Sakkiz soniya qoidasi
“ mavjuddir. Uning mohiyati shundan iboratki,
agarda saytga kiruvchi sakkiz soniya davomida saytdan kerakli ma’lumotlarni topa
olmasa, u xolda bu mijoz kompaniya uchun yo’qotilgan hisoblanadi.
12-Bob bo’yicha hulosa va takliflar
Elektron tijoratning turli tarmoqlardagi rivojlanishi hizmatlarning yangi
turlari paydo bo’lishiga olib kelmoqda;
Yangi biznes modellarning paydo bo’lishiga iste’molchilarni innovatsion
talablari, biznesning diversifikatsiyasi va jahondagi rivojlanish trendlari
sabab bo’lmaqda;
Elektron tijoratning barcha sohalarda tashkil etilayotgan yangi turlari va
ko’rinishlari raqamli iqtisodiyotga mos bo’lgan imkoniyatlar va
tavakkalchiliklarga ega va buni ham tadbirkor hisobga olishi zarur;
Bulutli texnologiyalar, big data, elektron to’lov tizimlari, mobil texnologiya
va ilovalar, sun’iy intellekt kabilar iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida
elektron tijoratning rivojlanishiga turtki bo‘layapti;
Iste’molchilarnini elektron tijorat tizimlari usabilitisiga bo’lgan talablari
interfeyslar va yangi servislar yaratishga olib kelayapti;
Iqtisodiyotning turli sohalarida elektron tijoratni muvaffaqiyatli ravishda
tashkil qilish va uni samarador boshqarish uchun respublika va jahon
miqyosidagi trendlarni hamda iste’molchilarning xoxish-istaklarini yaxshi
bilish va tushunish kerak bo’ladi;
Elektron marketing klassik marketingning nazariy asoslariga tayanadi;
Biznes
uchun
marketingda
bozorning
segmentatsiyasi
(
jug’rofiy,
demografik, psixografik va boshqalar
) va internetdagi taqsimlanish kanallari
(
bevosita, bilvosita va aralash
) katta ahamiyatga egadir;
Iste’molchilarni alohida ko’rsatgichlari bo’yicha va iste’mol afzalliklari
bo’yicha guruhlash maqsadli auditoriyag targetlashtirishga yordam beradi;
465
Elektron biznes uchun bir qancha xollarda reklama ham yaxshigina daromad
manbaidir va bu ularni an’anaviy biznesdan farqlaydi;
Elektron reklamaning eng asosiy turlari kontekst reklama, videoraklama,
banner reklama, ijtimoiy tarmoqlardagi reklama, elektron pochta orqali
reklama, rich-mediya reklama, pop-up va pop-under reklama, tizer reklama,
push-reklama, product-placement reklama, giperilovalar va xeshteglardir;
Potentsial mijozga ta’siri bo’yicha aktiv va passiv reklamalar bo‘ladi;
Axtaruv
marketingining
saradorligini
oshirish
uchun
konversiya
ko’rsatgichining CTR, mingta klik narxini CPC va tranzaktsiyalar bo’yicha
konversiya ko’rsatgichini, hamda TCR larni bilish kerak bo’ladi;
Hozirgi paytda internetda elektron reklama joylashtirishning CPT-Cost For
Thousand, AD exposure, FFA-Flat Fee Advertising, CPC-Cost Per Click,
CPA-Cost Per Action, CPV-Cost Per Visitor, CPS-Cost Per Sale, CPBE-
Cost For Banne Exchangekabi baholash modellaridan foydalaniladi;
Ruxsat beriladigan marketing (
permission marketing
) foydalanuvchilarga u
yoki bi reklama ma’lumotini mustaqil ravishda olish uchun imkoniyat
beradi;
Elektron marketingdan foydalanuvchi kompaniyalar uchun quyidagi
ko‘rsatgichlar muhim ahamiyatga ega: CPC-Cost Per Click, TCR-
Transaction Conversion Rate, WOM-Word of Mouth, virusli marketing, rad
etishlar foizi va boshqalar;
Elektron biznes daromadlarini oshirish uchun quyidagi usullardan
foydalanishi mumkin: elektron franchayzing, remarketing, kontent-
marketing, hamkorlik marketingi, affiliate network, SMM-Social media
marketing va boshqalar. Bunda quyidagi qoida juda muhimdir:
The customer
is just a click amay
– birgina turitki bian mijozni batamom yo’qotishingiz
mumkin.
466
Do'stlaringiz bilan baham: |