Sun’iy intellektning savdoda qo’llanilishi
Sun’iy intellekt masalalari bilan shug’ullanadigan
Facebook
laboratoriyasi
muhandislari 2017 yilning iyunida insonlar bilan savdolasha oladigan bot bo’yicha
ma’lumotlarni oshkor qildilar.
Quartz
ning yozishiga ko’ra, tizimni o’qitish
jarayonida
Amazon
Mechanical Turk
onlayn kraudsorsing platformasi
yordamida yig’ilgan 5,8 mingta real insonlarning dialoglaridan foydalanilgan.
Dialoglarni tahlil qilgan holda bot nafaqat muloqotlar olib borishni o’rgandi, balki
kerak bo’lganda yolg’on gapirishni ham epladi. Muhandislarningfikrlaricha, sun’iy
intellekt nafaqat o’zi qiziqadigan narsalargagina e’tibor qaratdi, balki boshqa
ma’lumotlarga ham qiziqa boshladi. Haridor bilan muloqotni tugatganidan so’ng,
bot boshqa muammolarga ham qayta oladi. Ammo muhandislar bot yolg’on
gapirishni insonlararo suhbat vositasida o’rgandimi yoki bu tasodifiy ravishda o’z-
o’zicha o’rganish natijasida ro’y berdimi, buni aniq bila olmadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |