O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti



Download 6,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/740
Sana27.01.2022
Hajmi6,02 Mb.
#414023
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   740
Bog'liq
Raqamli iqt asoslari-Maruza Matn-05.03.2020

Ethereum 
blokcheyni kabi yangi va kuchli platformalar hamda 
dasturlash tillardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Turli tarmoqlar ishlab 
chiqarishga katta e’tibor qaratgan holda moddiy ob’ektlar tayyorlashi, ularning 
loyihasini ishlab chiqish va moliyalashtirish uchun global ekotizimlarning 
rivojlanishini rag‘batlantirishi va shu tariqa birgalikda bir rangdagi ishlab 
chiqarishning yangi bosqichini yaratish tashabbusi bilan chiqishlari mumkin. Bu 
yerda asosiy masala va maqsad hamma ishni blokcheynda amalga oshirishdan 
iboratdir. Zamonaviy samolyotlar «
saf bo‘lib uchadigan mustaqil elementlar 
jamlanmasi
» deb atalishi kabi, kompaniyalar ko‘plab tarmoqlarda ajralish va 
hamkorlar tarmog‘iga birlashish tendensiyasini namoyish etadilar. Individual 
buyurtmalar bo‘yicha ommaviy ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish maqsadida huddi 
blokcheyn kabi, 
3D
-bosma texnologiyasi ham ishlab chiqarishni foydalanuvchiga 
yaqinlashtirmoqda. Tez orada axborot egalari va huquq egalari inson 
hujayralaridan boshlab, alyuminiy kukunigacha bo‘lgan har qanday narsa haqidagi 
meta ma’lumotlarni blokcheynda saqlashi mumkin bo‘ladi va bu korporativ ishlab 
chiqarish chegaralarini misli ko’rilmagan darajada kengaytiradi. Bu texnologiyalar 
tovarlar bilan ta’minlanganlikni va ularning ta’minot tarmog‘i bo‘ylab harakatini 
kuzatish uchun ulkan imkoniyatlar beradi. Har bir kishining qalbiga (
va boshqa 
tana a’zolariga
) yaqin bo‘lgan tarmoq – oziq-ovqat sanoatini tasavvur qilib 
ko‘ramiz. Hozir supermarketda halol sharoitlarda va yaxshi boqilgan, dori-
darmonlar berilmagan, ekologik toza qoramol go‘shti sotayotganini ta’kidlash va 
hatto bunga chin dildan ishonish ham mumkin. Lekin savdo tarmoqlari buni yuz 
foiz kafolatlay olmaydilar. Hech kim har bir molning biografiyasini yozib 
o‘tirmaydi, biz esa bu go’shtdan palov pishiramiz, lekin uning «
ishonchli
» 
ekanligini tekshirish uchun esa qandaydir vositalarga ega emasmiz. Odatda bunga 
ko‘z yumish ham mumkin – axir butun dunyo bo‘ylab milliardlab go’sh 
mahsulotlari sotiladi va sotilmoqda. Lekin ba’zida qoramol qutirish kasalligi 
epidemiyasi ham uchrab turadi, bu esa sog’lik uchun koni zarar. Oziq-ovqat 
sanoati blokcheynda nafaqat har bir buqaning raqamini, balki istiqbolda 


132 
jonivorning 
DNK
ga bog‘lab qo‘yilgan har bir go‘sht parchasi raqamini saqlashi 
mumkin. Uch o‘lchamli qidirish imkoniyatlari foydalanuvchiga jonivor tarixini 
bilish va parrandalarni to‘liq miqyosda kuzatish imkonini beradi. Ma’lumotlar 
to‘plamlarini intellektual boshqarish va ularni 
DNK
asosida identifikatsiyalashga 
imkon beradigan murakkab (
lekin qo‘llash oson bo‘lgan
) texnologiyalar tufayli 
hatto eng yirik go‘sht ishlab chiqaruvchilar ham har bir bo‘lak go‘sht sifati va 
havfsizligini kafolatlay oladilar. Tasavvur qiling, bu axborot laboratoriya 
tadqiqotlarini qanchalik soddalashtiradi va jiddiy vaziyatlarda sanitariya 
hizmatlariga javobgarliklarni tezlashtiradi. 
Blokcheyn texnologiyasi firma ichida hamda firmalar va turli tashqi 
qatnashchilar o‘rtasida ham teng huquqli qo‘shma faoliyatni ta’minlashga qodir. 
Buxgalteriya hisobi uchun, istalgan muhitda raqamli resurslardan foydalanish va 
faoliyat yuritish uchun, bular valyutami, ijtimoiy munosabatlarmi yoki tashkilot 
bo‘lishidan qat’i nazar, to‘liq taqsimlangan mexanizmni ishlatishga imkon beradi. 
Bugungi kunda birgalikda ishlash uchun turli tijorat vositalari asta-sekinlik bilan 
tashkilot ichida boshqaruv va axborot bilan ishlash mohiyatini ancha o‘zgartirib 
yuboradi. 

Download 6,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   740




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish