Jarayon Ishtirokchilar o‘z stullari oldida turib oladilar. Mashqni quyidagicha tushuntiring:
–
Hozir birinchi o‘yinimizga o‘xshash yana bir o‘yin o‘ynaymiz. Faqat bunda shartlarimiz boshqacharoq bo‘ladi. Mashqning boshlanishida hamma o‘z joyi oldida turib olishi kerak. Men hozir ta’kidlarni (gaplarni) o‘qiyman. Agar siz bu ta’kidga amal qilmaydigan bo‘lsangiz yoki o‘zingizda qo‘llay olmasangiz, kursingizga o‘tirib olishingiz kerak. Agar men o‘qiyotgan jumlalar siz uchun tegishli bo‘lsa, joyingizda turaverasiz. Ammo o‘tirganingizdan keyin turishga haqqingiz yo‘q, hatto keyingi amallarni doimiy bajarib borayotgan bo‘lsangiz ham”. Ishtirokchilardan o‘rnilaridan turishlarini iltimos qiling va ro‘yxatdagi gaplarni o‘qing:
−
Men tibbiy ko‘rikdan muntazam o‘tib turaman (bunda har olti oyda o‘tish nazarda tutiladi) −
Men stomatolog ko‘rigidan muntazam o‘tib turaman −
Men sigaret chekmayman −
Men kun tartibiga amal qilaman −
Men sport yoki fitnes bilan muntazam shug‘ullanib kelaman −
Men sog‘lom ovqatlanishga rioya qilaman ( yog‘ miqdori kamroq bo‘lgan ovqatlar) −
Men hech qachon alkogol ichmayman. Ba’zan kimdir birinchi yoki ikkinchi savoldan keyinoq o‘tirib olishiga to‘g‘ri keladi.
Ishtirokchilar orasida savol tug‘ilishi tabiiy – balki gaplarning ketma-ketligi boshqacha bo‘lganda
ular o‘tirmagan bo‘lardilar. Ishtirokchilar albatta, “Qaytib turish mumkinmi?”, deb so‘raydilar.
Lekin ishtirokchilar o‘tirganlaridan keyin turishlari mumkin emasligini yana va yana takrorlang.
Bu ishtirokchilarga adolatsizdek bo‘lib ko‘rinish mumkin, lekin o‘yinning qoidalari shundan
iborat.
Ko‘pincha mashq oxiriga kelib guruhda hamma o‘tirgan holatda bo‘ladi. Ishtirokchilardan
bu gaplarda nima umumiylik borligi haqida so‘rang. Agar hech kim fikr bildirmasa, o‘zingiz
ayting:
–
Bularning hammasi insonning sog‘lig‘i bilan bog‘liq xulq-atvorga tegishli. Biz sog‘lig‘imizni saqlash uchun nimalar yordam berishi haqida yaxshi bilsak ham, har doim ham bunga amal qilavermaymiz. Masalan, biz ko‘p shirinlik yemasligimiz kerakligini bilsak ham ba’zan katta miqdorda iste’mol qilib qo‘yamiz, bunga bizning irodamiz yetmay qoladi. –
Biz hayotimiz davomida turli sabablarga ko‘ra kasallikka chalingan insonlarni uchratishimiz mumkin va biz ko‘pincha sog‘lig‘imizni xavfga qo‘ygan paytlarimiz bo‘lganligi haqida bilamiz, lekin odatda bizning omadimiz kelib qoladi va biz kasallikka chalinmaymiz. Lekin bu har doim ham amalga oshavermaydi va hamma uchun ham adolatli bo‘lmasligi mumkin.