4.0-Industriya
o’zaro bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish va
boshqaruv jarayonlarining zanjiridan iborat bo’lib, uning ajralmas elementi
zanjirlararo (
insonlararo, mashinalararo, bulutlar orqali, data markazlararo
)
raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan ma’lumot almashinishdir.
Raqamli iqtisodiyotda raqamli ko’rinishdagi ma’lumotlar barcha ijtimoiy-iqtisodiy
sohalardagi ishlab chiqarishning asosiy elementi hisoblanadi va bu mamlakatning
global miqyosdagi raqobatbardoshliligi oshirib, fuqarolarning hayot sifatini yanada
oshiradi, yangi ish joylarini yaratadi, iqtisodiy o’sishga imkon yaratadi va milliy
mustaqillikni ta’minlab beradi. Raqamli iqtisodiyot dasturini hayotga izchil tadbiq
qilish quyidagilarga erishishga imkon beradi:
Yangi texnologiyalar yaratishga halaqit berayotgan huquqiy to’siqlarni yangi
normativ-huquqiy baza yaratish yordamida to’liq bartaraf qiladi;
Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish, shu jumladan,
tarmoqlar, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari, texnik va dasturiy
ta’minotning zamona talablariga mos ravishda rivojlanishiga imkon beradi;
Ta’lim tizimining har tomonlama rivojlanishini va yangilanishini
ta’minlaydi;
56
Mamlakatdagi
turli-tuman
kompaniyalarning,
firmalarning,
davlat
korxonalarining hamda biznesning rivojlanishiga puxta asos yaratadi;
Raqamli iqtisodiyot sohasida faoliyat ko’rsatadigan tashkilotlar hosil
bo’lishiga olib keladi va boshqalar.
Ushbu raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish dasturi quyidagi maqsadlarini
amalga oshirish uchun hizmat qilishi kerak:
O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning ekotizimini yaratish;
Mamlakat raqamli iqtisodiyot tizimining institutlari va infratuzilmasini
yaratish;
Respublikaning barcha tarmoqlarini qamrab oluvchi information jamiyat
tashkil qilish uchun kerakli bo’lgan barcha chora-tadbirlarni amalga
oshirish;
Global miqyosda va global bozorlarga respublikaning raqobatbardoshliligini
oshirish.
Yuqoridagilardan
kelib
chiqqan
holda,
mamlakatimiz
raqamli
iqtisodiyotnning asosiy ko’rsatgichlariga quyidagilarni misol qilib ko’rsatishimiz
mumkin:
o
Raqamli mahsulotlar va elektron hizmatlarning paydo bo’lishi;
o
Turli tashkilot va korxonalarning tabiatini o’zgartirishga erishish va
shuning asosida ularning faoliyatini ham raqamlashtirish;
o
Raqamli iqtisodiyotning asosi sifatida hizmat qiladigan raqamli
platformalar yaratish;
o
Raqobat kurashining tabiatini raqamli iqtisodiyotga moslagan holda
o’zgartirish;
o
Iste’molchilarning tabiatini ham raqamli iqtisod jarayonlariga
moslashtirish;
o
Ishlab chiqarishning yangi progressiv modellari va mexanizmlarining
paydo bo’lishi;
o
Yangi turdagi biznes modellarning hosil bo’lishi va rivojlanishi;
57
o
Yuqorida tilga olingan 4.0 Industriyaning texnologiyalari ta’siri ositida
an’anaviy kompaniyalar biznes modellarining transformatsiya bo’lishi.
Shuni ham aytish kerakki, hozirgi davrda internetdan foydalanuvchilarning
soni to’rt millarddan oshib ketdi. Mobil telefonlarning soni esa insoniyat
sonidan ham ko’payib ketdi. Kompaniyalar orasidagi raqobat va ularning
tabiati ham tubdan o’zgarmoqda. Kompaniyalarning kapitalizatsiyasi esa uning
internet foydalanuvchilari soniga, unga yozilib qo’yganlar soniga va qiziquvchi
jamoalar ishtirokchilariga bevosita bog’liq bo’lib qoldi.
Freemium-model,
Free-to-play,
Print-on-demand,
Donation
kabi
biznes
modellar
kompaniyalarga IT-infratuzilmasisiz, omborlarsiz (
dropshipping modeli
),
moddiy aktivlarsiz (
Sharing Economy
) va bulutli texnologiyalardan
foydalangan holda konkret dasturiy ta’minotsiz ish faoliyatini yuritishga imkon
berdi. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda, raqamli iqtisodoyotning
asosiy tamoillariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
Mahsulot yoki hizmatlarning iste’mol qiymatini oshirish;
Kastom (Custom)lashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish va hizmatlar
ko’satishga o’tish;
Omnikanallilikni ta’minlash (mijoz bilan doimiy aloqa qilish va bevosita
aloqani amalga oshirish maqsadida bir qancha aloqa kanallarining bir
butun qilingan xoldagi integratsiyalashni anglatadigan marketing
atamasidir), ya’ni, offlayn va onlayin kommunikatsiya kanallaridan
foydalangan xolda mizojning barcha harakatlarini kuzatib turish kabi
innovatsion imkoniyatini amalga oshirish;
Qiymat hosil qilishning gorizontal zanjirlari sonini kamaytirish;
Tranzaktsion harajatlarni imkon darajasida kamaytirish;
Innovatsiyalarning hayotiy tsiklini imkon darajasida kamaytirish;
An’anaviy kompaniyalarning elektron hizmat ko’rsatishning yangi
bozorlariga o’tishini ta’minlash;
Elektron hizmat ko’rsatishning yuqori darajadagi sifatini ta’minlash;
58
4.0 Industriyaning iqtisodiyot va ishlab chiqarishning barcha sohalarga
kirib borishini amalga oshirish;
Ekotizimlilikni ta’minlash, ya’ni, dasturiy ta’minotning turli xil avtonom
qismlari birgalikda ishlashiga va ish oqimlari ansambllariga aylanishiga
erishish.
Bunda gap nafaqat biznesni internetda tashkil qiladigan kompaniyalar haqida,
balki iqtisodiyotning barcha sohalarida ishlab chiqarish faoliyatini offlayn usulda
olib boradigan tashkilot va kompaniyalar haqida ham boradi (
masalan, qishloq
xo’jaligi, sanoat, tog’-kon metallurgiyasi, hizmat ko’rsatish va boshqalar
).
Endi rivojlangan mamlakatlar misolida raqamli iqtisodiyotning asosiy
ko’rsatgichlari va o’ziga hos hususiyatlari bilan tanishib chiqamiz:
Internet paydo bo’lmasdan avval mumkin bo’lmagan yangi turdagi
hizmatlarning yuzaga kelishi.
1990 yildan hozirgi davrgacha qadar internet
tarmog’i va information texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanishga
asoslangan bir qancha yangi mahsulotlar va hizmatlar bozorlari paydo
bo’ldi. Masalan, messenjerlar, agregatorlar, internet qidiruv tizimlari,
internet reklama, elektron couching, elektron ta’lim va boshqalar. Yangi
turdagi hizmatlarning paydo bo’lishiga yaqqol misol bo’lib, elektron savdoni
keltirishimiz mumkin. 2017 yil ma’lumotlariga ko’ra, elektron savdo
Angliyada 13.6% ini, Germaniyada 13,1% ni, Rossiyada chakana savdonng
4,2% ni va Xitoyda 9.6% ni tashkil qilgan. Xitoy internet savdosining 2015
yildagi aylanmasi esa 400 millard dollar atrofida bo’lganligi qayd etilgan.
Hozirgi davrda ijtimoiy tarmoqlarning ham ommaviyligi borgan sari ortib
bormoqda. Jamiyatning rivojlanishi elektronbiznesning rivojlanishi va
boshqarilishi uchun yangidan-yangi imkoniyatlar yaratib bermoqda.
Masalan, ma’lumotlarni bulutli usulda saqlash va ularni boshqarish
hizmatlari biznes uchun misli ko’rilmagan imkoniyatalar yaratib bermoqda.
Endi firma va tashkilotlar ish yuritish uchun ofis maydonlari, data-markazlar
talab qilmaydilar, information tizimlar yaratishga esa katta miqdordagi
investitsiyalar jalb qilishning hojati qolmaydi.
59
Elektron
biznes
sohasidagi
kompaniyalarning
kapitalizatsiyasi
foydalanuvchilar soniga va ular sonining ko’payishiga bog’liq bo’lib qoladi
.
Bu esa kompaniyalarga sotuvdan katta miqdordagi daromad olinishlariga
sabab bo’ladi. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |