4
3. O`rta asrlar adabiyoti. Bu davr adabiyoti XVII asrdan XIX asrning oxirigacha bo`lgan
davrda yaratilgan jahon adabiyoti namunalarini o`zida jamlagan.
4. Zamonaviy davr adabiyoti. Bu adabiyot XX asr boshlaridan to shu kungacha bo`lgan jahon
xalqlari adabiyotining eng yaxshi namunalarini o`z ichiga oladi.
Ushbu katta davrlar ham o`z navbatida yana yangi bosqichlardan iborat bo`lib, unda ikki xil
manzarani ko`ramiz: umumjahon adabiyotiga xos taraqqiyot bosqichlari, alohida olingan millat
adabiyotining taraqqiyot bosqichlari.
Antik davr adabiyotining xududi eramizdan avvalgi ming yilliklardan boshlanib to era
boshiga qadar davom etgan. Antik davr adabiyotining yuksak taraqqiyoti grek (qadim YUnon)
adabiyoti va sa`nati bilan bog‟liq. CHunki davlatning qaror topishi, turli urushlar tufayli uning
kengayib va boyib borishi yunon ijtimoiy ongiga kuchli ta`sir qildi. Natijada adabiyot,
haykaltaroshlik, rassomlik, muzika, teatr kabi sa`natlar boshqa joydagiga nisbatan bu erda kuchli
taraqqiy topdi.
Yangi davr adabiyoti eramizning birinchi yuz yilliklardan boshlanib to XV asrga qadar
davom etgan. Bu davrda endi Sharq adabiyotida kata bir ko`tarilish - Uyg‟onish davrini ko`ramiz.
YA`ni eng noyob asarlar “Avesto”, “qutadg‟u bilig”, “Devonu lug‟atit turk”, “Xibbatul haqoyiq”,
Navoiy ijodi anshu davr mevasidir. Bu asarlar, talantlar butun jahon adabiyotiga judla katta ta`sir
ko`rsatadi: unga tasavvur falsafasini olib kirdi, “inson adabiyotning eng chuqur o`rganishi kerak
bo`lgan predmetidir” degan qoidani ham ana shu adabiyot olib kirdi.
O`rta asrlar adabiyoti asosan XVII-XIX asrlar bilan (shartli) belgilanib, bu davr Evropa
adabiyotining o`ta tez yuksalishi bilan belgilanadi. CHunki XVI asrlardanboshlab Evropada avval
san`at, keyinroq esa texnika tezkorlik bilan rivojlandi. Evropa mamlakatlari dengiz yo`li bilan juda
ko`p joylarni mustamlakaga aylantirdilar. Natijada iqtisodiy daromad ijtimoiy ong taraqqiyotiga
ta`sir qildi. Aynan shu davrdan boshlab Amerika adabiyoti davriga kelib endi adabiyotlar taraqqiyot
bosqichlari ma`lum bir tartibda, deyarli bir xil rivojga tushdi. CHunki jahon mamlakatlari o`rtasidagi
iqtisodiy, texnikaviy hamkorlikular madaniyatini, xususan, adabiyotini ham bir chiziqqa olib keladi.
Har bir millat, xalq, elat jahon adabiyotiga o`zining eng yaxshi talantlarini beradi. Milliy
adabiyotning quvvati faqat bu xalqlar soni bilan o`lchanmaydi. Balki ana shu millatning mafkurasi
tarixi, milliy ong bilan ham belgilanadi. SHuning uchun har qanday katta-kichik millatning jahon
adabiyotida o`z o`rni, ulushi, roli bor.
Bizning o`zbek (turk) xalqi eng qadimdan boshlab jahon xalqlarimadaniyatida juda katta rol
o`ynab kelgan, uning rivojga kuchli ta`sir ko`rsatgan. Ayniqsa, Sharq Uyg‟onishi Evropa
mamlakatlarida aniq fanlarda asos soldi, adabiyoti va saoati esa boshqa xalq adabiyotiga yangi
timsollar, tasvirlr, g‟oyalar olib kirdi. Bu esa, Prezidentimiz har doim ta`kidlaganlaridek, tariximiz,
mafkramiz, milliy psixologiyamiz o`ta kuchli, namunali millat ekanligimiz nishonasidir.
O`zbek adabiyoti jahon adabiyotiga eng qadimgi davrdan boshlab shu kungacha quyidagi
formalarda yangiliklar berib kelgan:
1. Sayyor syujetlar. Masalan: “To`maris” afsonasi, “Layli va Majnun” syujeti.
2. Tasvir uslubi. Sharqona romantik tasvir.
3. Obrazlar sistemasi. Masalan, bulbul, gul timsollari.
4. Tasavvufiy badiiylik va falsafiy g‟oyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: