Harakatlar strategiyasida
belgilangan vazifalarni amalga oshirish
maqsadida respublika kengashi tashkil etilgan.
Mazkur Kengashning asosiy vazifalari:
-mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini
tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub
o‘zgarishlarning O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting
va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini
ta’minlash, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan
muammolarni bartaraf etish;
-O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va
indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va
boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro
tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga
oshirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish;
-davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan
normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi
uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatning o‘rniga
ta’siri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish.
SHu munosabat bilan,O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya
vazirligi mazkur Kengashning ishchi organlari etib belgilandi.
Kengash ishchi organlari taqsimlangan vazifalar bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning
o‘rnini yaxshilashga qaratilgan ta’sirchan choralar ishlab chiqilishi va amalga
oshirilishi hamda ushbu yo‘nalishda tizimli xalqaro hamkorlik olib borilishi
ustidan nazorat o‘rnatish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Bugungi kunda mamlakat imiji masalasida qator ishlar amalga
oshirilayotganini quyidagi parametrlar bilan dalillashtir mumkin:
1.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ustuvor siyosiy
va huquqiy reyting va indeks ko‘rsatkichlarda O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash.
2.
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini targ‘ib qilish
uchun xalq diplomatiyasi vositalarini rivojlantirish va joriy etish.
3.
O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda
amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlarni xalqaro maydonda faol va
keng yoritish.
4.
Milliy raqamli diplomatiyani rivojlantirish.
5.
Turizmni rivojlantirishga xalaqit berayotgan omillar va sharoitlarni
aniqlash maqsadida xorijiy investorlar va turistlar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar
tashkil etish va o‘tkazish.
6.
Siyosiy xavflarning iqtisodiyot, moliya va tashqi savdo sohalariga
ta’sir qiluvchi omillarini aniqlash, shuningdek, ularning ta’sirini kamaytirish.
7.
O‘zbekiston Respublikasining ijobiy imijini ilgari surishning
zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish va qo‘llashda hamkorlik qilish
uchun xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilish.
8.
O‘zbekiston to‘g‘risida ijobiy ma’lumotlarni tarqatish, o‘zbek
brendlarini reklama qilish, respublikaning xalqaro maydondagi imijini ilgari
surish maqsadida mashhur xorijiy blogerlar bilan aloqalarni o‘rnatish va
rivojlantirish.
9.
Milliy brendlarni ommalashtirish va mamlakatning ijobiy imijini
targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston xalq amaliy san’ati xalqaro
festivallarini tashkillashtirish, shuningdek, chet elda o‘tkaziladigan xalq
ijodiyoti festivallari va yarmarkalarida faol ishtirok etish.
10.
YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga O‘zbekistonning
yangi ob’ektlarini kiritish va boshqalar
YAngilanayotgan O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imijiga ijobiy
ta’sir etgan omillar sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017
yil 19 sentyabrda BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasi va 2020 yil 23
sentyabrdagi 75-sessiyasidagi ma’ruzasida mintaqaviy va xalqaro xarakterga
ega bo‘lgan g‘oya va takliflarni ilgari surgani hamda mazkur takliflarni
xalqaro maydonda e’tirof etilishini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, ichki siyosiy faoliyatga nazar tashlasak,
o‘tgan to‘rt yil ichida milliy parlamentimiz Oliy Majlisning nufuzli xalqaro
tashkilotlar bilan aloqalarini bir necha yillik tanaffusdan so‘ng yana qayta
tiklangani mamlakatimizning xalqaro maydondagi imijini yanada oshirdi.
Jumladan, milliy parlamentimiz Parlamentlararo Ittifoqda, Evropada Xavfsizlik va
Hamkorlik Tashkilotining Parlament Assambleyasida, Mustaqil Davlatlar
Hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasida o‘z faoliyatini tiklagani,
shuningdek, xalqaro ekologik kongressda parlamentimiz vakillarining ishtirok
etgani muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Xulosa qilib aytganda, globallashuv jarayonlari shiddat bilan kechayotgan
hozirgi davrda milliy manfaatlarimizni ilgari surish hamda faol tashqi siyosat
yuritish mamlakatimizning barqaror rivojlanishini ta’minlashga, O‘zbekistonning
xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yanada oshirishga va Vatanimizning jahon
hamjamiyatida munosib o‘rin egallashiga xizmat qiladi.
2020 yil 23-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti BMT Bosh
assambleyasining 75-sessiyasida o‘zbek tilida ma’ruza qilib, dunyo davlatlarini
qiynab kelayotgan 9 ta masala bo‘yicha o‘z takliflari va g‘oyalarini ilgari surdi.
Jumladan, Orol bo‘yi mintaqasida ekologik muhitni barqarorlashtirish yuzasidan
bildirgan taklifi ham BMT rahbariyati va xorijiy davlatlar rahbarlari tomonidan
e’tirof etildi.
Darhaqiqat, hozirgi kunda eng yirik global ekologik falokatlardan biri Orol
dengizi fojiasi bo‘lib, uning ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar oqibatlari
tufayli mintaqa sog‘liqni saqlash, genofond va unda yashayotgan odamlar
kelajagining barqaror rivojlanishiga bevosita tahdid solmoqda. SHuningdek, global
ekotizimga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Orolbo‘yi inqiroz zonasi bevosita
Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekiston, bilvosita esa, Qirg‘iziston va
Tojikiston hududlarini qamrab oladi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra,
bugun Orolning qurigan qismida 5,5 million gektarga teng hududda yangi tuzli
cho‘l paydo bo‘lgan. Bu hududlarda yiliga 90 kundan ortiq davr mobaynida chang
bo‘ronlari sodir bo‘ladi va 100 million tonnadan ortiq chang va zaharli tuzlarni
atmosferaga ko‘tarib, minglab kilometrlarga yoyib yuboradi. SHuning uchun ham
Orol inqirozining atrof-muhit va mintaqa aholisi hayotiga salbiy ta’sirini
qisqartirish, iqlim ta’sirining yanada yomonlashishi oldini olish bugungi kundagi
eng muhim vazifalardan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT
Bosh Assambleyasining 72–sessiyasida so‘zlagan nutqida ham Orol dengizining
ekologik fojiasiga alohida e’tibor qaratgandi. CHunki Orol dengizi qurishi
oqibatlarini bartaraf etish xalqaro sa’y-harakatlarning faol mustahkamlanishini
talab qiladi. SHundan kelib chiqib, 2018 yilning 24 avgust kuni Orolni qutqarish
xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining Turkmanboshi shahrida
bo‘lib o‘tgan sammitida O‘zbekiston rahbari tomonidan Orolbo‘yi mintaqasini
ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e’lon qilish taklif etilgan edi.
O‘zbekiston mavjud ahvolni yaxshilash uchun bu erda ikki million gektar
yangi o‘simlik maydonlari va daraxtzorlar yaratish, tuproq qatlamini shakllantirish
bo‘yicha ulkan ishlarni amalga oshirmoqda. Mamlakatimiz tashabbusi bilan
BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama
sheriklik asosida Trast fondi tuzilgani, bu fond og‘ir ekologik hududda
yashayotgan aholiga amaliy yordam ko‘rsatish uchun xalqaro hamjamiyatning
tayanch platformasi bo‘lib xizmat qilishi tabiiy. O‘zbekiston rahbari o‘z chiqishida
Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e’lon
qilish haqida BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyusiyasini qabul qilish
hamda ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani Ekologik tizimlarni himoya qilish
va tiklash xalqaro kuni sifatida nishonlash taklifini bildirdi. BMT maxsus
rezolyusiyasini qabul qilish g‘oyasi 2019 yil 25 oktyabrda Nukus shahrida BMT
shafeligida bo‘lib o‘tgan “Orolbo‘yi — ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar
zonasi” deb nomlangan yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada taklif etilgan edi.
Mazkur rezolyusiya investitsiyalarni rag‘batlantirish va iqlim o‘zgarishi, atrof-
muhitning yomonlashuvi, barqaror urbanizatsiya va qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat
xavfsizligi, qashshoqlik va tengsizlik kabi keng qamrovli masalalarga e’tibor
berish orqali asosiy xavf omillarini bartaraf etish imkoniyatini beradi. SHu bilan
birga, Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqaro, mintaqaviy va milliy siyosatlarning
uyg‘unligiga erishish, Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq ekologik inqiroz
zonasida mavjud xavf-xatarni hisobga olgan holda, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik
zaiflikni yanada chuqur tizimli tushunishni rag‘batlantirishga qaratilgan
innovatsion chora-tadbirlar uchun yanada keng imkoniyatlar ochadi. Ushbu
rezolyusiyaning qabul qilinishi mintaqaviy muammolarni birgalikda hal etish
masalalarida
O‘zbekistonning etakchi o‘rinlarda bo‘lishi, shuningdek,
mamlakatning xalqaro nufuzini yana bir bor namoyish etishiga shart-sharoit
yaratadi. BMT tomonidan Ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash xalqaro
kunining belgilanishi esa global muammolarni hal qilishda siyosiy iroda va
resurslarni safarbar qilish, bu boradagi muammoli masalalardan keng
jamoatchilikni xabardor qilish, shuningdek, insoniyat yutuqlarini mustahkamlash
imkonini beradi. Bir so‘z bilan aytganda, Prezidentimizning ushbu tashabbuslarini
xalqaro
miqyosda
tan
olinishi
mamlakatimizda
ekologik
vaziyatning
yaxshilanishiga ulkan hissa qo‘shishi barobarida, yurtimizning jahon maydonidagi
imiji mustahkamlanishi va reytingining yuqorilashida ham alohida o‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |