Faoliyat ob’ektlari bo‘yicha ta’lim vositalari tasnifi
Faoliyat ob’ektlari bo‘yicha ham ta’lim vositalari ikkiga bo‘linadi:
1. Material ta’lim vositalari. Bu o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar, jadvallar, maketlar, modellar,
o‘quv-texnik vositalar, mebel, o‘quv-laboratoriya qurilmalari, ko‘rgazmali vositalar bo‘liShi
mumkin.
2. Ideal ta’lim vositalari – bular pedagog va talabalar yangi bilimlarni egallaShda
qo‘llaydigan vositalar: chizmalar, sxemalar, diagrammalar, tasviriy, san’at, nutq, xat va boShqalar.
Ideal vositalar – bu «fikrlar haqidagi fikrlar»: o‘qituvchi ularni o‘rgatiSh uchun belgilangan
Shaklda ko‘rsatiShi zarur. Masalan, materializatsiya – abstrakt simvollar tarzida ko‘rsatiladigan
vosita(grafiklar, jadvallar, chizmalar), verbalizatsiya – nutq bayoni tarzida ko‘rsatiladigan
vosita(tahlil, muhokama qiliSh, dalil keltiriSh).
110
Do'stlaringiz bilan baham: |