AMALIY MASHG’ULOT №1
Mavzuni tanlash, mavzuni qo‘yiladigan talablarga tekshirish
1. Ishdan maqsad.
Talabalarda ilmiy tadqiqot ishi mavzusini tanlash va uni asoslash
ko‘nikmalarini shakllantirish.
2. Ishning mazmuni:
Kafedrada jamoa tomonidan bajarilayotgan muammoli ilmiy tadqiqot ishidan kelib
chiqqan mavzulardan o‘z qiziqishiga mos mavzu tanlanadi. Mavzuga bir qator talablar qo‘yiladi.
2.1. Mavzu dolzarb bo‘lishi kerak
, ya’ni mavzu bugungi kunda yechilishi talab etiladigan
muhim bo‘lishi kerak. Bu eng asosiy talablardan bo‘lib, hozirgi
kunda uning darajasini
aniqlaydigan aniq mezonlar mavjud emas.
SHu bilan birga ko‘p yillik tajribaga asosan texnika sohasidagi mavzular uchun quyidagi
mezonlarni tavsiya qilish mumkin:
- Prezident farmon, qaror va farmoyishlari;
- Vazirlar Maxkamasining qarorlari;
- Vazirlik qaror va buyruqlari;
- Korxona va tashkilotlar buyurtmalari;
- Oliy ta’lim muassasasi Kengashi tomonidan tasdiqlangan mavzular.
- Buyurtmachi bo‘lmagan mavzular dolzarb hisoblanmaydi.
2.2.
Mavzu yangi ilmiy muammoni hal qilishi kerak (ilmiy yangiligi)
. Bu, degani,
mavzu bunday qo‘yilishida hech qachon va hozirda ham ishlab
chiqilmagan hamda uning
takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Takrorlanish faqatgina rahbariyatning topshig’iga asosan
raqobatda bo‘lgan korxonalarga qisqa muddatda davlat uchun muhim bo‘lgan masalani yechish
maqsadida berilishi mumkin.
Mavzularni tanlayotganda, yangilik muhandislik emas, balki
ilmiy, ya’ni tubdan yangi bo‘lishi kerak. Hatto yangi masala ishlab chiqilayotgan bo‘lsa-da, lekin
u mavjud
qonuniyatlarga asoslansa, bu ilmiy ishlanma emas, muhandislik – iqtisodiy soha
ishlanmalariga kiradi. SHuning uchun
ilmiy masalani muhandislik
iqtisodiydan ajratish kerak.
Oldindan ma’lum bo‘lgan ishlanmalar ilmiy tadqiqot predmeti bo‘la olmaydi.
2.3. Mavzu iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lishi kerak va u ahamiyatli bo‘lishi kerak
.
Amaliy tadqiqotning har qanday mavzusi xalq xo‘jaligida iqtisodiy samara berishi kerak. Bu eng
muhim talablardan biridir. Mavzu tanlanish davrida dastlabki iqtisodiy samara asoslanishi zarur.
2.4. Mavzu ilmiy guruh yo‘nalishiga mos kelishi kerak.
An’anaga ko‘ra har bir tadqiqot
jamoasi o‘z yo‘nalishiga, malakasi va vakolatiga ega. Mavzu bo‘yicha jamoa vakillarining
mavjud ishlari qisqacha ko‘rsatib o‘tiladi.
2.5. Mavzuning muhim xarakteristikasi
– uning
amalga oshirilishi mumkinligi yoki
amaliyotga tadbiq etilishi
. Mavzuni rejalashtirilgan vaqt ichida uni tugatish imkoniyatlari va
mijozning ishlab chiqarish muhitida joriy etilishi baholanadi.
2.6. Mavzuni tanlashda juda muhim mezon bo‘lib, ularning
istiqbolliligi va barqarorligi
hisoblanadi.
Ilmiy ishlanmalarni va texnologiyalarning tez rivojlanishida ishlab chiqilayotgan
mavzularning, ayniqsa,
uzoq muddatlilariniki, dolzarbligi va samaradorligi ayrim vaqtlarda
yomon tomonga o‘zgarishi, shuningdek, ilmiy tadqiqot ishlarining qiymati oshishi mumkin.
SHuning uchun, istiqbollilik va barqarorlik mezoni bunday oqibatlar kelib chiqishini oldini oladi.
3. Ishni bajarish tartibi:
Har bir bakalavr dissertatsiya mavzusini tanlaydi va yuqorida keltirilgan 6
ta mezonga
tekshiradi.
4. Xulosa shakllantirish. bakalavr tanlangan mavzuni mezonlarga tekshirgandan keyin
uni davom ettirish yoki unga tegishli o‘zgartirishlar kiritish haqida o‘z xulosasini beradi.