Universiteti amaliy matematika va intellektual texnologiyalari fakulteti


Avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimini o‘qitishning axborot modellari



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/18
Sana28.01.2022
Hajmi1,3 Mb.
#414924
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
IslomBek Karimov

Avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimini o‘qitishning axborot modellari 
Taraqqiyotining bugungi shiddatkor sur’ati, insoniyatning intelektual-axborot davr 
muhitida yashayotganligi, globallashuv jarayonlarining turli mamlakatlardagi ta’lim 
tizimini yangi sifat darajasiga olib chiquvchi imkoniyatlari, axborot-kutubxona 
muassasalarida Avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimi(AAKT)ni joriy etishda 
xodimlar malakasini oshirishdagi muammolarning ilmiy hal etish masalasini dolzarb vazifa 
sifatida kun tartibiga qo‘yilmoqda. 
Respublikamizning ko‘pchilik oliy ta’lim muassasalari va o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi 
axborot-resurs markazlarida (ARM) kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirishga 
mo‘ljallangan axborot-resurs markazlarining avtomatlashtirilgan tizimi (ARMAT) joriy 
qilinmoqda. Avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimi beshta avtomatlashtirilgan ish 
o‘rinlaridan iborat bo‘lib, unda kitobxonlarni ro‘yxatga olish, adabiyotlar elektron 
katalogini shakllantirish, elektron katalogdan foydalanib, kerakli adabiyotlarni qidirish va 
buyurtmalar berish hamda elektron kutubxona yaratish imkoniyatlari mavjud. Bulardan 
tashqari, tizim ARM faoliyatiga oid statistik ma’lumotlarni ham avtomatik tarzda, tayyorlay 
oladi. ARMlardagi axborot jarayonlarini avtomatlashtirishga imkon beruvchi dasturiy 
vositani muvofaqiyatli joriy qilish uchun birinchi navbatda, xodimlar malakasini oshirishga 
e’tibor qaratish lozim. 
Axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarining 
rivojlanishi 
ta’lim 
jarayonini 
takomillashtirishda ham katta ahamiyat kasb etmoqda. Yangi axborot texnologiyalari 
asosida mashg‘ulotlar olib borish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni mustaqil ta’lim 
tizimiga tatbiq qilish o‘qitishning axborot modellarini ishlab chiqish va ular asosida ta’lim 
texnologiyalarini yaratishni taqozo etadi. Shu sababli ham avtomatlashtirilgan axborot-
kutubxona tizimlarini axborot-kutubxona muassasalarida joriy qilish maqsadida tashkil 


~ 10 ~ 
qilinadigan o‘quv kurslarida foydalanishga mo‘ljallangan o‘qitishning axborot modellarini 
ko‘rib chiqaylik. 
1-model. ARM xodimlaridan iborat tinglovchilardan 10 kishilik guruh tashkil etiladi. 
Tinglovchilarga AAKT beshta moduli bo‘yicha ma’ruzalar o‘qiladi. Tinglovchilarning 
olgan bilimlarini nazorat qilish test sinovlari orqali amalga oshiriladi. 
2-model. АRM xodimlaridan iborat tinglovchilardan 10 kishilik guruh tashkil etiladi. 
Tinglovchilarga AAKT beshta moduli bo‘yicha ma’ruzalar o‘qiladi. Tinglovchilarning 
olgan bilimlarini nazorat qilish test sinovlari orqali amalga oshiriladi. Olingan natijalar tahlil 
qilinadi. Tinglovchilar mustaqil ravishda, beshta modul bo‘yicha tay-yorlangan 
multimediali qo‘llanmalardan foydalanadilar. Mustaqil ta’limdan so‘ng yana test sinovlari 
o‘tkaziladi. Ma’ruza o‘qilgandan so‘nggi va multimediali qo‘llanmalardan mustaqil 
ravishda foydalangandan so‘ng olingan test natijalari taqqoslanadi. 
3-model. АRM xodimlaridan iborat tinglovchilardan 10 kishilik guruh tashkil etiladi. 
Tinglovchilarga AAKT beshta moduli bo‘yicha ma’ruzalar o‘qiladi. Tinglovchilarning 
olgan bilimlarini nazorat qilish test sinovlari orqali amalga oshiriladi. Olingan natijalar tahlil 
qilinadi. Tinglovchilar mustaqil ravishda, beshta modul bo‘yicha tayyorlangan multimediali 
qo‘llanmalardan foydalanadilar. Mustaqil ta’limdan so‘ng yana test sinovlari o‘tkaziladi. 
Ma’ruza o‘qilgandan so‘nggi va multimediali qo‘llanmalardan mustaqil ravishda 
foydalangandan so‘ng olingan test natijalari taqqoslanadi. Tinglovchilarga mustaqil 
ravishda, AAKTda ishlash ko‘nikmasi va malakasini rivojlantirishga mo‘ljallangan virtual 
trenajyorlarda ishlash taklif etiladi. Virtual trenajyorlarda AAKT bilan ishlashni o‘rgangan 
tinglovchilar test-sinovlari topshiradilar. Olingan natijalar tahlil qilinadi. Uchta model 
bo‘yicha olingan natijalar tahlil qilinadi. 
Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimini axborot-kutubxona muassasalarida 
o‘qitishni tashkil qilishda birinchi model bilash o‘quv jarayoni tashkil qilinganda, 
tinglovchilarga tegishli bilim, malaka va ko‘nikmalar faqat ma’ruzachining ma’ruzasi va 
taqdimoti orqali yetkaziladi. Tinglovchilar tizim bilan ishlashni mustaqil ravishda 
o‘rganishga majbur bo‘ladilar. 
Dars jarayoni ikkinchi model asosida tashkil qilinsa, avtomatlashtirilgan axborot-
kutubxona tizimini mustaqil ravishda o‘rganishga mo‘ljallangan multimediali o‘quv 
qo‘llanmalar yaratish kerak bo‘ladi. Bunday holda, ayniqsa, elektron kataloglashtirish 
jarayonlarini o‘rgatishga mo‘ljallangan multimediali qo‘llanmalardan foydalanish katta 
samara beradi. Ma’ruzalar davomida nazariy materiallarni o‘zlashtirgan tinglovchilar, 
mustaqil ravishda multimediali o‘quv qo‘llanmalardan foydalanishlari ularning olgan 
nazariy 
bilimlarini 
amalda 
qo‘llab 
ko‘rish 
imkoniyatini 
yaratadi. 
O‘qitishning uchinchi modeli asosida mashg‘ulotlar olib borilganda, dastlab ma’ruzalar 
o‘qildi, tinglovchilar multimediali o‘quv qo‘llanmalardan foydalanib, avtomatlashtirilgan 
axborot-kutubxona tizimi bilan ishlashni mustaqil o‘rgandilar. Virtual trenajyorlardan 
foydalanib, kataloglashtirish jarayonini o‘zlashtirish esa ting-lovchilarni passiv kuzatuvchi 
emas, ya’ni faqat ma’ruza tinglovchisi va multimediali o‘quv qo‘llanmasi bilan qayta va 
qayta tanishish bilan cheklanmay, balki elektron trejajyor yordamida kataloglashtirish 
jarayonida bevosita ishtirok etishini ta’minlaydi. Mashg‘ulotlarni tashkil qilishning 
uchinchi modeli ta’lim jarayonida virtual trenajyorlardan foydalanishni taqozo etadi. 
Xulosa 
qilib, 
quyidagi 
natijalarni 
ko‘rsatish 
mumkin: 
1. Avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimini o‘qitishning axborot modellarini yaratish 


~ 11 ~ 
va tahlil qilish avtomatlashtirlgan axborot-kutubxona tizimini ARMda joriy qilish 
jarayonini 
tezlashtiradi. 
2. Avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimi avtomatlashtirilgan ish o‘rinlarining asosiy 
funksiyalarini o‘qitishda ta’lim jarayonining maqbul modelini tanlash o‘qitish va 
o‘zlashtirish 
sifati 
va 
samarasiga 
ijobiy 
ta’sir 
ko‘rsatadi. 
3. Avtomatlashtirlgan axborot-kutubxona tizimini axborot-kutubxona muassasalarida 
samarali joriy qilish uchun faqat ma’ruzalar o‘qish va amaliy ishlar bajarish yetarli emas. 
Nazariy materiallar ma’ruzalar o‘qish orqali amalga oshirilgach, mustaqil ta’lim, ya’ni 
multimediali o‘quv adabiyotlardan foydalanish va virtual trenajyorlar bilan ishlash 
avtomatlashtirilgan axborot-kutub-xona tizimini joriy qilishda katta samara beradi. 
AAKT bilan ishlashga o‘rtish va bilimini nazorat qilishning axborot modeli 
 
Avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimini mustaqil o‘rganishning axborot modeli 


~ 12 ~ 
 
Avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimini o‘rganishda virtual trenajyerlardan 
foydalanishning axborot modeli 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish