O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti



Download 6,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/740
Sana27.01.2022
Hajmi6,02 Mb.
#414023
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   740
Bog'liq
Raqamli iqt asoslari-Maruza Matn-05.03.2020

Mikrosoft
va 
Parla
ning mutaxassislari individualizatsiyaga 
undov bergan xoldagi sun’iy intellektli raqamli elektron o’qituvchilar yaratish 
ustida ishlamoqdalar. Yaqin yillar ichida qanday soha mutaxassislari sun’iy 
intellekt bilan birinchi navbatda almashiniladi deb nomlangan va 
Bot.Me: A 
Revolutionary Partnership PwC 
tomonidan tashkil etilgan so’rov natijalariga 
ko’ra, texnologik ekspertlar va biznes-menejerlarning 58%i “
o’qituvchi
” deb javob 
berishgan. Bu yerda eng kam foiz olganlar – doktorlardir: 


198 
Shunday qilib, “
Smartfondagi raqamli elektron o’qituvchilar
” paydo bo’lishi 
ta’limning eng asosiy muammolarini hal qilib berishi mumkin. Dunyodagi 
ma’lumotsiz kishilarning soni 2015 yil boshiga kelib 780 million bo’lganini 
hisobga olsak, sun’iy intellekt asosida ta’lim beruvchi raqamli elektron tizimlar 
xuddi shu savodsizlar sonini kamaytirish uchun yordam berishi mumkin. Xozircha 
esa virtual o’qituvchilar real o’qituvchilarga qo’shimcha tarzda hayotimizga kirib 
kelayapti. 
Bill Geyts 
fondining izlanishlarida keltirilishicha, AQSHdagi 17 
maktabning 50% o’quvchisigina ta’lim jarayonida raqamli elektron 
yordamchilardan foydalanar ekan (
2017 yilda
). Buning sababi, ko’pchilik insonlar 
xozircha ta’lim algoritmlari orqali o’qishga ma’naviy jihatdan tayyor emaslar. 
Lekin ta’lim sohasidan asta-sekin insonning siqib chiqarilishi va ularning o’rnini 
sun’iy intellekt egallashi ko’z o’ngimizda amalga oshayapti. Yuqoridagilardan 
kelib chiqqan holda va bizning fikri-ojizimizcha, mamlakatimizdagi ta’lim 
jarayoniga raqamli innovatsion usullarni tezkorlik bilan va keng miqyosda tadbiq 
qilishni amalga oshirish uchun zudlik bilan quyidagi chora-tadbirlarni amalga 
oshirish lozim: 

Turli xil ko’rinishdagi ta’lim turlarining xosil bo’lishi ta’lim vazirliklari 
qoshida malakali professor-o’qituvchilarni (
shu jumladan, nafaqaga 


199 
chiqqanlarni ham
) jalb qilgan holda raqamli interaktiv elektron kitoblar, 
elektron o’quv qo’llanmalari va alohida fanlar bo’yicha masofaviy ta’lim 
kurslari tayyorlash zaruriyatiga olib keladi (
bu ish hozigiga o’xzhab tekinga 
emas, balki professor-o’qituvchilar bilan shartnomalar tuzish asosida 
amalga oshiriladi
). Bu esa ushbu ishlarni amalga oshirish bo’yicha 
respublika ishchi kengashini (
tashkilotini yoki kompaniyasini
) tashkil qilish 
vazifasiga olib keladi. Uning zimmasiga respublika miqyosida zamonaviy 
hamda sifatli raqamli interaktiv elektron kitoblar, raqamli elektron o’quv 
qo’llanmalari va masofaviy ta’lim kurslari tayyorlash (
yoki ularni chet 
tillardan o’zbek tiliga o’girish
) vazifasi yuklanadi; 

Bu ishga majburiy tarzda mamlakatda information texnologiyalarning 
tadbiqi bilan shug’ullanadigan barcha tashkilotlarni, ta’lim muassasalarini, 
kompaniyalarni va yetakchi institut hamda universitetlarni jalb qilish; 

Vazirlar mahkamasi va Prezident devoni qoshida eng malakali 
mutahassislarni jalb qilgan holda bu ishlarni koordinatsiya qiluvchi ishchi 
guruhlar tuzish; 

Barcha ta’lim muassasalari uchun raqamli interaktiv elektron kitoblar va 
raqamli o’quv qo’llanmalar ishlab chiqish yoki ulardan foydalanish 
kerakligini ustuvor vazifa sifatida ko’rsatish hamda bu ishlarni bajarish 
bo’yicha reyting ko’rsatgichlarini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish; 

Chet ellarda ishlab chiqilgan va aprobatsiyadan o’tgan biz uchin muhim 
bo’lgan raqamli interaktiv elektron kitoblar, qo’llanmalar, ta’lim sohasiga 
oid komp’yuter o’yinlari, intellektual ta’lim platformalari, masofaviy ta’lim 
tizimlari, dasturlar va saytlari o’zbek tiliga o’girib, ularni mahsus respublika 
fondiga jamlab, internetdagi ta’lim portaliga joylashtirish hamda barcha 
ta’lim muassasalariga foydalanish uchun tarqatish; 

Har yili eng yaxshi raqamli interaktiv kitoblar, o’quv qo’llanmalar, ishga 
tushirilgan masofaviy ta’lim platformalari hamda ta’lim bilan bog’liq 
komp’yuter o’yinlari tanlovini o’tkazish va g’oliblarni munosib taqdirlash va 
erishilgan natijalarni respublika fondiga jamlab, internetdagi ta’lim portaliga 


200 
joylashtirish hamda ularni barcha ta’lim muassasalariga foydalanish uchun 
tarqatish; 

Har yili bir marta respublikada yaratilgan raqamli interaktiv kitoblar, o’quv 
qo’llanmalar, masofaviy ta’lim platformalari hamda ta’lim bilan bog’liq 
komp’yuter o’yinlari bo’yicha anjuman va seminarlarni respublika va 
viloyatlar miqyosida tashkil qilish; 

O’zbekistondagi turli sohalarda o’rta va oliy ta’lim olishni istagan 
fuqarolarning ishlab chiqarish va boshqa kundalik yumushlardan ajralmagan 
holda to’laqonli ta’lim olishiga imkon beradigan masofaviy ta’lim (
distance 
education
) tizimini rivojlangan chet ellarning “
distance education – MOOC 
– massive open online cources
” platformalari andozalari asosida tashkil 
qilish va ularni zudlik bilan ishga tushirish. Bu – birinchidan barcha ta’lim 
olishni istovchilar uchun teng imkoniyatlar yaratsa, ikkinchidan, ta’lim 
tizimi uchun sarflanayotgan mablag’larni ancha kamaytirishga imkon beradi 
va uchinchidan, yosh yigit-qizlar uchun davlat tomonidan sarf-harajat talab 
qilmaydigan juda ko’p miqdordagi yangi ish joylarini yaratadi; 

Ta’lim 
muassasalaridagi 
professor-o’qituvchilarning 
ish 
faoliyati 
monitoringi ba baholovida ularning raqamli interaktiv elektron kitoblar, 
interaktiv o’quv qo’llanmalar hamda ta’lim bilan bog’liq komp’yuter 
o’yinlarini ishlab chiqishlari va ulardan foydalanishlarini ham hisobga olish; 

Respublika miqyosida ishlab chiqarilgan (
yoki tarjima qilingan, 
moslashtirilgan

raqamli 
interaktiv 
elektron 
kitoblar va o’quv 
qo’llanmalardan barcha talabalar va o’qituvchilar foydalana olishlari uchun 
ularni mahsus ta’lim portaliga (
shu jumladan, vazirliklar va ta’lim 
muasasalari saytlariga, kutubxonalarga, resurs markazlariga
) joylashtirish 
maqsadga muvofiq bo’lar edi; 

Raqamli interaktiv kitoblar, masofaviy ta’lim platformalari va elektron 
o’quv qo’llanmalar yaratgan kimsalarni yaxshilab moddiy va ma’naviy 
taqdirlash ham ularning soni va sifati oshishiga ijobiy ta’sir qilgan bo’lar 
edi.


201 

Download 6,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   740




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish