Yandeks-dengi, Veb-mani (WebMoney)
va
Kivi-hamyonni (Qiwi)
keltirishimiz mumkin. Ko‘pchilik virtual valyutalar, kriptovalyutalar va blokcheyn
atamalarini adashtirib yuboradi va ularni sinonim sifatida qo‘llaydi, lekin bu faqat
birinchi – bitkoin uchun to‘g‘ridir. Gap shundaki, blokcheyn texnologiyasi maxsus
Bitkoin kriptovalyutasi uchun ishlab chiqilgan va ma’lum vaqt davomida boshqa
hech qaerda qo‘llanilmagan, hozir esa holat bunday emas. Blokcheyn texnologiyasi
asosida bitkoin kriptovalyutasi ixtiro qilingan va uni emissiya qilish boshlangan.
Blokcheyndan pul nominali nuqtai-nazaridan emas, balki davlat reestrlari yuritish
sohasida foydalanish umuman boshqa gap. Davlat sektorida blokli zanjirlar bilan
36
amalga oshiriladigan tajribalar butun dunyo bo‘ylab tarqalib bormoqda. AQSHda
sog‘liqni saqlash tizimi va boshqa bir qator tarmoqlarda, Shvetsiyada mulk
huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishda, Buyuk Britaniyada pensiya ta’minoti sohasida
ham aynan shu yo‘lni, ya’ni blokcheyndan foydalanishni tanlagan.Bunday
loyihalarda davlatning risklari kriptovalyutalar yaratish bilan taqqoslaganda, ancha
pastroq darajada bo‘ladi. Shu bilan birga, ulardan olinadigan ijtimoiy samara,
raqamli va oddiy iqtisodiyotga qo‘shiladigan hissa yuqori bo‘ladi. Masalan, hisob-
kitoblarga ko‘ra, faqat AQSHning o‘zida mulk huqiqini ro‘yxatdan o‘tkazish
sohasida blokcheyn joriy qilish yiliga 2-4 mlrd dollar tejashga imkon bergan
bo‘lardi. Bunda tejamkorlik operatsiyalar tezlashuvi bilan, demak, tijorat
sektorinnig rivojlanishi bilan birga kuzatiladi. Blokcheyntexnologiyasitobora
ko‘proq quyidagi sohalarda qo‘llanilmoqda: mualliflik huquqi, saylovchilar
ovozini hisoblash, tashabbus kraudfandingi, ijtimoiy obru-e’tibor, sug‘urta,
reklama, stavkalar va boshqa bir qancha sohalar bunga misol bo’lishi mumkin.
Foydalaniladigan texnologiyalar vaalgoritmlar mohiyatiga kirishib o‘tirmasdan,
quyida blokcheyn texnologiyasining boshqalaridan ajralib turadigan asosiy
xusuyatlarini sanab o‘tamiz:
ma’lumotlar ko‘p marta takrorlangan bo‘lib, barcha qatnashchilar tomonidan
yaratilgan va qo‘llab-quvvatlanadigan taqsimlangan tarmoqda saqlanadi, bu esa
uni buzishni yoki o’zgartirishni amalga oshirishni imkonsiz qilib qo‘yadi;
har bir qayd qilingan axborot o‘z tarixiga ega bo‘lib, bu axborotning kelib
chiqishi va uning haqiqiyligini tekshirishga imkon beradi;
ma’lumotlar to‘plamini tuzish xususiyatlari uni xakerlar hujumlariga yoki
g‘ayri qonuniy harakatlarga nisbatan chidamli qilib qo‘yadi.
Blokcheyn
texnologiyasining
sanab
o‘tilgan
xususiyatlari
kriptovalyutalarning asosiy xususiyati – ishonchlilikni ta’minlab beradi, ya’ni:
1. qalbakilashtirish imkonsizligi;
2. o‘g‘irlash imkonsizligi.
3. umumiy emissiya markazi yo‘qligi;
4. ochiq dasturiykod mavjudligi;
37
5. tashqi tartibga solish yo‘qligi (
dasturiy kodga kiritilganidan tashqari
);
6. transchegaraviylik mavjudligi.
Ishonchlilikdan tashqari, kriptovalyutalar foydalanuvchilarni foydalanish
qulayligi va tranzaksiya harajatlari minimalligi bilan ham o’ziga jalb qiladi.
Bitkoin (
yoki boshqa har qanday kriptovalyuta
) qiymati maxsus birjalarda
(
kriptobirjayoki virtual valyutalar birjasida
) bozor talab va taklifi asosida
belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, ko‘plab virtual valyutalar moddiy
ta’minotga ega emas, balki ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi.Ta’kidlash joizki,
valyutalar, obligatsiyalar, aktsiyalar, veksellar va boshqa shu kabimoliyaviy
vositalarning mutlaq ko‘pchiligi ham ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi va
to‘liq moddiy ta’mniotga ega bo‘lmaydi. Biroq, agar klassik valyuta qiymati
asosan uni emissiya qiladigan mamlakatning moliyaviy-iqtisodiy va siyosiy
tarkibiy qismlariga bog‘liq bo‘lsa, kriptovalyutalar qiymati faqat foydalanuvchilar
kutadgan natijalar bilan belgilanadi.
Mamlakatimizning ko’pchilik rivojlangan mamlakatlar kabi, raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lini tanlaganligi axborot texnologiyalari sohasida va
umuman, elektron hujjatlar aylanmasi sohasida yangi yo‘nalishlar ochib beradi.
Jamiyatning raqamli texnologiyalar tomon burilishi ro’y berishiga butun
jahon internet tarmog‘ining sifati oshishi hamda aloqa tizimlarining rivojlanishi
sababchi bo‘ldi. Natijada katta hajmdai ma’lumotlar almashinish va ularni to‘plash
imkoni paydo bo‘ldi, bu esa, o‘z navbatida, to‘plangan axborotni qayta ishlashga,
bashorat qilishga, asoslangan qarorlar qabul qilishga va xilma-xil usullarda foyda
olishga imkon beradi. Bularning barchasi uchun esa mos keluvchi infratuzilma,
boshqacha qilib aytganda, global axborot platformalari ekotizimini yaratish zarur
bo’ladi.Biroq bunda ma’lumotlarni yo‘qotish, biznesni yo‘qotish, ish o‘rinlarining
qisq’arishi, havfsizlikka putur yetishi riski va modernizatsiya qilish zarurati
vujudga keladi. Bu masalalarni tezda hal qilish zarur, chunki bu borada kechiqish
jiddiy risklarga olib kelishi mumkin. Hozirda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarda
raqamli iqtisodiyotning afsona yoki haqiqat ekanligi emas, balki bu
o‘zgarishlarning jamiyatga qanday hizmat qilishi muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi
38
davrda biz texnologiyalar qanday qilib ommaviy hizmat ko‘rsatish sohasini tubdan
o‘zgartirayotganini ko‘ryapmiz. Vositachilarni olib tashlaydigan, mijoz va
ta’minotchi o‘rtasidagi aloqalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirilishiga olib
keladigan
Uber
kabi yangi biznes-modellar paydo bo‘lmoqda. Avvalroq xuddi
shunga o‘xshash o‘zgarishlar moliya sektori va telekommunikatsiyalarda ham ro‘y
bergan edi. Sanoatda ham bir qancha printsipial o‘zgarishlar kuzatilmoqda, chunki
raqamli korxona va insonning raqamli qiyofadoshi – robotlar paydo bo‘lishi butun
insoniyat funktsional modelini jiddiy ravishda o‘zgartirib yuborishi mumkin. Bu
esa shuni ko‘rsatadiki, axborot texnologiyalari asta-sekinlik bilan odamlarning
o‘rnini egallab boradi. Huddi mana shu holat raqamli iqtisodiyotning namoyon
bo’lishi hisoblanadi. To‘g‘ri, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot tufayli qanday
keskin o‘zgarishlar ro‘y berishi hozircha hech kimga ma’lum emas. Hozirgi texnik-
texnologik qoloqlik sharoitlarida sanoatning raqamli o‘zgarishi tez ro‘y berishiga
ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko’ra, bir qancha shubha-gumonlar
mavjud.Raqamli platformalarning rivojlanishga yorqin misollardan biri sifatida
Do'stlaringiz bilan baham: |