Uslubiy ko`rsatmalar
:
Ma`lumotlar bazasi(MB) buyurtmachisi bilan
birgalikda, ma`lumotlar bazasiga so`rovlar tizimini ishlab chiqish zarur. Ishlab
chiqilgan so`rovlar tizimi relevant yaratilgan “Mohiyat-aloqa” modeliga va
buyurtmachi talablarini maksimal darajada qondirish kerak. Agar buyurtmachi
qo`ygan talablarga
qurilgan “Mohiyat-aloqa”
modeli so`rovlar tizimi to`la
qanoatlantirmasa, unda predmet sohani qo`shimcha o`rganib va tahlil qilib, “Mohiyat-
aloqa” modeli kerakli elementlar, bog`lanishlar va munosabatlar bilan to`ldiriladi.
So`rovlar tizimini ma`lumotlar bazasidan foydalanuvchiga beriladigan aborot
bo`yicha standart va nostandart so`
rovlarga sinflanadi.
Ma`lumotlar bazasiga
reglamentlanmagan so`rovlar deb foydalanuvchilarni joriy ehtiyojlariga qarab, lekin
qurilgan model imkoniyatlari chegarasida va bu so`rovlarni unga relevantligini
saqlangan holda o`zini ta`rifini o`zgartirish imkonini beradigan so`rovlarga aytiladi.
“SUPERMARKET” predmet sohasi ma`lumotlar bazasidan foydalanib bir
nechta so`rovlar tizimini ko`rib chiqamiz.
1. Mevalardan tashqari narxlari 500 va 2000 orasida bo`lgan barcha mahsulotlar
haqida ma`lumot chiqarilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |