Tukillatish
Bu usulning asosida tovush, ya‘ni aniq fizik hodisa yotadi. Tovush, bu borliqning to‘lqin holatida
tarqladigan tebranish harakatidir. Turli jismlarning tebranish harakati bir xil emas, ular jismning
cho‘ziluvchanlik xususiyatiga bo‘g‘liq. Muvozanatdan chiqqan jismning tebranishi tebranish
kengligiga, tezligiga va davomligiga ega.
Tovush ma‘lum tezlikda hosil bo‘ladi. Bizning qulog‘imiz tebranish tezligi 1 daqiqada 16 dan
38000 (gs) gacha bo‘lgan tovushlarni qabul qiladi. Tebranish qancha tez bo‘lsa, tovush shuncha
baland, u qancha sekin bo‘lsa, tovush shuncha past eshitiladi. Tovush kuchini tebranish
kengligianiqlaydi. Bir xil kuch bilan urganda devori cho‘ziluvchan, havoli a‘zolarda baland tovush
vujudga keladi, masalan, o‘pka, me‘da va boshqa a‘zolarda. Zich a‘zolarda esa, masalan, jigar,
yurak tukillatish bilan muvozanatdan chiqarilganda kichik kenglikdagi tebranishni beradi yoki past
tovush beradi. Tovushning davomligiga tebranish harakatining uzoq har xil bo‘ladi.
Shunday qilib, tovushning davomligi va sekin so‘nishi, o‘pkani tukillatish va qisqa tovush hamda
uning tez so‘nishi havosiz a‘zo va to‘qimalarni tukillatish orqali hosil qilinadi.
184
Odamning tanasi turlicha xususiyatga ega bo‘lgan a‘zolardan tuzilganligi uchun, har xil joylarni
tukillatish bir – biridan kengligi, tezligi davomligi bilan farq qiluvchi har xil tovushlarni vujudga
keltiriladi. Bu ayniqsa ko‘krak qafasiga tegishli, unda havoli (o‘pka) va havosiz zich a‘zolar (jigar,
yurak) bor.
Agar tukillatishda bir xil bo‘lsa,tovushning o‘zgarishi tukillayotgan tana zarrachalariga bog‘liq
bo‘ladi.
Shunday qilib, havoning kam yoki ko‘pligi va zichlik darajasi qarab biz tana qismlarining fizik
holatini aniqlash mumkin. Tukillatish usuli Gippograt (Buqrot) davridan boshlab qo‘llanib kelinadi.
Bu usul orqali qorinda yig‘ilgan suyuqlik (atsit) uning damlanishdan (meteorizm) farqlaganlar.
Keyinchalik bu usul butunlay esdan chiqarilib, bir necha asrlar davomida qo‘llanilmay kelgan.
Tukillatish usulini birinchi marta Vena vrachi Auyenbugger qo‘llagan (1761). Bu usul ―Ko‘krak
qafasini tukillatish asosida yashirin ko‘krak kasalliklarini aniqlashga imkon beruvchi yangi
kashfiyot‖ traktatida yozilgan. Auyenbugger o‘ng qo‘l barmoqlarini birlashtirib yarim bukkan holda
bevosita ko‘krak qafasiga urib tukillatish usulini qo‘llagan.
Fransuz klinitsisti Korvizor traktatni fransuz tiliga tarjima qilgan va uni shaxsiy tekshirishlaribilan
to‘ldirilgan. Bu keyinchalik vrachlarning kundalik ishiga aylanib qolgan. Bu usul keyinchalik turli
yo‘llar bilan ishlatila boshlandi. Masalan, maxsus metal plastinka plessmetrni ko‘krak qafasiga
qo‘yib bermoq bilan tukillatish, bolg‘achani plessmetrga urib yoki barmoqni barmoqqa tukillatish.
Oxirgi modifikatsiya qilingan usul (1935) rus klinitsisti G.S. Sokolskiy tomonidan taklif qilingan
bo‘lib, u keng tarqaldi. Tukillatish usulini ishlab chiqishda ko‘pgina taniqli klinitsistlar (S. P.
Botkin, G.A. Zaxarin, M. G. Kurlov, N. P. Obraztsov va boshqalar) qatnashdilar. Tukillatish usuli
bevosita va bilvosita usullarga farqlanadi. Bevosita tukillatish bir yoki bir nechta barmoqni
kasalning tanasiga urib bajariladi, hozirgi vaqtda u juda kam qo‘llaniladi. Bevosita tukillatishning
yana bir turi Obraztsov usuli bo‘lib, u chertish usulidir. Bunda o‘ng qo‘l ko‘rsatkich barmog‘ining
yumshoq uchi o‘rta barmoqdan sirg‘antirilib tukillatiladi. Bilvosita usulda tukillatganda tanaga
emas, balki tanaga zich qo‘yilgan plessimetrga uriladi. Bu vaqtda tovush baland va tiniq eshitiladi.
Hozirgi vaqtda eng ko‘p qo‘llaniladigan va oddiy usul barmoqni barmoqqa urish hisoblanadi. U
qator afzalliklarga ega, bunda vrach asbobga bog‘liq bo‘lmaydi, barmoq - plessimetrni tananing har
qanday yuzasiga o‘ng‘ay joylashtirish mumkin, bunda akustik ma‘lumot sezish bilan birga qo‘shib
olib boriladi.
Plessimetr – chap qo‘lning ko‘rsatkich yoki o‘rta barmog‘I qimirlatmasdan zich qo‘yiladi.
Bog‘acha o‘ng qo‘lning ko‘rsatkich yoki o‘rta barmog‘I birinchi bo‘g‘inlari oralig‘ida bukiladi.
Boshqa barmoqlar ularga tegmaydi. Yuzaga barmoqni tik, qisqa urish kerak. Bu bilan urishning
kuchli bo‘lishiga va yuzaga qaraganda ko‘proq chuqurlikka tarqalishiga erishiladi.
Tovushni to‘g‘ri baholash uchun 1 emas 2 – 3 marta bir xil kuch bilan, bir xil or‘liqda kirish kerak.
Lekin urish 2 – 3 martadan ortiq bo‘lmasligi kerak, chunki eshitish bo‘g‘iq bo‘lib qoladi.
Chuqur, kuchli, baland va yuzaki kuchsiz va past tukillatishlar farq qilinadi. Chuqur tukillatishda
tukillatish tovushi 7 sm gacha chuqurlikka tarqaladi, yuzaki 4 – 6 sm, yuzaki tukillatish
chuqurlikkacha,yuzasi esa 3 – 4 sm ga teng bo‘ladi. Shikastlangan qismining kattaligi va
chuqurligiga qarab birin – ketin chuqur va yuzaki tukillatishlar qo‘llaniladi. A‘zo yuzaki joylashgan
va kam jarohatlangan bo‘lsa, uning chegarasini aniqlash uchun kuchsiz (yuzaki) tukillatishni
qo‘llash foydali bo‘ladi. Va aksincha, chuqur joylashgan katta shikastlanishda tovushni taqqoslash
maqsadida kuchli (chuqur) tukillatishni qo‘llash yaxshiroq. Sekin tukillatish juda sust yoki
Goldsheyderning chegara yoki pog‘ona tukillatishi bo‘lib hisoblanadi. Bunda plessmetr – barmoq
to‘liq qo‘yilmasdan, balki bukilgan bo‘g‘inning uchi tana yuzasi tegib turadi, urish 1 – oraliqning
boshiga to‘g‘ri keladi va bu Plesh bo‘yicha barmoq plessmetr vaziyati deyiladi. Juda sekin
tukillatishda tovush uni sezish bo‘sag‘asigacha pasaygan bo‘lib, havosiz tana qismlarini
185
tukillatganda mutlaqo tovush eshitilmaydi. Havo bir a‘zolarga o‘tganimizda esa juda past tovush
eshitiladi.
Tukillatish solishtirma va topografik tukillatishga farqlanadi.
Solishtirma tukillatishda simmetrik qismlar bir xil sharoitda solishtirladi. Bular bir xil kuch bilan
urish, barmoq plessimetrni bir xil vaziyatda va bir xil kuch bilan bosish, nafasni bir xil fazada
ushlash va boshqalar orqali aniqlanadi. Solishtirma tukillatishda ancha kuchli va baland tukillatish
qo‘llaniladi, tushunarli hollarda ham kuchli, ham kuchsiz, ham o‘rtacha, ham juda kuchsiz
tukillatish orqali sinab ko‘riladi. U holda tukillatish tovushining o‘zgarishi haqida aniq ma‘lumot
olinadi.
Keyin hollarda oldin o‘ng, keyin chap va aksincha tukillatish mumkin. Shunda shubhaga o‘rin
qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |