WebMoney va Yandex ning sexrli xamyoni
Bunday ko’rinishdagi “
sexrli xamyonlar
” vositasida cho’ntagingizni
yengillashtirish usullari internet firibgarlari orasida keng tarqalgan vositalardan
biriga kiritish mumkin. Bunda quyidagi sexrli goya targ’ib qilinadi: «
Siz
ko’rsatilgan xamyonga biror bir miqdordagi pul yuborasiz va biroz vaqt
o’tganidan so’ng xamyon sizga o’sha pulingizni ikki-uch marta ko’paytirilgan
xolda qaytaradi
». Albatta siz o’z pulingizni qayta ko’rmaysiz – uni firibgarlar o’z
maqsadlari uchun ishlatib bo’lganlar. Ammo ba’zi paytlarda pulingiz bir qancha
muddat o’tganidan sung, qaytib xam keladi, bu xolda firibgarlar sizni keyingi
operatsiyalarga ishontirish uchun birovning pulini boshqasiga jo’natish
kombinatsion usulidan foydalanadilar. Yodingizda tursin: internetda sexrli
xamyonlar mavjud emas - agar pulingizni yuqotmoqchi bo’lmasangiz, bunga aslo
ishonmang!
Do'stlaringiz bilan baham: |