Amaliyotiuchun



Download 7,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/434
Sana27.01.2022
Hajmi7,47 Mb.
#414158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   434
Bog'liq
28. Botanika fanbdan o\'quv dala amaliyoti uchun. Sulaymonov E.S

SO‘ZBOSHI
0 ‘zbekistonda 4500 turdan ortiq yuksak o‘simliklar o‘sadi. Bu
о ‘ simliklar yowoyi, madaniy va madaniy ekinlar orasida о ‘ sadigan 
begona o‘tlardir.
Botanika fanlari biologiya, 
ekologiya mutaxassisliklari 
talabalari uchun o‘tilishi zarur bo‘lgan fanlar bo‘lib, bu fanni yaxshi 
o‘zlashtirmasdan malakali mutaxassis bo‘lib yetisholmaydi.
0 ‘quv-dala amaliyoti davomida talabalar o‘simlik va hayvonot 
dunyosi xilma-xilligini, ularni yashash sharoitiga moslanishishi, 
ko‘payishi va rivojlanishi xususiyatlarini, o‘simlik va hayvon 
turlarini tashqi morfologik belgilari bo‘yicha ajratish va ular 
asosida biologik va ekologik xususiyatlarini aniqlashni bilishi va 
foydalana olishi kerak, o‘simlik va hayvon turlarini dala sharoitida 
aniqlash, tabiiy sharoitda o‘simlik va hayvon turlari ustida kuzatuv 
olib borish, o‘simlik va hayvon turlari namunalarini yig‘ish va 
ulardan kolleksiya (to‘plam) tayyorlash ko‘nikmalariga ega 
bo‘lishi kerak.
Amaliyot davomida sistematik gerbariylar teriladi, aniqlanadi: 
g‘alla, poliz, sabzavot va moyli ekin navlari bilan tanishiladi. 
Dala ekinlarini o‘rganish jarayonida ulaming begona o‘tlari ham 
o‘rganiladi.
0 ‘quv dala amaliyotida talabalar o‘simliklaming oila, turkum 
va turlarini aniqlash va ulaming ekologik muhitga mos ravishda 
o‘rganishlarini o‘rganishga alohida e’tibor qilishadi. Botanika 
fanlaridan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashadi, gerbariy 
tayyorlash, ulami aniqlash va rasmiylashtirish texnikasini 
o‘zlashtirishadi, 
tog‘ 
yonbag‘irlarida, 
agrofitosenozlarda 
geobotanik tavsiflashlar o‘tkaziladi.
3


Yuksak o‘simliklar tanasi turli vazifalami bajaruvchi bir necha 
organlarga ajraladi. Bu organlar o‘simliklaming yashash muhiti 
xususiyatlariga ko‘ra shakllarini o‘zgartirishlari mumkin. Nazariy 
bilimlar o‘simlik organlarining tuzilishlari va shakl o‘zgarishlariga 
yetarlicha tushuncha berolmaydi va uning vazifasiga ham kirmaydi. 
0 ‘simliklar tuzilishidagi bunday xilma-xillikni talabalar tabiatda 
kuzatib tahlil qilishi asosan amaliy mashg‘ulotlarda bajariladi. 
Bunda o‘quv dala amaliyoti alohida o‘ringa ega bo‘lib, talaba 
o‘simliklami to‘g‘ridan to‘g‘ri tabiiy sharoitda kuzatadi.
Talabalar o‘quv dala amaliyotini bajarish asosida tabiatga 
ekskursiya o‘tkazish yo‘li bilan o‘simliklaming xilma-xilligi, 
o‘simliklar jamoasining tashkil topish qonuniyatlarini o‘rganadilar.
Talabalar dala amaliyoti mobaynida, tabiiy sharoitda o‘sayotgan 
o‘simliklami yig‘ish, quritish usullari, gerbariy montirovkasi, 
namunalar kolleksiyasini tuzish, o‘simliklarga tavsif berish va 
o‘simliklaming tur tarkibini aniqlash uslublarini o‘zlashtiradilar.
Ushbu aniqlagich universitetlaming biologiya va ekologiya 
yo‘nalishlari uchun dala amaliyotlarini o‘tkazishga mo‘ljallab 
yozildi. Qo‘llanmani tayyorlashda Respublikamizda Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturida qo‘yilgan talablar hisobga olindi.
Qo‘llanmadagi fotosuratlar dotsent X.Q. Haydarov, X.H. Jalov, 
Y.Sh. Toshpo‘latovlar tomonidan tushirilgan.
4


GERBARIY TAYYORLASH TARIXI
Gerbariy - maxsus aniqlanib qayta ishlangan va hujjatlashtirilib 
quritilgan o‘simliklar kolleksiyasi bo‘lib, sistematik, floristik 
va geobotanik-geografik tadqiqotlar olib borish uchun muhim 
asos bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, gerbariy o‘simliklar haqida 
ma’lumot olish uchun ko‘p marta qo‘llanilishi bilan zamonaviy 
rasmlar va kitoblarda bay on etilgan tavsiflardan ham a Mo sifatga 
egaligi bilan ajralib turadi.
Gerbariy fan uchun tabiatning haqiqiy hujjati bo‘lib qolmay, 
balki, hozirda Yer yuzida o ‘simliklar olamining yo‘qolib ketgan 
va yo‘qolib borayotgan turlarining saqlanib qolgan namunalaridir. 
Yilning har qanday vaqtida ham o‘simliklami o‘rganish uchun 
asos bo‘lib xizmat qiladi.
Gerbariylar 0 0 ‘YU lari talabalari va ilmiy xodimlar uchun 
ilmiy ishlar olib borishi uchun ilmiy baza hamda botanika sohasi 
uchun muhim manba bo‘lib hisoblanadi.
0 ‘simliklar olamini tadqiq etish qadim zamondan boshlangan. 
Ayniqsa, grek va rim olimlari Teofrast, Dioskorid va Pliniy 
Starshiy kabi olimlar va Vatanimizning buyuk allomalari Abu 
Rayhon Beruniy (973-1048-yy.) va Abu Ali ibn Sino (980-1037- 
yy.) asarlarida insoniyat uchun foydali bo‘lgan (dorivor, oziq-ovqat 
va boshqa foydali) o‘simliklami tavsiflab, rasm-chizmalarini ham 
tasvirlashgan.
0 ‘rta asrlarning Uyg‘onish davrida Yevropada ilm-fan bir 
muncha rivojlana boshlandi. Botanika bog‘lari tashkil etilib, 
ularda turli xil dorivor o‘simliklar o‘stirila boshlandi. XVI asrdan 
boshlab Yevropalik olimlardan O. Brunfels (1448-1534), I. Boka 
(1498-1554), L. Fuksa (1501-1566), P. Mattioli (1500-1577) va 
boshqa ko‘plab olimlaming giyohnomalari (travniklar) paydo
5


bo‘la boshladi. Giyohnomalarda dorivor o‘simlik rasmlari bilan 
berilib, ulardan foydalanish yo‘llari ko‘rsatildi. Ushbu rasmlardan 
hozirda ham o‘simliklami aniqlash mumkin.
Ilk marta gerbariy tayyorlash usulini Pizan universiteti 
professori Luku Gini 

Download 7,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish