14
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi «2017-2021
yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillaShtiriSh chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-
2707-sonli,
2017 yil 14 martdagi «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini
yanada takomillaShtiriSh chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2829-sonli, 2017 yil 20 apreldagi
«Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantiriSh to‘g‘risida»gi, «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim
tizimini takomillaShtiriSh to‘g‘risida»gi qarorlari, Shuningdek, akademik ilm-fanni rivojlantiriShga
qaratilgan 2017 yil 17 fevraldagi «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot iShlarini taShkil
etiSh, boShqariSh va moliyalaShtiriShni yanada takomillaShtiriSh chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
PQ-2789-sonli qarori hamda «O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining akademiklari
faoliyatini yanada takomillaShtiriSh va rag‘batlantiriSh chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2016 yil 29
dekabrdagi PF-4907-sonli farmonlari Shular jumlasidandir.
Respublikamiz yoShlarining jahondagi ulkan intellektual boylikni egallaShiga Sharoit
yaratiSh, dunyoga chiqiShi uchun imkoniyatlar eShigini ochiSh maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining «CHet tillarni o‘rganiSh tizimini yanada takomillaShtiriSh chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1875-sonli qarorining qabul qiliniShi natijasida 2013-2014 yildan
boShlab umumta’lim maktablarining barchasida 1-sinfdan chet tilini o‘rganiSh tizimi amalga
kiritildi
.
Uzluksiz ta’lim tizimida chet tilini o‘qitiSh bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari
takomillaShtirilib, o‘quv rejalari iShlab chiqildi, adabiyotlarning yangi avlodi yaratildi, chet tilini
o‘qitiSh bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlaSh tizimi yanada kuchaytirildi.
SHuningdek, respublikamizning Birinchi Prezidenti I.Karimov taShabbusi bilan O‘zbekiston
Bolalar sportini rivojlantiriSh jamg‘armasi taShkil etilib, bolalar sportini rivojlantiriShning noyob
tizimiga asos solindi.
Bolalarning musiqa va san’atga bo‘lgan qiziqiShlarini qo‘llab-quvvatlaShga qaratilgan
musiqa va san’at maktablari barpo etildi, ularning bo‘Sh vaqtini mazmunli taShkil etiSh maqsadida
«Barkamol avlod»
bolalar markazlari, Bolalar va o‘smirlar sport maktablari
faoliyati yo‘lga
qo‘yildi. O‘tgan yillar davomida bosqichma-bosqich amalga oShirilgan chora-tadbirlar, sog‘lom
avlodni ShakllantiriShning tarixiy-tadrijiy taraqqiyoti tahlili Shuni ko‘rsatdiki, ma’naviy va
jismoniy sog‘lom avlodni dunyoga keltiriSh va tarbiyalaSh borasida ulkan yutuqlarga eriShiSh
imkonini berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: