Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari


Ixtisoslashtirilgan MathCad tizimlari



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/159
Sana27.01.2022
Hajmi2,54 Mb.
#413519
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   159
Bog'liq
2 5292162743971878624

 
 Ixtisoslashtirilgan MathCad tizimlari. 
Matematik va ilmiy-texnik hisob-kitoblar shahsiy kompyuterlarni qollashning 
muhim sohasi hisoblanadi. Hisob-kitoblar texnik ma’lumotlarni asosi hisoblanadi. 
Kompyuterning hisoblash quvvati uni ilmiy ishlarni avtomatlashtirish vositasi sifatida 
ishlatish imkonini beradi. Murakkab hisoblash msalalarini yechishda maxsus yozilgan 
dasturlar ishlatiladi. Shu bilan birga ilmiy ishlarda cheklangan murakkablikdagi keng 
spektrli masalar uchraydi. Ularni yechish uchun universal vositalarni ishlatish mumkin. 
Bunday masalalarga quyidagilar kiradi: 

mutaxassislar uchun odatiy bo’lgan formada yozilgan matn va formuladan iborat 
ilmiy-texnik hujjatlarni yaratish; 

sonli o’zgarmaslar, o’zgaruvchilar va o’lchanadigan fizik kattaliklar 
ishlatiladigan matematik amallar natijasini hisoblash; 

vector va matrisalar ustida amallar; 

tenglama va tenglamalar tizimini yechish; 

statistic hisoblar va ma’lumotlar tahlili; 



ikki o’lchamli va uch o’lchamli grafik chizish; 

tenglama va tizimlarni analitik hisoblash; 

differensiallash va integrallash; 

diffrensial tenglamalarni yechish; 

boshlang’ich shartlarni turli qiymatda hisoblash.
 
Yechilayotgan masalalar murakkablik darajasining ob’yektiv sabablarga ko’ra o’sishi 
algoritmlarning murakkablashishiga va ularni C, Pascal, Fortran kabi algoritmik tillarda 
amalga oshirilishiga olib keladi. Yanada ko’proq vaqt dastur kodini ishga tushirishga 
ketadi. Bu sabablar algoritmlar biriktirilgan avtomatlashtirishni boshqarish tizimini(ALT) 
yaratilishiga olib keldi. Bunday tizimlar paydo bo’lganiga ancha vaqt bo’lgan va ular tor 
miqyosda ixtisoslashgan bo’lgan. Matematik ALTlar orasida eng ko’p tarqalgani -
MathCAD (MathSoft Inc.), Mathematica (Wolfram Research, Inc.), MATLAB 
(MathWorks Inc.), Maple V (Waterloo Maple Inc.). MathCad, MatLab dasturlari sonli va 
formula ko’rinishidagi ma’lumotlarni dinamik qayta ishlash imkonini beruvchi 
avtomatlashtirilgan tizimlar hisoblanadi.
MathCAD elementar arifmetikadan boshlab, murakkab sonli usullarni qo’llash bilan 
tugallaydigan turli ilmiy va muhandislik hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini 
beradigan matematik muharrirdir. MathCAD foydalanuvchilari-bu talabalar, olimlar, 
muhandislar, turli texnik mutaxassislardir. Qo’llanilishdagi oddiylik, matematik 
harakatlarning yaqqolligi, sonli usullar va tizim funksiyalari kutubxonasining kattaligi, 
belgili hisoblashlar imkoniyati hamda natijalarni taqdim etishning a’lo darajadagi 
apparaturalari(har xil turdagi grafika, chop etiladigan hujjatlar tayyorlash kuchli vositalri 
va Web sahifalar) mavjudligi tufayli MathCAD ommabop matematik ilovaga aylandi. 
MathCAD 2001 boshqa zamonaviy matematik ilovalardan farqli ravishda WYSIWYG 
("What You See Is What You Get" - "Siz nimani ko’rsangiz, shuni olasiz") prinsipi asosida 
qurilgan. Shuning uchun uni ishlatish jarayoni juda sodda, xususan, unda matematik hisob-
kitobni amalga oshirish uchun dastur yozishga xojat bo’lmaydi. Buning o’rniga formula 
muharriri yordamida matematik ifodalarni shunchaki kiritish kifoya. Shuni ta’kidlash 
lozimki, natija shu zaxotiyoq olinadi. Bundan tashqari printerda hujjatning bosma 
nushasini ishlab chiqish yoki MathCadda ishlash vaqtida hujjat kompyuter ekranida 
qanday ko’rinishda bo’lsa, shu ko’rinishda Internetda sahifasini yaratish mumkin. 
MathCAD yaratuvchilari shunday ishlarni amalga oshirdilarki, natijada dasturlash 
bo’yicha maxsus bilimga ega bo’lmagan foydalanuvchilar ham zamonaviy hisoblash 
fanlari va kompyuter texnologiyalari yutuqlaridan bemalol foydalana oldilar. MathCad 
muharririda samarali ishlash uchun foydalanuvchining baza ko’nikmalari yetarli. Boshqa 
tomondan, professional dasturchilar MathCaddan turli dasturiy hisoblar yaratish, MathCad 
imkoniyatlarini kengaytirish orqali ko’proq ma’lumot oladilar. Real hayot muammolariga 
mos ravishda matematiklarga quyidagi masalalarni yechishga to’g’ri keladi:
- kompyuterga turli matematik ifodalarni kiritish(hujjatlarni yaratish yoki keying hisoblash 
uchun, prezentasiya, Web-sahifa yaratish); 
- matematik hisob-kitoblarni amalga oshirish; 
- hisob-kitob natijalarini grafik ko’rinish tayyorlash; 
- berilgan kattaliklarni kiritish va natijalarni matnli yoki boshqa formatdagi ma’lumotlar 
bazasi fayliga chiqarish; 
- ish hisobotini bosma hujjat ko’rinishida tayyorlash; 
- Web-sahifa tayyorlash va natijani Internetda chop etish; 
- matematika sohasi bo’yicha turrli ma’lumotlar olish. 
MathCad bu barcha masalalar bilan bemalol ishlay oladi: 


-matematik ifoda va matn MathCad formulalar muharriri yordamida kiritiladi. U 
imkoniyatlari ishlatishdagi soddaligi bilan Microsoft Word formulalar muharriridan 
qolishmaydi; 
- matematik hisob-kitoblar kiritilgan formulalar yordamida zudlik bilan bajariladi; 
- juda boy formatlash imkoniyatiga ega bo’lgan turli grafiklar bevisita hujjatlarga 
qo’yiladi; 
- fayllarga turli formatlardagi ma’lumotlarni kiritish va chiqarish mumkin; 
-hujjatlar bevosita MathCaddan foydalanuvchi kompyuter ekranida qanday ko’rsa shunday 
ko’rinishda bosmaga chiqarilishi yoki keyinchalik tahrirlash uchun RTF formatda 
saqlanishi mumkin. Bu hujjatlar kuchli matn muharrirlarida tahrirlanishi (masalan, MS 
Wordda) hamda Web-sahifa formatlarda saqlanishi mumkin; 
-belgili hisoblashlar turli yordamchi matematik ma’lumotlarni bir zumda olish, yordamchi 
tizim, Resurslar Markazi va elektron kitoblar esa kerakli ma’lumot va turli ma’lumotlarni 
tez topish imkonini beradi. 
Shunday qilib MathCad tarkibiga bir-biri bilan o’zaro integrallashgan komponentalar 
kiradi Bu komponentalar matn va formulalarni kiritish va tahrirlash imkonini beradigan 
quvvatli matn muharrirlari, kiritilgan formulalar asosida hisob-kitobni amalga oshiradigan 
hisoblash prosessori, sun’iy intellect tizimi hisoblangan belgili protsessorlardir. Bu 
komponentalar birlashmasi ish natijasini hujjatlashtirish bilan birga, turli matematik hisob-
kitoblar uchun qulay hisoblash muhitini yaratadi. 

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish