Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari


Borland C++ Builder 6 da dastur tarkibi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/159
Sana27.01.2022
Hajmi2,54 Mb.
#413519
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   159
Bog'liq
2 5292162743971878624

Borland C++ Builder 6 da dastur tarkibi 
C++ tilida dastur preprotsessor direktivalari, global ob’ektlar va funktsiyalarning tavsiflari 
va ta’riflari ketma-ketligidan tashkil topadi. Direktivalar dasturni kompilyatsiya qilingungacha 
boshqaradi. Ta’riflar funktsiyalarni va ob’ektlarni kiritadi. Ob’ektlar dasturdagi qayta 
ishlanadigan ma’lumotlarni tasvirlash uchun zarur. Funktsiyalar dasturdagi amallarni aniqlaydi.
Tavsiflar kompilyatorga dasturning turli qismlari yoki boshqa fayllarda aniqlangan ob’ekt 
va funktsiyalarning nomi va xossalari haqida ma’lumot beradi. 
Dastur bitta yoki bir nechta matnli fayl ko’rinishida shakllanadi. Matnli fayl qatorlarga 
ajratilgan bo’ladi. Har bir qator qator oxiri belgisi bilan tugatiladi.
Dastur qayta ishlashning uchta bosqichidan o’tadi: 
matnni preprotsessor yordamida o’girish; 
kompilyatsiya qilish; 
kompanovkalash (barcha bog’lanishlarni taxrirlash yoki yig’ish). 
Yuqorida keltirilgan bosqichlar muvaffaqiyatli tugatilgan so’ng dasturning mashina kodi 
shakllanadi (8-rasm).
Preprotssesorning vazifasi dastur matnini uni kompilytsiyagacha o’girishdir. 
Preprotssesorli qayta ishlashning tartibini dasturchi direktivalar yordamida belgilaydi. Har bir 
direktiva '#' belgisidan boshlanadi, masalan, #include yoki #define. #define matnda o’zgartirish 
qoidalarini, '#' include esa dasturda qanday matnli fayllarni qo’shish lozimligini ko’rsatadi. 
#include direktivasi kompilyatorning standart kutubxonalari bilan birgalikda uzatiladigan 


sarlavha fayllari katalogidan kerakli fayl matnini dastur matniga qo’shadi. Standart kutubxonalar 
uchun sarlavha fayllari ro’yhati C++ tili standartida belgilangan. Global ob’ektlar va 
funktsiyalarning tavsiflari va ta’riflari albatta main nomli funktsiya bo’lishi shart. Chunki bu 
funktsiya dasturning asosiy funktsiyasi bo’lib, usiz dastur bajarilmaydi. C++da dastur tuzish va 
bajarish natijasida turli ko’rinishagi ilovalar yaratiladi. Asosan 2 ta muhitda dastur tuzish va 
bajarish mumkin konsol va forma ilova muhitida. 
C++ tilidagi dasturning har bir bo’lagini qarab chiqamiz.
1.
Direktivalar 
– # include  direktiva – instruksiya degan ma’noni beradi. C++ 
tilida dasturning tuzilishiga, ya’ni ehtiyojiga qarab, kerakli direktivalar ishlatiladi. Ular <> belgisi 
orasida keltiriladi. Umuman olganda quyidagi asosiy direktivalar mavjud (jami 32 ta): 
-
# include  - C da oddiy kiritish/chiqarish dasturi uchun. Bu yerda std - standart, 
i – input, o - output degani. 
-
# include  - C++ da kiritish/chiqarish uchun, oddiy amallar bajarilsa. 
-
# include  - standart funktsiyalarni ishlatish uchun 
-
# include  - dasturning tashqi ko’rinishini shakllantirish uchun; 
-
# include  - satr toifasidagi o’zgaruvchilar ustida amallar bajarish uchun; 
-
# include  - standart kutubxona fayllarini chaqirish uchun; 
-
# include  - kompyuter ichidagi soat qiymatlaridan foydalanish uchun; 
-
# include  - C++ tilining grafik imkoniyatlaridan foydalanish uchun. 
Bu fayllar maxsus kutubxona e’lon fayllari hisoblanadilar va ular alohida INCLUDE deb 
nomlanadigan papkada saqlanadilar. Hozirda C++ kutubxonasi yangilandi va undagi fayllarning 
nomlaridan “.h” (head – sarlavha ma’nosida) kengaytmasi olib tashlandi va oldiga “c” xarfi 
qo’shildi (C dan kolgan 18 tasiga). Bu fayllarda funktsiya prototiplari, toifalari, o’zgaruvchilar, 
o’zgarmaslar ta’riflari yozilgan bo’ladi.

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish