1977 yil
:
RSA
(
abbreviaturasi Ronald Rayvest, Adi Shamir va Leonard
Adleman nomlaridan olingan kompaniya. Bu insonlar birinchi bo‘lib ochiq kalitli
kriptosistemani ixtiro qilganlar
) shifrlash tizimining birinchi tavsifi yaratilgan va
unda konfidensial ma’lumotlarni shifrlash uchun ochiq kalit ishlatilgan hamda
ularni deshifrlash uchun esa yopiq kalitdan foydalanilgan.
1979 yil
:
Ralf Merkle
(
AQShlik kriptograf va nanotexnologiya bo‘yicha
mutaxassis, 1974 yilda u Merkli deb nomlangan ochiq kalitli boshqotirma
yaratgan
) «
Merkle daraxti
» ning qisqartirish mexanizmini ixtiro qilgan. Bu
mexanizm katta hajmli ma’lumotlarni xavfsiz saqlash va ularni tekshirish uchun
foydalaniladi. Undan tashqari, bu mexanizm bitkoin protokolida ham blokda
joylashgan barcha operatsiyalarning Merkle ildizini hisoblash uchun ishlatiladi.
1990 yil:
amerikalik matematik Devid Shaum markazlashgan va shaxsiy
elektron valyuta
DigiCash
ni kriptografik protokollar asosida ixtiro qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |