BRONXOEKTAZIYA
Bronxoektaziya (bronchoectasia) bronxlarning patologik kengayishidir, bronxoektaziya surunkali
kasallik bo‘lib, uning o‘ziga xos belgilaridan biri bronxoektazlar paydo bo‘lishidir.
Bronxoektaziyaning etiologiyasi va patogenezi sabablaridan biri og‘ir bronxitdir . Bronxlarning
kengayishiga yana bir sabab shuki, yallig‘lanish natijasida ularda chandiqlar paydo bo‘ladi, ular
tortilib , egilib qoladi, shaklini o‘zgartiradi. Bronxoektaziya ko‘pincha uzoq davom etgan
yallig‘lanish protsessining natijasi sifatida ham yuz beradi. Kasallikning kelib chiqishiga qattiq
chandiqlar paydo qiladigan plevritlar ham yordam beradi. Bronxoektazning kuchayishida bronxlar
devori tuzilishidagi tug‘ma anomaliyalar, xususan, bronxlarning ikki tomondan kengayishiga olib
keladigan muskul va elastik elementlarning zaifligi ham rol o‘ynaydi, degan fikr bor. Ikki
tomonlama bronxoektaziyaning paydo bo‘lishiga bronxlar, o‘pka yoki plevradagi infection –
yallig‘lanish protsesslari sabab bo‘ladi, deb qarash kerak; bronxlarning isbot etilmagan tug‘ma
―zaifligi‖ bu kasallikning kuchayishiga sabab bo‘ladi, degan fikrga ishonishning hojati ham yo‘q.
Bronxoektazlar patologik – anatomik jihatdan silindrik va xaltasimon xillarga bo‘linadi; silindrik
tipda bronxlar ma‘lum uzunlikda bir tekisda kengayadi, xaltasimon tipda esa bronxning bir
qismigina bo‘rtib chiqadi. Kengaygan bronxning kattaligi turlicha – no‘xat kattaligida va undan
ham kichikroq bo‘ladi, ba‘zan esa tuxum va olma kattaligidek bronxoektazlar ham bo‘lishi mumkin.
Bronx devorining kengaygan qismida biriktiruvchi to‘qima paydo bo‘ladi; muskul qavati atrofiga
uchraydi; shilliq pardasi yallig‘lanib, unda ba‘zan yara-chaqalar paydo bo‘ladi.
217
Kasallikning klinik ko‘rinishi, avvalo, balg‘amli yo‘tal bilan xarakterlanadi. Balg‘am ancha ko‘p
miqdorda ajraladi; u yiringli, suyuq bo‘ladi va oson ko‘chadi, ―og‘iz to‘lib‖ chiqadi. Ba‘zan
balg‘am bemor yomboshlab yotganda ayniqsa ko‘proq ajraladi. Bunda bronxoektaz o‘pkaning qaysi
tomonida ekanligini aniqlash osonlashadi; agar bemor chap yoni bilan yotganida yo‘tal tutishi va
balg‘am ko‘p ajralishidan shikoyat qilsa, bu narsa bo‘shliq uning o‘ng tomonida ekanini ko‘rsatadi.
Balg‘am o‘z og‘irligiga ko‘ra tashqariga olib chiquvchi bronxlarga oqadi. Ikki tomonlama,
ko‘psonli bronxoektazlarda bu hodisa kuzatilmaydi. Bemorlar juda ko‘p, ayniqsa qo‘llansa hidli
balg‘am ajratganlari sababli, og‘zi bekiladigan mazsus idish olib yuvishga majbur bo‘ladilar.
Kengaygan bronxlarda yaralar paydo bo‘lishligi tufayli vaqt-vaqti bilan balg‘amda qon aralashgan
bo‘ladi. Ba‘zan qon tanlash kasallikning bunday turini ba‘zan o‘pka sili kasalligi deb o‘ylaydilar.
O‘pka perkussiya usulida tekshirilganda o‘pkaning kengaygan bronxlar joylashgan qismi ustida
timpanik tovush eshitiladi. Qopsimon va silliq devorli katta bo‘shliqlar ustida jaranglama tovush
eshitiladi. Ba‘zi hollarda bo‘shliqga xos gavda holatini o‘zgartirish, og‘izni ochish yoki yopish
vaqtida paydo bo‘ladigan boshqacha tovush fenomenlarni, shuningdek darz tuvak tovushini hosil
qilish mumkin. Bronxoektazga uchragan joy auskultatsiya qilinsa, bronxial nafas yoki uning
amforik nafas tipiga kiruvchi xili eshitiladi, odatda yirik va jarangli xirillashlar ham eshitiladi
(tovushning balandligi katta bo‘shliqdan chiqgan rezonans hamda bronx devorining qalinlashib
zichlanganligiga bog‘liq). Bronxoektaziya sohasi, tovush dirilashi va bronxofoniya kuchayadi.
O‘pka va plevrada chandiqli o‘zgarishlar paydo bo‘lishi tufayli, bronxlar kengaygan bo‘lsa, bemor
ko‘zdan kechirilganda ko‘krak qafasining kasallangan tomoni kichiklashgani seziladi, ko‘krakning
shu qismi bir oz cho‘kkan bo‘ladi, nafas olganda esa shu tomon yetarli ko‘tarilmaydi. Perkussiya
qilinganda o‘pkaning shu tomondagi cheti kam siljiydi.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, yuqorida korsatib o‘tilgan fizik alomatlar sodir bo‘lmasligi va
kasallik faqat yo‘tal hamda balg‘am ajralish bilangina kelishi mumkin. Bunday hollarda
rentgenologik tekshirish muhim diagnostic ahamiyatga ega.
Rentgenologik tekshirishda bronxoektatik kengaygan bo‘shliqlar tuxumsimon yorug‘ joylar
shaklida ko‘rinadi: bular odatda yakka- yakka, yoki to‘p-to‘p bo‘lib, o‘pka ildiziga yaqin joyda,
o‘pkaning pastki qismida joylashadi; yorug‘ joy atrofida chandiqli va infiltratli, tasmasimon
qorong‘I tortmalar ko‘zga tashlanadi, ular bronxlar bo‘ylab tarqaladi, bo‘shliqlarning o‘ziga secret
yig‘ilib qolgan bo‘ladi,ularning kattalarida gorizontal joylashgan suyuqlik ko‘rinadi, gavda
holatining o‘zgarishi bilan bu suyuqlik sathi ham o‘zgaradi.
Xaltasimon bronxoektazlar paytidagi manzara ana shunday. Silindrik bronxoektazlarda tortmalar
dag‘alroq, ular ko‘proq o‘pkaning pastki qismida joylashgan bo‘lib, o‘pka ildizidan chiqadi.
Silindrik bronxoektazlar kengaygan va devorlari qalinlashgan bronxlarda paydo bo‘ladi (bronxlar
atrofiyaga uchrab devori yupqalashganda ular ko‘rinmaydi: ular secret bilan to‘lgandagina
ko‘rinishi mumkin). Biroq bronxlar kengaygan bo‘lishiga qaramay, ba‘zan ularni
rentgenoskopiyada aniqlab bo‘lmaydi (juda mayda bronxoektazlar ko‘p bo‘lganligi sababli).
Bunday hollarda bronxografiya qo‘llaniladi. Tekshiriladigan Bronx tarmoqlarining tegishli
bo‘limiga kontract modda kiritilgandan keyin uning rasmi olinsa 46-rasmda tasvirlanganda
o‘xshash aniq va chiroyli manzara hosil bo‘ladi (yopishtirilgan rasmga qarang): kontrct qorishma
bilan to‘lgan bronxoektazlar uzum boshi yoki mevali daraxt shoxida o‘xshash shakllar hosil qiladi.
Bronxoektaziyada uchraydigan boshqa alomatlardan biri bemor barmoqlarning uchlari nog‘ora
cho‘plariga o‘xshab to‘mtoqlanib qolishidir. Bunday o‘zgarishning sodir bo‘lishi sababli hozirgacha
aniqlangan emas. Bunda trofik buzilishlar rol o‘ynasa kerak (ba‘zi suyaklar, ayniqsa naysimon
suyaklar to‘qimalarining siyraklashib qolishi-ya‘ni asteoporozning sababi ham shunda). Bemor
yuzining kerkishi ham kishi diqqatini o‘ziga jalb qiladi,bu hol bemorning doimiy yo‘talishga
bog‘liq. Bemorning umumiy ahvoli uzoq vaqtlar davomida o‘zgarmaydi. Tana harorati odatda
218
normal bo‘ladi, biroq harorat vaqti – vaqti bilan (balg‘am ajralmay qolganda) qisqa vaqtda
ko‘tarilishi mumkin.
Kasallik surunkali kechadi, u goh zo‘rayib,goh pasayib turadi. Bemor tamomila sog‘ayib ketmaydi.
Bemorlar o‘zlari uchun ham, boshqalar uchun ham ortiqcha yuk bo‘lib qoladilar (ayniqsa balg‘am
badbo‘y hidli bo‘lganda).
Davolash yaxshi natija bermaydi.balg‘ani kamaytirish va uning hidini yo‘qotish uchun bemorga
terpingidrat va natriy benzoate ichiriladi. Sulfanilamidlar (sulfazol,sulfatiazol, sulfadiazin) bilan
davolash bir oz foyda beradi, bular kuniga 6-8 g dan 3-5 kunlik kurs bilan tavsiya etiladi. Katta
dozalarda antibiotic ham qo‘llaniladi. O‘pkaning har ikki bo‘lagidagi bronxoektazni xirurgik usul
bilan davolash mumkin emas. Bu kasallikning oldini olishda bronxit va uzoqqa cho‘zilgan o‘pka
yallig‘lanishini o‘z vaqtida to‘g‘ri davolash muhim ahmiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |