Axborotlashtirish
–
yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan
ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda
axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-
iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni.
Affiliate Network
–
hamkorloik marketing, bunda tashkilot katta marketing
kompaniyalari bilan hamkorlik haqida shartnoma tuzadi va har bir jalb qilingan
foydalanuvchi uchun mukofot oladi (
Cost per Sale
).
Aktiv reklama
–
interaktiv rejimda foydalanuvchini muloqotga undovchi reklama
turi.
Axborotlashgan ma’lumotlar
–
abstrakt ramzlar tartibga solingan to‘plamdir
bo‘lib, u harfli, sonli, vizual va tovushli bo‘ladi, insonning faoliyati yoki
mashina ishi yordamida yaratiladi. Ular axborot yaratilishida resurs bo‘lib
hizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |