Emotsiya haqida umumiy tushuncha.
Reja.
1.
Emotsional kechinmalarning umumiy aniqligi.
2.Emotsional kechinmalar klassifikatsiyasi.
3.
Emotsiya turlari.
3.Emotsiyaning asosiy funktsiyalari.
Xis-tuyg’ular- shaxsning o’z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib
olayotganiga yoki nima bilan mashg’ul bo’layotganiga nisbatan o’ziga turli xil shaklda
bildiradigan ilk munosabatdir.
Xis-tuyg’ular barcha psixik jarayonlar bilan maxkam bog’langan bo’lib, ko’pincha ular
tomonidan kelib chiqadi va o’z navbatida ularga ta’sir ko’rsatadi. Sezgilar his-
tuyg’ularning manbalaridan biri bo’lib, sezgilarning o’zi ham ko’pincha kechinmalarimiz
ta’siri ostida o’zgaradi.
Kishi bilish jarayonlarida faqat voqelikni bilib qolmay (shu bilan birgalikda
uxlayotganda) u yoki bu narsalarga o’zining qanday bo’lmasin munosabatini bildiradi.
Mana shu ichki munosabat orqali insonda his-tuyg’u paydo bo’ladi. Bunday ichki
munosabat manbai faoliyat va munosabat jarayonlarida ro’y beradi, o’zgaradi va yo’qoladi.
Masalan, arzimagan bir vazifani ko’chirgani bermagan do’stga nisbatan paydo bo’lgan
nafratlanish ham his-tuyg’uga kiradi. Uzoq davom etgan yomg’ir tingach, toza havo ham
inson ruhiyatiga ta’sir qilib, ruhiy engillashtirish orqali paydo bo’lgan ichki mamnunlik
ham his-tuyg’uga misol bo’ladi. SHunday ekan his-tuyg’ular kishining o’z hayotidagi
yorqin bir ko’rinishi bo’lib, uning bilish jarayonlarida namoyon bo’lishi hisoblanadi. His
tuyg’ular voqelikni aks ettirishning bi shakli hisoblanadi. Biz yuqorida his – tuyg’ular
bilish jarayonlari bilan birga kechishini aytib o’tdik. Endi ularni farqlaymiz. Bilish
jarayonlarida narsa va hodisalar o’z aksini topsa, his – tuyg’ularda insonning o’ziga xos
ehtiyojlari bilan qo’shilib, o’zi idrok etayotgan narsa va hodisalarga nisbatan bildirayotgan
ichki munosabati o’z aksini topadi. Har ikkalasi ham bir vaqtda ro’y beradi. His-
tuyg’ularning kechishi Sub’ektiv alohida his etayotgan psixik xolat sifatida gavdalanadi.
Bunda biron bir narsani idrok etish va tushunib etish, ma’lum yoki biron bir narsa
to’g’risida bilib olish idrok etilayotgan, tushunib olinayotgan noma’lum narsalarga
nisbatan shaxsiy munosabat bilan birgalikda ro’y beradi. Ana shu xollarning barchasi his-
tuyg’ularni boshdan kechirilishi xususida gapiriladi. SHu bilan birga, his-tuyg’ularni
kechishi o’z rivojlanishiga ega bo’lgan joriy va o’zgarib turadigan psixik jarayondir.
Kishi idrok etish, xotirlash, xayol surish va fikrlash jarayonida fakat vokelikni
bilib kolmay, balki xayotdagi u yoki bu narsalarga munosabat bildiradi, unda ularga
nisbatan ijobiy yoki salbiy xis-tuygu uygonadi. Mamnun bulish, suyunish, gazablanish
kabilar xis-tuygularning kurinishlaridir. Xis-tuygular kishining uz xayotida nimalar yuz
berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashgul bulayotganiga
nisbatan uzicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. Xis-tuygular uzining
kechishiga kura uzgarib turadigan psixik jarayondir.
Emotsiya
—sub’ektiv psixologik xolat bo’lib, xis-tuyg’ularni va shaxsning atrof-
muhitga, insonlarga bo’lgan munosabatini bevosita aks ettirish shaklidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |