O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


BTC ) Bitcoin — 21 million kriptotanga va ( LTC



Download 6,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet301/740
Sana27.01.2022
Hajmi6,02 Mb.
#414023
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   740
Bog'liq
Raqamli iqt asoslari-Maruza Matn-05.03.2020

BTC
) Bitcoin — 21 million kriptotanga va (
LTC

Litecoin — 84 million kriptotanga. Kriptovalyutalar bilan ishlashni boshlashni 
o’rganish yoki ular bilan ishlashga mo’ljallangan saytlar soni va kriptovalyutalar 
birjalari juda ham ko’p miqdorda. Masalan, 
BTC - e
birjasi, 
Exmo.com
- birjasi, 
LiveCoin.net
- zamonaviy bijasi, 
CEX.IO
- birjasi, 
eCoin.eu
- birjasi, 
GOC.io

kriptovalyutalar bilan avtomatik tarzda savdo qiluvchi platforma, 
Cryptonit.net


293 
kriptovalyutalar sotuvchi va sotib oluvchi birjasi, 
Kraken
kompaniyasining birjasi, 
Bitfinex
- AQSh dollari bilan savdo qiluvchi eng katta birjasi, 
BTC China
- savdo 
xajmi bo’yicha dunyodagi eng katta Xitoy firmasi, 
BitYes.com
- AQSh dollari 
bilan katta miqdordagi savdo xajmini amalga oshiruvchi Xitoy kriptovalyuta birjasi 
va boshqalar. Keyingi paytda rusiyzabon foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan 
kriptovalyutalar bilan avtomatik tarzda savdo qiladigan tizimlar ham tobora 
mashxur bo’lib bormoqda. Ularga bir marta kirasiz va unga a`zo bo’lganingizdan 
so’ng, savdo jarayonini tizimning o’zi avtomatik tarzda amalga oshiradi. Siz ham 
o’z omadingizni ushbu kriptovalyuta savdo tizimlarida bemalol tekshirib 
ko’rishingiz mumkin. Ammo savdo jarayonini boshlashdan avval kriptovalyuta 
turlarini va savdo amaliyotini mavjud trenajerlarda yaxshilab o’rganib, o’zlashtirib 
olishingizni maslaxat qilar edik.Quyidagi tasvirda kriptovalyutalar olami o’ziga xos 
mozaikali tasvirlar vositasida keltirilgan va u kripto-olam to’g’risidagi o’quvchi 
tasavvurini yanada boyitish uchun hizmat qiladi: 
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan xolda shuni ta’kidlash kerakki, 
raqamli valyuta deganda shunday valyuta turiga aytiladiki, bunday turdagi valyuta 
xozirgi paytda hamyoningizda bo’lgan qog’oz ko’rinishidagi valyutalardan farqli 
o’laroq, faqatgina electron ko’rinishda bo’ladi. Ammo, xozirgi davrda ko’pchilik 
insonlar bitkoin, laytkoin, token va ethiriumlar kabi electron valyuta turlaridan 
qanday foydalanishni tushunavermaydilar. Demak, tabiiy ravishda quyidagi savol 
tug’iladi: Elektron valyutalar vositasida internet tizimi orqali odatiy pul kabi 


294 
to‘lovlar amalga oshirish mumkinmi? Quyida shu va shu bilan bog’liq bir qancha 
dolzarb savollarga javob berishga harakat qilamiz.
 
Shuni ham aytish kerakki, bitkoin tangalarini yaratish uchun sarflanadigan 
harajatlar unchalik katta emas, biroq xuddi oltin yoki neftni qazib olishdagi 
tashkilotlar ko‘payishi va ushbu resurslarning kamyob topilishi bois narxi oshgani 
singari, bitkoinni ham so‘nggi vaqtlarda mayning orqali hosil qilish 
murakkablashgan holda butun bir boshli «
mayning
fermalari
»dagi bir necha 
kunlik to‘xtovsiz amaliyot natijasida bor yo‘g‘i bir nechta bitkoin hosil 
bo‘layotgani hamda bitkoinlar maksimal soni chegaralangani (21000 000) 
narxning ko‘tarilishiga turtki bo‘lmoqda. Biroq bundan boshqa yana eng katta 
sabablardan biri bitkoinni Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya singari rivojlangan 
mamlakatlar iqtisodiyotida rasman to‘lov vositasi sifatida qabul qilinishi 
mumkinligi tufayli ushbu bitkoin tangalariga talabni chunonan kuchaytirdiki, 2017 
yilning o‘zida yil boshiga nisbatan jadal o‘sish ko‘rsatkichiga erishildi (kurs 998 
AQSh dollaridan 20000 AQSh dollarigacha o‘sdi). Bugun dunyodagi yetakchi 
birjalar va yirik banklar ham bitkoinning oldi-sotdisini treyding tizimida yo‘lga 
qo‘yishlariga to‘g‘ri kelmoqda. Garchi kriptovalyutalarning gurkirab rivojlanishi 
butun jahon moliyaviy-iqtisodiy tizimiga katta ta`sir qilgan holda mavjud bo‘lgan
tizimni yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lsa ham, ayni paytda katta 
daromad ko‘rish istagida bo‘lgan investorlar bitkoinning rivojlanishidan 
manfaatdor bo‘lishmoqda. Shuningdek, bitkoin tangalarini gurkirab rivojlanishidan 
eng ko‘p manfaat ko‘ruvchi insonlar – bu yashirin iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi 
investorlardir. Aynan shuning uchun ham hozirda bir nechta iqtisodi rivojlangan 
davlatlar bitkoin orqali turli noqonuniy va jinoiy faoliyatlarning rivojlanib 
ketishi oldini olish maqsadida bitkoinni to‘lov vositasi sifatida qabul qilishmayapti. 
Bitkoinni xarid qilish masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, hozirgi vaqtda uni bir 
nechta maxsus birjalardan yoki umuman har qanday bitkoinga ega bo‘lgan 
ishtirokchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish yo‘llari mavjuddir. Unda bitkoinning 
oldi-sottisi ishtirokchilarning o‘zaro kelishilgan narxlarida amalga oshiriladi. Agar 
to‘lovlar birjalar orqali amalga oshirilsa, xalqaro VISA, Master Card kartalari 


295 
orqali va Webmoney, Qiwi, Perfect Money, Advcash, Payeer, Paypal va boshqa 
elektron hamyonlar orqali kriptovalyutalarni sotib olish mumkindir.Hozirgi kunga 
kelib, birlamchi kriptovalyutalarga ma’lum bir usullar (
mayning, forjing
)dan 
foydalangan holda ega bo‘lish mumkin. Qolganlar esa virtual pullarnifaqatgina 
boshqalardan sotib olishlari mumkin. Buning uchun ular ma’lum miqdorda pul 
to‘lashlari yoki kriptovalyutani tovar yoki hizmatga almashtirishlari mumkin. 
Almashinuv hech qanday vositachilarsiz amalga oshirilishi mumkin. Ammo 
amaliyotda bu ishni maxsus joylardagina amalga oshirish mumkin bo‘lib 
qolmoqda. Bu esa tabiiy ravishda kriptovalyutalar bozorini vujudga keltirdi. 
Natijada hozirgi vaqtda kriptovalyutalar egalari ularni nafaqat haqiqiy pullarga 
balki boshqa turdagi virtual pullarga ham almashtirish imkoniga ega bo‘lmoqdalar.

Download 6,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   740




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish