Elektron bozor
–
bu ko‘p sonli xaridorlar va sotuvchilarni birlashtiruvchi,
ma’lumotlar, tovarlar va hizmatlar almashish hamda to‘lovlarni amalga oshirishga
hizmat qiluvchi axborot tizimidir. Elektron bozor yaratilishining zaminida minglab
axborot tizimlarini yagona kompyuter tizimi – Internetga birlashtirish
imkoniyatining mavjudligi yotadi. Elektron bozorning axborot tizimlari xaridor va
sotuvchilarni izlash, narxlar haqida axborot olish, tovarlarga buyurtma berish va
ularni sotib olishni o‘z ichiga olgan transaksiyali sarf-harajatlarni kamaytirishga
sharoit yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |