotlarni, uning sathi va
birliklarini izohlab beradi, tahlil qiladi
va ijtimoiy vazifalarni
o‗rganish uchun qo‗llanadi. Tavsifiy metod asosida tilning
fonemalar tizimi,
morfem tuzilishi, grammatik kategoriyalari,
so‗zlarning ma‘nolari va gap turlari o‗rganiladi, tahlil
qilinadi,
tilning ichki qurilishi, tilning tizimini
tashkil etgan birliklar
orasidagi munosabatlarni o‗rganishga katta e‘tibor beriladi.
Tildagi xarakterli xususiyatlarni kuzatish,
til birliklarining
qo‗llanilishi va ularni tasniflash,
ilmiy asoslash bu metodning
asosiy vazifasi hisoblanadi. Tavsifiy metod ma‘lumotlari
boshqa barcha metodlar uchun tayanch nuqta bo‗lib xizmat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: